Kitob tarixi


Download 346.7 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi346.7 Kb.
#1781856
Bog'liq
KITOB TARIXI

KITOB TARIXI


TA’LIMIY MAQSAD: BOLALARDA O’ZI YASHAYOTGAN MASKAN HAQIDA TASAVVURNI BOYITISH ,HALQIGA NISBATAN MEHR-MUHABBAT TUYG’USINI SHAKLLANTIRISH,MILLIY G’URURNI TARBIYALASH.
BOLALARGA KITOBNING ILM MANBAI EKANLIGINI TUSHUNTIRISH,KITOB ENG YAXSHI DO’STLIGINI UQTIRISH.KITOBNI O’QISH,TINGLASH ORQALI NUTQ TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH,ERTAKLAR ORQALI “YAXSHI VA YOMONNI”,”ROST VA YOLG’ONNI” AJRATISH MALAKASI ORTADI.

TARBIYAVIY MAQSAD;KITOBGA EHTIYOTKORONA MUNOSABATDA BO’LISH ZARURLIGINI ANGLATISH,UNI AVLODGA O’TADIDIGAN NODIR MANBA SIFATIDA AVAYLASH SHARTLIGINI TUSHUNTIRISH.TARBIYALANUVCHILARGA KITOB INSONGA KO’MAKCHI DO’ST EKANLIGINI XIS ETTIRISH.OILAVIY KITOBXONLIK MUHITINI YARATISH.


RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD;TARBIYALANUVCHILARDA KITOB HAQIDAGI ILK TASAVVURLARINI HOSIL QILISH.YANGI SO’ZLAR BILAN LUG’ATNI BOYITISH.NUTQ TAFAKKURINI FAOLLASHTIRISH,NUTQDA QIYIN SO’ZLARNI RIVOJLANTIRISH.


TARBIYACHI;


ASSALOMU ALEYKUM AZIZ BOLAJONLAR.
SOG’MISIZ ,OMONMISIZ?
BUGUNGI FAOLIYATGA TAYYORMISIZ ?
BOLALAR;
HA,TAYYORMIZ.
TARBIYACHI:
UNDAY BO’LSA BUGUNGI FAOLIYATIMIMIZNI BOSHLAYMIZ.BOLAJONLAR BUGUN HAFTAMIZNING NECHANCHINI KUNI?
BOLALAR JAVOBI;BUGUN HAFTAMIZNING IKKINCHI KUNI NOMI-SESHANBA.
TARBIYACHI;BARAKALLA BOLAJONLAR,BIR HAFTADA NECHA KUN BOR?
BOLALAR JAVOBI;BIR HAFTADA 7 TA KUN BOR
TARBIYACHI:KELINGLAR BOLALAR HAFTA KUNLARI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ,SHULAR HAQIDA SUHBATLASHAMIZ.
1-BOLA:DUSHANBA ,HAFTANING BIRINCHI KUNI.MUHUM ISHLAR DUSHANBADAN BOSHLANADI.
2-BOLA:SESHANBA,DUSHANBADAN SO’NG ALBATTA SESHANBA KELADI,SESHANBANING BOSHLANISHI YENGILROQ KELADI.
3-BOLA:CHORSHANBA,SESHANBADAN SO’NG CHORSHANBA KELADI.BUVIMNING AYTISHICHA,CHORSHANBADA KATTAGINA FAYZ BORMISH.
4-BOLA:PAYSHANBA,HAFTANING TO’RTINCHI KUNI,HAR DOIMGIDEK BIZ BOG’CHAGA KELAMIZ.
5-BOLA:JUMA,HAFTANING MURODBAXSH KUNI,BIZ BOLALAR UCHUN JUMA BOG’CHAGA KELADIGAN SO’NGGI KUNIMIZ.
6-BOLA:SHANBA VA YAKSHANBA,BIZ BOLALARNING DAM OLISH KUNIMIZ.BU KUN OTA-ONALARIMIZ HAM DAM OLISHADI.OILAMIZ JAMUL JAM BO’LADI.
TARBIYACHI:BARAKALLA!MENI BILAG’ON BOLAJONLARIM.BIR YILDA NECHTA FASL BOR?
BOLALAR:BIR YILDA TO’RTTA FASL BOR.
TARBIYACHI:OQ KIYINGAN DALALAR,
BU FASL NOMI NIMA?
QOR O’YNAYDI BOLALAR
BU FASL NOMI NIMA?
BOLALAR:BU BIZ SEVGAN QISH FASL.
TARBIYACHI:BARAKALLA,QISH FASLI HAQIDA NIMALAR BILASIZ?
1-BOLA:QISH YILNING ENG CHIROYLI FASLIDIR.QISHDA HAMMAYOQ OQ LIBOSGA BURKANADI,QISH CHIROYLIKKINA BO’LIB QOLMAY,BALKI YILNING ENG SOVUQ FASLI HAMDIR.
2-BOLA:QISHNING ENG KATTA QUVONCHI-QOR.QISHDA SUVLAR MUZLAYDI,DALALAR OQ KO’RPAGA O’RANIB,UYQUGA KETADI.SAYHONLIKDA BIZ KABI BOLALAR YAXMALAK UCHISHADI.FAQAT ARCHALAR YAM-YASHIL BO’LIB,HAYOT MANGULIGIDAN ERTAK AYTIB TURADI.QOR TOG’LARGA KUMUSH LIBOS KIYDIRADI.
TARBIYACHI:QISH FASLI HAQIDA KIM SHE’R AYTIB BERADI.
QISHDA
NARIMON ORIFJONOV
ROSA MAZA QISH,
QORLARI- KUMUSH,
OQ KIYGAN ATROF,
QISH HAVOSI SOF.
KON’KI UCHAMIZ,
HECH CHARCAMAY BIZ
GOHO QORBO’RON
O’YNAB KIM CHAQQON
BILIB OLAMIZ,
QOYIL QOLAMIZ.
QOR
DILSHOD RAJAB
QOR BOSMOQDA ATROFNI
OQLAR BOSIB GUPILLAB
OQLAR….HATTO OFTOBNI
KO’KKA TASLIM QILDILAR
QAHRATONNING QAHRIDAN
QO’RQIB YOTGAN YER-FALAK.
QO’L KO’TARIB ASIRDAY,
QILT ETMAY TURAR DARAXT.
FAQAT KURASHAR BETIN,
AZAMAT SHE’R BILAKLAR
KURASH UCHUN YARALGAN
FIDOYI……QORKURAKLAR.
TARBIYACHI:BARAKALLA,AZIZ BOLAJONLARIM.BUGUNGI FAOLIYATIMIZNI BITTA TOPISHMOQ BILAN BOSHLAMOQCHIMAN,ESHITING.
TILSIZ AQL O’RGATAR.XO’SH ,BU NIMA?
BOLALAR:BU KITOB.
TARBIYACHI:BARAKALLA,BUGUN SIZLAR BILAN KITOBLAR HAQIDA SUHBATLASHAMIZ.AZIZ BOLAJONLAR MEN SIZLARGA JUDA KO’P ERTAKLAR,SHE’RLAR,HIKOYALARNI KITOBDAN O’QIB BERAMAN.KITOBLAR BILIM MANBAI.KITOB SHOIRLARNING ARMONI,YOZUVCHI VA HATTOTLARNING ORZUSI,KITOB KO’NGILDAN YARALGAN,TILLARDA DOSTON BO’LGAN BUYUK IJOD MAHSULIDIR.BOLAJONLAR KITOBLARNING HAMMASI BIZGA MA’LUMOT BERADI,ERTAKLAR OLAMIGA SAYR QILDIRADI.BILMAGANLARIMIZNI O’RGATADI.AMMO,AFSUSKI,AYRIM BOLALAR UNI YIRTIB,KIR QILIB TASHLASHADI.BU ISH NOTO’G’RI.AXIR KITOBNI SIZDAN KEYIN HAM JAJJI UKALARIMIZ,SINGILLARIMIZ O’QISHLARI KERAK.BOLALAR MANA BU DARAXTGA E’TIBOR BERING.KITOB BOLAN DARAXTNI O’RTASIDA QANDAY BOG’LIQLIK BOR DEB O’YLAYSIZ.
BOLA:ILGARI KITOBDAN AVVAL ODAMLAR DARAXTLARGA YOZISHGAN.
TARBIYACHI:BU JAVOB HAM TO’G’RI.YANA BIR MUHIM MA’LUMOT SIZLAR O’QIYDIGAN,RASMLARINI TOMOSHA QILADIGAN KITOB VA ISHLATADIGAN QOG’OZLARNING BARCHASI SHU DARAXTLARDAN OLINADI.OLDIN INSONLAR AVVAL SOPOL IDISHLARGA,TOSHLARGA O’YIB YOZISHGAN.
MANA BU STOL USTIDAGI TURLI KITOBLAR TAXLAB QO’YILGAN.QANI,KIM AYTADI NIMASI BILAN FARQ QILADI?
1-BOLA:KITOBNING MUQOVASI QALIN,ICHIDA RASMLARI BOR.
2-BOLA:BU KITOBNING MUQOVASI YUPQA,ICHIDA YOZUVLARI JUDA HAM KO’P.
3-BOLA:MENING QOLIMDAGI KITOBLAR ESKI,YIRTILIB KETGAN.
TARBIYACHI:DEMAK,BU KITOB YOMON BOLALAR QO’LIGA TUSHGAN.KITOBLAR BIZGA ENG YAQIN DO’ST BO’LA OLADI,UNI YIRTMASDAN AVAYLASHIMIZ KERAK.
QANI,BOLAJONLAR KITOBLAR HAQIDA QANDAY HIKMATLI SO’ZLARNI O’RGANGAN EDIK.
DONOLAR DEYDILAR…….
1-BOLA:KITOB BILIM BULOG’I,O’QUVCHINING O’RTOG’I
2-BOLA:KITOBLAR AQL FARZANDLARI
3-BOLA:KITOBDAN O’ZGA CHIN DO’ST YO’Q
4-BOLA:KITOB BARCHA BUNYODKORLIK,YARATUVCHANLIK VA AQL-IDROKNING,ILMU-DONISHNING ASOSIDIR,XAYOTNI O’RGATUVCHI MURABBIYIDIR.
TARBIYACHI:BARAKALLA,KITOB HAQIDA SHE’RLAR HAM BILASIZLARMI?MARHAMAT.
USTOZ: -Televizor oldida
Hecham ko’rmadim seni.
Qo’lingdan kitob tushmay
Lol qoldiryapsan meni.
BOLA:
-Maqtanchoqlikka yo’ymang,
Bu gaplarimni sira
Kitob varaqlamasam,
Ko’nglim tortadi xira.
Tiriklik mo’jizasin
Kitobda deb bilgayman.
Kitob o’qish baxtini
Men barchaga tilayman.
BOLA:
KITOB O’QIGAN BOLA
P.MO’MIN
O’rganar avval odob
Kitob o’qigan bola
Yuzi bo’ladi oftob
Kitob o’qigan bola
Hurmat qilar kattani
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani
Kitob o’qigan bola.
Suhbati xo’p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o’qigan bola.

-



Tarbiyachi;Barakalla,Bolajonlar biz bilamizki,kitoblarning hammasi siz va bizga ma’lumot beradi.Men sizlarga juda ko’p she’r,ertak,hikoyalarni kitoblardan olaman.Kitoblar bilmaganni o’rgatadi.Ertaklar olamiga sayr qildiradi.Ammo,afsuski,ayrim bolalar uni yirtib,kir qilib tashlashadi.Bu ish noto’g’ri.Axir kitobni sizdan keyin ham jajji ukalaringiz va singillaringiz o’qishlari kerak.Bolalar hayotda baxtli yashash uchun ko’p narsa kerak emas,faqatgina ko’p ko’p kitob o’qisangiz bas.Ko’p kitob o’qib baxtli bo’lishingiz mumkin.Qadim zamonlarda ota -bobolarimiz toshlarga ,sopollarga yozishgan.Keyinchalik daraxt po’sloqlariga ham yozishgan.Texnika rivojlanib qog’ozlar paydo bo’lgan.Qog’ozlarning paydo bo’lishi bilan o’z o’zidan kitoblar paydo bo’ldilar.Kitoblar bilim manbai.Kitoblar bizning do’stimiz.Qani bolajonlar sizlar ham kitoblar haqida biron nima bilasizlarmi?
Tarbiyachi endi sizlar bilan bir ta’limiy o’yin o’ynaymiz.”Maktab uchun kerakli o’quv qurollarni topamiz”Bolajonlar biz kitob o’qish uchun avval nima qilishimiz kerak.
Bolalar;Harflarni o’rganishimiz kerak
Tarbiyachi;Biz harflar bilan tanishmizmi?
Bolalar;Biz harflarni bilamiz,Undan bo’g’in tuzamiz
.Bo’g’nlardan so’z tuzib,
So’zlardan gap tuzamiz.
Keyin esa sekin asta
O’qishni o’rganamiz.
Tarbiyachi:Barakalla,kelinglar unda”V” harfi haqidagi bilimlarimizni mustahkamlab olamiz.
“So’z o’yini”
Jismoniy daqiqa;
Markazlardagi faoliyat.
1.Qurish-yasash va matematika markazi
Qog’ozlardan kitoblar yasaymiz.
Ertaknoma shahar(ijodiy ish)
Yasagan kitoblarni tartib bilan kutubxonaga joylashtirish.
2.Syujetli –rolli o’yinlar va sahnalashtirish.
“Kitob do’koni”
Sardorbek sotib olgan kitobini do’stlariga o’qib berish.
3.Til va nutq
Yangi ertak to’qiymiz.”Adashgan jo’ja” ijodiy to’qima ertak.
4.Fan va tabiat
Qog’ozning xususiyatlari.5 xil amaliy tajriba.
1-tajriba.Sehrli qog’oz
2-tajriba.Qogozni g’ijimlash
3-tajriba.Turli qog’ozlarni taqqoslash.
4-tajriba.Qog’ozni yirtish.
5-tajriba.Qog’ozni yelimlash.
5. San’at markasi.
“Mening sevimli ertak qahramonim” rangli sho’r xamir.
“O’z qo’llarimiz bilan kitob yaratamiz” applikastiya.
“Bizning sevimli kitoblarimiz” salfetka,gupka,mo’yqalam,rangli qalam,paxtali
tayyoqchalar,barmoqlar yordamida rasm chizish.
Yakuniy.
Bolalarni bilimini mustahkamlash,rag’batlantirish.
Download 346.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling