Kitob to’g’risida
-qism Grafik ko’rinishlari va ular bilan ishlash
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
6-qism
Grafik ko’rinishlari va ular bilan ishlash. Biz o’tgan qismlarda Fundamental yangiliklar va sesiyalar bilan ishlashni birma-bir ko’rib chiqdik. Savdo terminalimizdagi asosiy qism bu grafiklar sanaladi. Savdo terminalimizni qayerdan biz olamiz va qanday u bilan ishlaymiz keling shuni birma bir ko’rib chiqamiz. Global internetda Forexda ishlash uchun biz Brokerimizni tanlashimiz kerak. Hozirgi paytada Brokerlik xizmatlari Forexda ishlashda juda ham ko’p sanaladi. Ba’zi bir brokerlik xizmatlarda ular har xil turdagi bonuslar berishadi, ba’zilaridan esa virtual hisobdan savdolashishda Konkurslar e’lon qilishadi. Virtual hisobda konkurslarning oxirida pullik yutuqlar qo’yiladi va shu yutqni real pullarda Konkurs bo’lib o’tgan Brokerda ishlashga ruxsat beriladi. Ba’zi brokerlar esa pullarni yechib olishda avtomatlashtirishadi. Aslini olganda pullarni yechish 24 soat va maksimal 3 kungacha yechishadi, biz ishlagan brokerimizga. Treyderlarni ko’paytirish uchun ham Brokerlar Partnyor pragrammalarni ishlab chiqarishadi yoki treyder boshqa bir treyderni taklif qilsa taklif qilgan treyderga bonuslar beriladi. Xullas 28 treyderlarni jalb etish uchun brokerlar turli tuman xizmatlar qo’yishadi treyderlar uchun, biz esa treyderlar shu xizmatlardan obdon foydalanamiz. Ba’zi insonlar shunchaki treyderlarni jalb etishadida Partyorlik kontrakti bo’yicha Forex Brokerga yangi treyderlar o’qitib shu broker firmaga hisob ochtirishadi va treyderlar savdoda qatnashishsa spreedning 50 foizini olishadi. Bu ham bir brokerlik xizmatiday bo’lib qoladi. Qancha treyderlarni jalb etsa partnyor shuncha spreddan kelib tushadi (spred-bu savdoda kirishda sotuv va sotib oluvchi narx sanaladi bu real narxdan farq qiladi). Biz qaysi brokerni tanlamaylik har bir brokerda o’zini savdo platformasi bo’ladi va bu platformada biz savdo qilishimiz uchun qulay programma sanaladi. Bunda savdoda qatnashishda, texnik analizlarni bajarishda va hisobimizni boshqarishda bu platformadan foydalanamiz. Ba’zi bir brokerlarda platforma bo’lmaydi shunchaki web platformalardan foydalanishadi. Bunda bizning brauzerimizdan (Internet Explorer, Mozilla, Opera, Google Chrome va ko’plab brauzerlar) savdo jarayonini bajarishda foydalanamiz. Men bu kitobda savdo jarayonlari va texnik analizlarni bajarishda “Meta Trader” platformasidan foydalanaman chunki bu internetni yoqmasdan turib ham oxirgi kotirovkalarni ko’rish mumkin va ohistakorona texnik analizlarni bajarishda juda ham qulay platformalardan biri sanaladi. “Meta Trader” platformasi ko’pgina Brokerlarda bo’ladi. Masalan NordForex, Exness, Forexcom, Brocompany, TeleTrade, LiteForex, SystemForex,MasterForex, MMCISgroup, Alpari va ko’plab brokerlarda “Meta Trader” platforma mavjud. Biz esa shu ro’yxatdan bitta brokerni tanlaymiz va uning platformasini internet orqali olamizda o’zimizni kompyuterimizga o’rnatamiz. Biz olgan platformaning websahifasidan ro’yxatdan o’tamiz. Bizda Treyderlik hisob raqam va maxfiy so’z beradi biz hisobimizdan Platformaga kirib savdo jarayonlarni kuzatishimiz va qatnashishimiz uchun. Keling grafiklar bilan tanishib olaylik. Grafik Bu qaysi bir valyuta parasini olmaylik hammasini grafigi mavjud (Rasm-1qarang). Grafiklar 4-5 xil turga ega bulardan yapon shami, bar grafigi, chiziqli grafik, iks va noliklar, gorizontal qizil va yashil chiziqlar va hokazo. Bizning Platformamizda faqatgina 3 ta grafiglar mavjud bulardan yapon shami, bar grafigi va chizqli grafik. Rasm 6.1 Yapon shami brilgan bizning platformamizda vaqt oraliqlari berilgan 1minutdan boshlab to 1 oygacha bo’lgan vaqt oralqlari berilgan agarda biz grafikga qarasak Rasm 5.3 bu yerda 15 minutlik grafik berilgan va har bitta yapon shami 15 minutga tegishli. 29 Rasm- 6.1 Tasavur qilamiz soat 2.00 O’zbekiston vaqti bilan kunning boshlanishi platformamizdagi vaqt oraliqlardan, kunlik, 4 soatlik, 1 soatlik, 30 minutlik, 15 minutlik, 5 minutlik va 1 minutlik grafiklarda yapon shami hosil bo’ladi. Oradan 1 minut o’tdiki 1 minutlik sham yangilanadi, 1 soat o’tdimi 1 soatdan boshlab to bir minutlik grafiklarda yangi shamlar hosil bo’ladi. Rasm 6.1 ko’rsatilganidek vaqt oralig’ida narxning jarayonini yaqqol ko’rsatib berilgan. Masalan Rasm- 6.1 ko’rsatlgan 1 soatlik grafik deb tasavvur qilaylik, yangi soat boshlandi deylik boshlanganidan to oxirigacha bozorni maksimal ko’tarilishi va minimal tushishini va soat tugashi bilan qayerga tugashishini bildiradi. Shunday qilib qaysi vaqt oraliqni tanlamayli yapon shami shunday prinsipda ishlaydi. Rasm- 6.2 30 Bar grafigi vaqtning qayerdan boshlanishi va qayerdan tugashini bilish salgina mushkul agarda grafigimizni kichraytirsak unda faqat narxning maksimum va minimumlarni ko’ra olamiz. Rasm- 6.3 Chiziqli grafik trendning vaqt oralig’ida maksimal qancha ko’tarilgani va minimal qancha tushishini ko’ra olmaymiz. Chiziqli grafik faqatgina vaqtning boshlanishi va tugashini ko’rsatib beradi keyingi vaqt oralig’ida esa chiziqlar qo’shilib trend jarayonini davom ettiradi. Ba’zi hollarda trendning yo’nalishi maksimum va minimum narxlar juda ham uzoq boradi mana shuni chiqizqli grafik ko’rsatmaydi. Mening fikrimcha grafikni tanlashda Yapon shamini tanlagan ma’qul, chunki bu grafigda narxning ochilishi, yopilishi, maksimum va minimumlar yaqqol ko’rinarli. Bar grafik ham xuddi shunday ishlaydi yapon shami singari lekin vaqtning boshlanishi va tugashi salgina qiyinroq. Chiziqli graffik esa maksimum va minimumlar noma’lum. Shu uchun men faqatgina yapon shami grafigini ishlatishni tavsiya etaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling