Kitob to’g’risida
-qism Grafigimizdagi indikatorlar va ularning ishlashi
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moving Average indikatori.
9-qism
Grafigimizdagi indikatorlar va ularning ishlashi. Savdo terminalimizning (Навигатор) degan qismida Indikatorlar joylashgan. Rasm- 9.1 Indikatorlar Tredni Kuchli o’rtacha yoki kuchsizligini ko’rsatib beradi. Qisman indikatrolar tendensiyaning qaysi yo’nalishda borayotganini ham ko’rsatadi. Hozirgi kunda indikatorlar juda ko’p sanaladi Savdo terminalimizdan tashqari biz yana qo’shimcha indikatorlarni kirgizishimiz mumkin. Programma yozuvchilar o’z savdo strategiyalarni indikatorlarga qo’shib yozadilar. Natijada 2-3 indikatorlarning signallari bir indikatorga joylashtiradilar. Hamma Indikatorlar (Moving Average (MA)) vaqtdan orqaga qoluvchi signal orqali ishlaydi. Indikatorlar tez ishlaydigan va sekin ishlaydigan indikatrolar mavjud. Men savdo terminalimizdagi indikatorlarning hammasiga misol ko’rsata olmayman chunki bunda juda ko’p misollar va siz aziz o’quvchi vaqtingiz o’qish bilan ketadi. Lekin asosiy menga ma’qul indikatrolarni birma bir ko’rsataman. Aslida Indikatorlar bir biriga yaqin ishlaydi. Shu 43 uchun ko’p indikatrolarni ishlatish ham trendimizga qarshi ishlashi va ko’p narsada ko’pgina indikatorlarning signallariga chalg’ishimiz mumkin. Shuning uchun ham qaysi bir indikatrolarni siz tanlamang tarixda bo’lib o’tgan tendensiyani indikatrolarni grafigimizda qo’yib birma bir kuzatishimiz kerak va yaxshilab indikatrolar qanday signal beryapti va qay holatda savdoda kirish mumkinlikni o’rganishimiz kerak. Moving Average indikatori. Moving Average- vaqtdan orqaga qoluvchi indikator deyiladi. Bunda biz qancha katta hajmdagi sonni qo’ysak indikatorimizga shunchalik vaqtdan orqaga qoladi. Rasm- 9.2 Indikatorimizdagi 21 parametr bu juda kichkina sanaladi. Lekin 21 paramtrdagi Moving Average qayerda qanday kirish kerakligini ko’rsata oladi. Buning isboti esa Rasm- 9.2 berilgan bu yerda qanday va qayerda pozitsiya ochish kerakligi ham ko’rsatib berilgan bu juda oddiy indikator sanaladi va tshunarli. Agarda narx pasda Indikator teppaga bo’lsa demak tendensiya pasga ketishini ko’rsatadi. Narx teppaga Indikator pasga bo’lsa tendensiya teppaga ketishini ko’rsatadi. Rasm- 9.2 Moving Average 21 ko’plab aldamchi signallar beryapti va indikatorni ko’p hollarda kesib o’tib qaytib tendensiyani davom ettiryapti. Agarda Moving Average indikatorini kattaroq parametrga qo’ysak unda bu yolg’onchi signallar ancha kamayadi. 44 Rasm- 9.3 Ikkita Moving Average indikator orqali yaxshi savdo strategiya yaratish ham mumkin. Rasm- 9.3 qizil Moving Average 55 parametr orqali anchagina yolg’onchi signallarni ko’rsatmaydi. Bu yerda yana bir narsa Moving Average 21 paramtr ko’k indikator va Moving Average 55 paramtr qizil indikatorlarning kesishi ham bir yo’nalishni ko’rsatib beradi. Rasm 9.3 ko’rib turganizdek ancha trendga qarab savdolashish oson tuyilyapti. Rasm- 9.3 Juda katta Moving Average parametri masalan Rasm- 9.3 Ayiq yoki Buqa tendensiyasining yo’nalishini ko’rsatadi. Masalan Moving Average (MA) 21 bilan 55 teppaga ko’tarilsa MA 300 esa oxiri qayerga tugashini va yo’nalish qayerga borishini ko’rsatib beradi. Hech qachon unutmaslik kerak. Yo’nalishdagi qarama qarshi trendga savdoga kirish xavfli sanaladi. Chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda 45 bo’lishi mumkin. Ba’zan qarama qarshi tendensiya ozgina borib qaytib o’z davomiylikni davom ettiradi, yoki o’rtacha borib qaytib davom ettiradi, yoki qarama qarshi tendensiya chuqurroq borib yana o’zdavomiyligini davom ettiradi. Shuning uchun ham qarama qarshi tendensiyada savdoda kirishni men tavsiya etmayman. Hattoki qarama qarshi tendensiya chuqur borsa ham iloji boricha bunga e’tibor bermay savdoda faqatgina yo’nalishga qarab savdolashishni tavsiya etaman. Rasm- 9.4 Rasm- 9.4 vaziyatga kelib tushsayiz qanday holatda tushasiz. Albatta Kitob avtoriga qarshi chiqish niyatiz ham bo’ladi. Men sizni fikrizga qo’shilaman Rasm- 9.4 MA 300 hech qanday yo’nalishni bergani yo’q bu yerda qayerdan kirib qayerdan chiqishni bilib bo’lmaydi. Lekin bizni qutqaradigan klassik analiz bizga qo’l kelishi mumkin. Aslida Rasm- 9.4 ochiluvchi uchburchak. MA 300 yo’nalishini ko’rsatmaganligiga dalolat beradi. Men aytib o’tganimdek hech qaysi analiz Indikatorlar bo’ladimi klassik texnik analiz bo’ladimi aniq ravshan signal bermaydi. Shuning uchun ham 2-3 ta indikator va klassik texnikalarni qo’yib ko’rish kerak shundagina tendensiyani qay tomon yo’nalishini ko’rish mumkin. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling