SOG‘LOM TANDA – SOG‘ AQL
Kishi sog‘lom bo‘lishi uchun sport bilan shug‘ullanishi lozimligini hamma yaxshi biladi.
Men ham shunga amal qilaman. Har tong badantarbiya qilaman. Yugurish-jon-u tanim. Hovlida maxsus burchak tashkil etganman. U yerda turnikda tortilaman, tosh ko‘taraman.
Men kurash bilan shug‘ullanaman. Ilgari yunon-rim kurashi, erkin kurash, sambo bo‘yicha musobaqalarda qatnashardim. Yaqinda milliy kurashimiz bo‘yicha shahar birinchligida g‘olib bo‘ldim. Kurash nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kuch manbai ham.
Oilamizda hamma sportchi. Dadam og‘ir atletikachilar. Oyim badiy gimnastika bilan shug‘ullanganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oilamizda hech kim hech qachon kasal bo‘lmaydi. (80 ta so‘z).
DUO
Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday nasihat qilgan edi: «El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!»
Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?»
Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: «Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga o‘xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha odamlar sizni duo qilardi?» (P.Qodirov)(79 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |