Kislota,asos va tuzlarning dissotsIatsiyasi ionli reaksiyalar. Rеjа


Download 1.89 Mb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1426858
1   2   3
Bog'liq
12-maruza d5a4c501f27f627faa03554d3a2962bf

Gidroksidlar. Dissosilanganda metal kationi va gidroksil anioni (OH-) hosil qiluvchi elektrolitlar gidroksidlar deyiladi. Gidroksidlar quyidagicha ionlananadilar.
Na OH  Na+ + OH- KON  K+ + OH-
Ca (OH)2  Ca OH+ + OH- Ca OH+  Ca2+ + OH-
Suvda yaxshi erib ko`p dissosilanadigan gidroksidlarni ishqorlar deyiladi. Ularning eritmalari lakmusni ko`k rangga bo`yaydi. Suvda kam dissosilanadigan gidroksidlar asoslar deyilib, ularga quyidagilar misol bo`ladi:
NH4 OH  H+4 + OH- ; Fe (OH)3  Fe (OH)+2 + OH- ;
Cu(OH)2  Cu OH+ + OH- ; Mg (OH)2  Mg OH+ + OH-;
Tuzlar suvda (yoki erituvchilarda) eriganda suv molekulalaridagi atomlar bilan tuzning tarkibiy qismlari o`zaro almashinadi va kuchsiz elektrolit (kislota yoki asos)hosil bo`ladi. Bu hodisaga gidroliz deb aytiladi. Agar erituvchi suvdan boshqa modda (spirt,benzol,aseton,ammiak ….)bo`lsa, bunday reaksiyalar sol`voliz deyiladi.
Gidroliz reaksiyalarini quyidagicha umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Kat An + H2O→ Kat OH + Han
Tuz + suv→ asos + kislota
Tenglamadan ko`rinib turubdiki, tuz suvda eriganda u suv molekulalari bilan reaksiyaga kirishib,yomon dissosilanuvchi modda hosil qiladi, ya`ni gidroliz reaksiyasi natijasida eritmadagi [ OH- ] va [H+] ionlarining miqdori keskin o`zgaradi.Aniqrog`i gidroliz natijasida eritmaning rH i o`zgaradi va bu o`zgarish har qanday tuz gidrolizining mexanizmini tushunishda, gidroliz tenglamasini tuzishda, gidroliz reaksiyalaridan amaliyotda foydalanishda asosiy ko`rsatgich hisoblanadi
Tuzlar. Dissosilanganda metal kation va kislota qoldig`i anionlarga ajraladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.
Suvda yaxshi eruvchan tuzlar to`liq dissosilanadi:
NaCl Na+ + Cl-;
KNO3  K+ + NO3-;
FeCl2  Fe2+ + 2Cl- ;
Al2(SO4)3  2 Al3+ + 3 SO42-;
Mg(HCO3 )2  Mg2+ + 2HCO3-;
Ko`rinib turibdiki, tuzlar kislota va gidroksidlardan farqli ravishda bosqichsiz ionlanadilar.Suvda yomon eriydigan tuzlar kam eriganligi sababli kam dissosilanish muvozanati molekula hosil bo`lish tomonga siljigan bo`ladi:
AgCl  Ag+ + Cl-.
Tuzlar gidrolizining mexanizmi tuz tarkibiga kirgan metall kationi va kislota qoldig`i - anionning tabiatiga, aniqrog`i, qutblanuvchanligiga bog`liq. Agar ion qanchalik kuchli qutblansa (qutblangan bo`lsa) gidroliz shunchalik tez va to`liq boradi. Umuman Kat n+ va An t- lar ishtirokida gidroliz borish jarayoni mexanizmlarini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
Ma`lumki, har qanday kation suvli eritmada donor – akseptor ta`siri tufayli gidratlangan holda, ya`ni akvakompleks – [Kat(H2O)x]n+ holida bo`ladi. Bu kompleksdagi kationning zaryadi qanchalik katta va radiusi qanchalik kichik bo`lsa, uning akseptorlik kuchi shunchalik katta,ya`ni Kat OH2 bog`i barqaror bo`ladi.Bunday kompleks tarkibidagi O – H bog` kuchli qutblanuvchanlik xossasiga egadir.Shu sababli “gidrat qobog`ida” gi (Kat  H2OH2O)suv molekulalari o`rtasidagi vodorod bog`lanish kuchli bo`ladi.
Agar kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan biror tuz eritmasi ikkinchi – kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasi bilan aralashtirilsa ikkala tuz birgalikda gidrolizga uchraydi. Birgalikda ro`y beradigan gidroliz to`liq boradigan gidroliz bo`lib, uni quyidagi misolda ko`rib chiqaylik. Agar AlCl3 tuzi eritmasiga Na2S eritmasi qo`shilsa, eritma tezda oq rangli loyqaga aylanib, qo`lansa xid chiqara boshlaydi.
Uning sababi AlCl3 va Na2S birgalikda gidrolizlanib suvda yomon eriydigan Al(OH)3 va qo`lansa xidli H2S – gazi hosil bo`ladi:
2AlCl3 + 3Na2S + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2S + 6NaCl ↑
Reaksiyaning ionli tenglamasi:
2Al3+ + 6Cl- + 6Na+ + 3S2- + 6H2O ↔
2Al(OH)3 + 3H2S + 6Na+ + 6Cl-
Qisqa ionli tenglamasi:
2Al3+ +3S2- + 6HOH → 2Al(OH)3 + 3H2S

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling