Kitob to’g’risida
-qism Modellar va ularning jarayonlari
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
7-qism
Modellar va ularning jarayonlari. Forexda ishlashning eng asosiy qismi bu modellar sanaladi. Modellarni bilib va ularning jarayonlari orqali savdoda qatnasha olamiz. Chunki bozorning yo’nalishi faqatgina modellar orqali ko’rsata olish mumkin. Modellar 3 xil yo’nalishda bo’ladi, buqa yo’nalishi, ayiq yo’nalishi, va fleyt yo’nalishi ya’ni trend gorizontal yo’nalishi. Ba’zi bir terminlar boshqacha qilib ham aytiladi. Masalan Buqa yo’nalishini ko’tariluvchi model, Ayiq yo’nalishi esa tushuvchi va fleyt yo’nalishi esa to’g’riga boruvchi yo’nalish deyiladi. Rasm- 7.1 Buqa yo’nalishi yoki ko’tariluvchi model Rasm- 7.1. Buqa yo’nalishining qoidasi har doim maksimumlar keyingi maksimumlardan yuqoriga ko’tarilishlari kerak. Minimumlar ham keyingi minimumlardan balandga bo’lishi zarur. Agarda biz Rasm- 7.1 modelni uchratsak Buqa yo’nalishi deb ayta olamiz. Buqa yo’nalishining asosiy tendensiyasi ko’tarilish sanaladi shuning uchun ko’tarilishi baland bo’lib tushishi esa kam bo’lishi kerak. Trendning ham yo’nalishi ikki xil turga ega. Asosiy trend va qarama qarshi trend. Buqa yo’nalishida Asosiy trend ko’proq, qarama qarshi trend esa kamroq bo’lishi kerak. Agarda qarama qarshi trend ko’paysayu asosiy trend kam bo’lsa unda model buziladi. 32 Rasm- 7.2 Ayiq yo’nalishi yoki tushuvchi model Rasm- 7.2. Ayiq yo’nalishining qoidasi shundaki, minimumlar keyingi minimumlardan pasga yo’nalishi kerak. Maksimumlar keyingi maksimumlardan pasga bo’lishi kerak. Bu yerda asosiy tendensiya tushuvchi va qarama qarshi tendensiya esa ko’tariluvchi sanaladi. Asosiy trend ko’p tushib,qarama qarshi trend esa kam ko’tarilishi kerak. Agarda maksimum orqadagi maksimumdan o’tsa yoki minimum keyingi minimumdan tushmasa model buziladi. Rasm- 7.3 33 Fleyt Yo’nalishi yoki Gorizontal tendensiya Rasm- 7.3. Fleyt yo’nalishi Grafigimizda eng qiyind model sanaladi. Buning qoidasi minimumlar keyingi minimumlardan goh ko’tariladi goh tushadi. Maksimumlar ham xuddi shunday jarayonni bajaradi gohida keyingi maksimumdan ko’tariladi yoki tushadi. Fleyt yo’nalishi ko’pincha tendensiyani o’zgartirish xsusiyatiga ega chunki fleyt jarayonida talab va taklif bir xil yo’nalishda boradi. Fleyt yo’nalishi qarama qarshi tendensiyada, Ayiq yoki Buqa yo’nalishida qarama qarshi tendensiyada uchraydi. Shuning uchun Fleyt jarayoni 2 xsusiyatga ega Modelni o’zgartirish yoki modeldagi jarayonlarda qarama qarshi trend ketishiga darak beradi. Modellar takroriyligi ham tendesiyada mavjud. Agarda Buqa yo’nalishini olsak asosiy trend teppaga va qarama qarshi trend pasga bo’lsa, qarama qarshi trendni ichida Ayiq yo’nalishi hosil bo’ladi. Rasm 7.4 Katta hajmdagi Buqa yo’nalishida, qarama qarshi trendning o’zida kichkina ayiq yo’nalishi yoki qarama qarshi tendensiyada fleyt jarayoni ham uchrab turibti. Aslini olganda qarama qarshi tendensiyani 15 minutlik grafigda ko’rsak bu katta ayiq yo’nalisini kuzatamiz. Katta vaqt oralig’idagi grafiklarda, Masalan haftalik, oylik grafikdagi Buqa yo’nalishining qarama qarshi tendensiyasi, 4 soatlik va 1 soatlik grafigda katta hajmdagi ayiq yo’nalishi hosil bo’ladi. Shunday qilib modellarning takroriyligi shu yo’nalishda boradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling