Kitob inson ma’naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita. Uni doimo do’st tutish, undan ko’p narsalarni o’rganishga harakat qilish lozim


Download 19.71 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi19.71 Kb.
#267887
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf DIKTANT MATNI

HAR KUNING SAMARALI BO‘LSIN

Avvallari darslardan bo‘sh paytim ko‘proq bekorchilik bilan o‘tardi. Ertadan kechgacha o‘yin bilan mashg‘ul edim. Biror ish bilan jiddiy shug‘ullanmaganman.

Murabbiylarim bunga befarq bo‘lishmadi. Sinf rahbarimiz G‘afura opa bir necha bor vaqtning qadri haqida kuyunib gapirganlari, meni biror mashg‘ulotni tanlashga chaqirganlaridan keyin o‘ylanib qoldim...

Hozir bir daqiqa vaqtni ham zoye ketkazmayapman. Darslarga puxta tayyorlanish ko‘p vaqt talab qilsa ham, sport bilan shug‘ullanishga vaqt topaman. Har kunim ertadan kechgacha rejalangan. Litsey, stadion, darslar, mashg‘ulotlar...

Vaqting ketdi - naqding ketdi. (77 ta so‘z)

VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR

Hadislarda keltirilishicha, Vatanni sevmoq iymondandir. Bu vatanparvarlikning ham milliy, ham umuminsoniy jihatlaridir. Vatanni sevish deganda, o‘z xalqining tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish tushuniladi. Qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan boy moddiy meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash har bir insonning burchi. Go‘zal urf-odati, rasm-rusmi va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish, milliy adabiyot, musiqa, me’morchilik va barcha an'analardan rohatlanish, ularni asrash va rivojlantirish, ulug‘ siymolarning ishlari va ma’naviy merosi, xalqning boy tili va madaniyati bilan faxrlanish lozim. (77 ta so‘z)
SEVIMLI DARSIM

Men kichkinaligimdan o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqaman. Bolalar bog‘chasida o‘zbek guruhida tarbiyalanganim uchunmi, uni o‘rganish menga qiyin emas.

Litseyimizda o‘zbek tilidan Ozoda opa Yusufjonova dars beradilar. Ustozimiz o‘z ishlarini va biz shogirdlarini juda yaxshi ko‘radilar. Har bitta darsda biror yangilik qiladilar, shuning uchun ham ularning darslarini qiziqib tinglaymiz. Ustozimiz bizga o‘zbek tilinigina emas, balki o‘zbek urf-odatlari, an’analarini ham o‘rgatadilar.

O‘zbek tili xonasi kompyuter bilan jihozlangan. Kompyuter yordamida til o‘rganish juda qulay. Shuning uchun ham o‘zbek tilidan barchamiz yaxshi va a’lo baholar olamiz. (80 ta so‘z)


MEHNAT

Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa edilar. Bog‘bon bir kuni kasal bo‘lib yotib qoldi. O‘g‘illarini chaqirib: «Tokzorning ichiga bir ko‘za oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin o‘zingiz kovlab, topib, bo‘lishib olarsizlar», – dedi va bir necha kundan so‘ng vafot etdi.

O‘g‘illari oltin izlab bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdilar. Lekin hech narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil bo‘ldiki, cho‘ntaklari pulga to‘ldi.

So‘ngra o‘g‘lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan. (Rivoyat) (74 ta so‘z)



Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling