Kitob to’g’risida
Piramida modeli (Shaxsan kitob avtorining modeli
Download 5.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Forex Uzbek tilda Kitopbi
Piramida modeli (Shaxsan kitob avtorining modeli
ya’ni kaminaning modeli) Siz aytsangiz kerak kitob avtorining modeli… daho bo’ling deyishiz mumkin. Albatta men daho emas balkim qiyinchiliklar ostida bozorni o’rganish uchun kun bo’yi kompyuter monitoriga tikilib o’tirganligim sababi ixtirolarimdan maqulrog’i manashu Piramida modeli sanaladi. Aslida yarim aylana ham men kuzatgan va ixtiro etgan modellardan biri edi. Men uni chuqurroq o’zlashtirmaganligim sababli uncha muncha vaziyatda nechi yilda bir marta kelishi mumkin. 67 Rasm- 10.9.8 Kichik vaqt oraliqlarida 5 minutlik yoki 15 minutlik graffiklarda ko’p uchraydigan piramida modeli, savdo strategiya qilib olish ham mumkin. Piramida modelini hosil qilish uchun, birinchi navbatta birinchi maksimum va oxirgi minimumni tutashtirish kerak bo’ladi. Oxirgi minimumni qanday topish mumkin? Buning uchun minimumlar hosil bo’lgandan so’ng qarama qarshi tendensiya o’tgan maksimumdan o’tgandan so’ng biz eng yuqoridagi maksimumdan eng pasdagi minimumni tutashtiramiz. Pasdan esa gorizontal chiziq chizamiz. Chiziq chizish o’tgan maksimumdan trend o’tib ketsa, o’tgan minimumgacha chiziq chizish kerak. Bu chiziq Piramidaning teppa qismi sanaladi. Eng yuqori maksimumdan minimumgacha chizgan chizig’imizni xuddi shu holatda lekin qarama qarshi jarayonda chizamiz. Piramidaning boshidan chap tomondagi chiziqning tendensiyaga hosil bo’lgan maksimumlardan gorizontal chiziqlar chizamiz. Chap tomondagi gorizontal chiziq Piramidaning zinapoyalari ya’ni o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiya borish kerakligini bildiradi. Bu yerda ham buy ham sell yo’nalishida ishlashimiz mumkin. Lekin xavfsizroq jarayon buy sanaladi. Chunki buqa tendensiyasiga qarshi savdoda sell pozitsiyasida ishlash xavfli sanaladi. Agarda katta hajmdagi Ayiq yo’nalishi borgan taqdirda, qarama qarshi tendesiya boshlansa unda biz 6 tadan 10 tagacha zinapoya tayyorlashimiz kerak chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda bo’lishi mumkin. Uzoq jarayon, o’rta va kichik jarayon qarama qarshi tendensiya borishi mumkin. Shuning uchun uzoq yo’nalishdagi qarama qarshi tendensiyada faqatgina maksimumlar va minimumlarning o’rnini bilib ehtiyotkorona savdolashishimiz kerak. Shuning uchun ham qarama qarshi 68 tendensiya tugaganidan so’ng piramidani chizish anchagina xavfsizroq sanaladi. Rasm- 10.9.9 Minimumdan maksimumda tutashtirishda trend chizig’ini birinchi navbatda minimum o’tgan 2 ta minimumdan keyingi minimumlar o’tsagina biz Piramida chizishimiz mumkin. Rasm- 10.9.8 Piramidaning teppa qismidan, 2 ta zinapoya bu chap tomondagi 2 ta minimum sanaladi. Trend manashu 2 ta zinapoyadan o’tsa keyin biz Piramida shaklini chizishimiz mumkin. Rasm- 10.9.9.1 Oddiygina Piramida shakli bilan keyingi narx jarayonini qayerdan qarama qarshi tendensiya va qayerdan o’z davomiylikni davom ettirishi mumkinligini Rasm- 10.9.9 ko’rsatib beradi. Ko’rib turganingizdek katta hajmdagi Buqa yo’nalishi va qarama qarshi tendensiya uzoq davom etgan chap tomondagi maksimumlar o’ng tomondagi qarama qarshi tendensiyani 69 ko’rsatib beryapti. Albatta Rasm- 10.9.9 ko’rsatilgan piramida 4 soatlik grafik edi. Agarda kunlik graffigni xuddi shunday qilik piramida chizsak qayerdan qarama qarshi tendensiya va qayerdan tren davomiyligini davom ettirishini va har bir zinapoyadan o’tgandan so’ng qaytib orqasidagi zinapoyaga qaytmaydi, qaytsa ham ko’pi bilan bitta zina poyaga qaytadi xolos va tendensiya o’z davomiyligini davom ettiradi. Rasm- 10.9.9.2 Men hozirgi real narxda chizib va keyingi tendensiya qayergacha borish mumkinligini chizdim. Haqiqatdan ham birinchi zinapoyadan qarama qarshi tendensiya bordi. Endi ikkinchi va uchunchi zinapoyalarni kutish qoldi xolos. Yuqorida ko’rsatilgan har bir modellar o’ziga yarasha afzalliklari va kamchiligi bilan ustundir. Qaysi bir analizni olmaylik uning kamchiliklari mavjud. Lekin bir kamchilik ikkinchi bir analiz to’ldiradi, boshqa bir texnikani kamchiligini. Shuning uchun ham har tomonlama, texnik analiz, fundamental analiz, matematik boshqaruv va psixologik analizlar ( ya’ni qaror qa’bul qilish zararga ketgan taqdirda yanada obdon texnik analizlarni qo’llash va kuta bilish). Har bir treyder o’ziga yaqin strategiya tanlaydi. Treyder o’zida bir nechta indikatorlar va texnik analizlarning maqullanganini olib shunga qarab ishlaydi. Ba’zilar esa umuman hech narsa qo’ymay shunday oddiy grafikka qarab model orqali ishlaydi agarda bozorda ayiq yo’nalishi bo’lsa faqat sell Buqa yo’nalishi bo’lsa faqat buy pozitsiya ochadi u hech qanday indikator yoki klassik analizlarni ishlatmaydi. Ba’zilar esa faqat bittagina indikator bilan ishlashadi. Qaysi savdo strategiya inson ongida yaqin qulay bo’lsa manashu strategiyani ishlatishadi. Yuqorida men ko’rsatgan klassik texnik analizlar va Indikatrolar orqali qilinadigan analizlar orqali bir nechta strategiyalar 70 tayyorlash mumkin. Kitobda ko’rsatilgan hamma analizlar indikatorlar beradigan signallarni ishlatish zarur deb hisoblamayman. Chunki har bitta texnika orqali indikatorlar ko’pligidan texnik klassik analizlarning ko’pligidan inson qaysi yo’nalishga borishi ehtimolligiga adashadi chunki har biriga ham muammo chiqishi mumkin, ya’ni indikatorlar, klassik analizlarning kamchiligi bilan har xil yo’nalishda inson katta darajada adashishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi navbatda har bir indikatorlarni qanday signal berishi yoki indikator biz bozorda savdoda kirishda va chiqishda qanday signal beriyapti uning qayerda adashishi mumkinligini birma bir ko’rib chiqish kerak. Xuddi shunday klassik texnik analizlarni ham afzalliklari va kamchiligini obdon o’rganib chiqish kerak tarixda bo’lib o’tgan narxlarda birma bir klassik analizlarni chizib chiqish va o’rganish lozim. Shundagina treyderga bir savol tug’iladi. - Men qaysi indikatorni tanlayman - Men qay vaqtda kira olaman - Men klassik analizlardan qaysi analizni ishlataman - Men Savdoda qatnashish uchun qancha summani ishlatib qancha summani marjada saqlayman va mening savdoyin jarayonida zaraga borsam unda men yana qancha savdoda qo’shishim mumkin zararni qoplash uchun - Men har vaqtda ham kira olmayman chunki texnik klassik analiz indikatorlarning signallari va fundamental iqtisodiy yangiliklar menda 100% to’liq savdoda qatnashishda maqullanmayapti shuning uchun men kutishim kerak - Savdo jarayonida Internet, tok, kompyuter ishlamay qolish xafi. Mana shu savollarga treyder o’zida javob bera olishi kerak. Shu savollarga javob bera olsagina savdoda ham shu savollarni ishlatishi kerak. Aslida men bu savollarga javob bera olaman va manashuni grafigda ishlata olaman deydiganlar ham bor. Lekin savdo jarayoniga kelsak turli xil insonda savollar yanada qiynaydi. - Trend pasga ketyapti men esa teppaga buy pozitsiyasi ochdim. Lekin klassik texnik analizlar pasga ko’rsatyapti indikatorlar esa teppaga ko’rsatyapti. - Bugun yangilik chiqishi kerak analitiklar yaxshi tarafda aytishyapti demak yangilik ham yaxshi tomonga o’zgarishi 80% agarda mayli zararda tursam yangilik teppaga trendni ko’tarsa hammasi yaxshi bo’lib ketadi. - Trend axir 400 punkt tushib ketdi balkim endi qarama qarshi trend borar axir qayerdandir trendning yo’nalishi o’zgarishi mumkinku . - Indikatorlar hammasi juda ham pasga tushib ketgan mana endi ko’tarilishi kerak axir indikatrolar buy signalni beryaptiku 71 Mana shunday savollar bizni savdoda qatnashishda ko’p zararga qolib ketishimizga sabab bo’ladi. Chunki zararda yopish hech kim ham xoxlamaydi. Lekin bundan ham yomon bo’lishi mumkinku degan fikr ham bor. Shuning uchun ham ehtimollik yoki borishi mumkinlik bu xavfli jarayon sanaladi. Biz ehtimollik bilan emas balkim faktlar asosida ishlash zarurligini esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Biz kirgan joyda modelllar yoki indikatorlar boshqacha signal berishni boshladimi manashundan qanday chiqish yo’llarini izlashimiz kerak. Balkim qaytar juda uzoq ketdiku, balkim qarama qarshi tendensiya uzoq jarayonga borib keyinchalik qaytar va tendesiya o’z jarayonini davom ettirar kabi savollarni esimizdan chiqarishimiz kerak. Klassik analizmizda trend kanallarni buzdimi ehtiyot bo’lishimiz kerak. Modelni o’zgartirdimi demak biz qarama qarshi pozitsiya ochishimiz kerak, yoki xuddi shunday lotda qarama qarshi ochib qayerdan tendesiya yo’nalishini o’zgartiradi mana shu yerdan foydani yopib zarani qo’yishimiz kerak. Shu paytda foyda bilan zarar bir xilda boradi tendensiya o’zgardimi biz foydani yopib zarani ushlashimiz kerak tendensiya keyin qaytganidan so’ng zararni kamaytiradi va biz ozgina bo’lsada zararga ham yopsak biz foydaga chiqamiz chunki biz foydani ko’proq yopgan edik zaradan ko’ra. Bu ham bo’lsa bitta matematik hisobimizni boshqaruv analizi sanaladi. Ko’zimiz bilan ko’rdik tendensiya yo’nalishi o’zgardi biz shunga ishonishimiz kerak. Trend boryapti endi esa qaytishi kerak dedikmi demak tendensiya yanada davom ettirishi ham mumkin, yoki ozgina qarama qarshi tendensiya borib va qaytib tendensiya o’z davomiyligini davom ettirishi mumkin. Shuning uchun ham ehtimollik jarayoni juda xavfli sanaladi. Qarama qarshi tendensiya ham ehtimollikka o’ynaydi. Chunki qarama qarshi tendensiyada savdolashish bu 50 ga 50 sanaladi. Chunki qarama qarshi tendensiya har xil yo’nalishda borishi mumkin. - Qarama qarshi tendensiya chuqur borishi mumkin - Qarama qarshi tendensiya o’rtacha borishi mumkin - Qarama qarshi tendensiya kichik borishi mumkin - Qarama qarshi tendensiya nomalum holatda 5-6 soat trend to’xtab va qaytib o’z davomiyligini davom ettirishi mumkin. Bunday hollatda qarama qarshi tendensiya ko’rinmas holatda bo’ladi. Shuning uchun ham qarama qarshi tendensiyada savdolashishni va ehtimollik kuchli bo’lgan jarayonda savododa kirish juda ham xavfli sanaladi. O’tib ketgan bo’lsa ham afsuslamaslik kerak. Trend bordimi demak u yana shunday borishi ham mumkin va ikkinchi marta adashmay kirishim kerak degan javob berishimiz kerak. Shunday treyderlar mavjud ular faqat zarar ko’rishadi lekin ularning ongida men to’xtamasligim kerak aksincha yanada 72 kurashishim kerak. Lekin ular qanday savdo qilishgan edilar shundayligicha yana davom ettiradilar va yana zararga tushadilar. Yana ularda savol tug’iladi men aybdor edim men yopmadim mana shu yerda agarda yopar edim ozgina zarar bilan qutilib chiqar edim. Endi esa bu safar men bunday qilmayman deyishadiyu lekin savdo strategiyasini o’zgartirishmaydi. Bunday holatda har xil vaziyatda zararga bo’lish mumkin. Ba’zan treyderlar bir bo’lib savdo strategiyasini aytib berishadi. Qanday yaxshi ha tarixda bo’lib o’tgan narxdan strategiya yasab uni afzalligi va kamchiligini aytib berish. Aytishadiki mana bu savdo strategiya mana ishlab o’tiribti nega shunday savdo qilmaysizlar deb. Lekin o’zlari esa bundan foyda olishmaydi. Ular faqat tarixdagi chiroyli turgan narxda strategiyani tshuntirib berishadi. Kelajakdagi narx esa bu strategiyani bosib ketadida keyin afsus men bunday bo’lishini bilmagan edim deb qo’yishadi. Shuning uchun ham avval shu strategiyaga real narxda savdolashish kerak u savdo strategiyasi foyda keltirdimi 3 oylab keyinchalik uni ta’rixdan tshuntirib berish savdoda qatnashganligi bilan isbotlab berish mana bu haqqoniy strategiya sanaladi. Qadirli treyderlar keyingi qismlarda men sizga savdoda qatnishib strategiyalarni ko’rsatmayman men shunchaki ta’rixdan ko’rsataman. Lekin siz aziz treyder boshqa bir treyder bilan suhbatlashganda yoki bir savdo strategiyani muhokama qilishda kelsangiz real narxda qancha foyda olganligi va qancha vaqt bu savdo strategiyasi ishlaganligini bilsangizgina keyin bunda ishlash mumkin. Aziz o’quvchi treyder keling men sizga savdo strategiyalarni qanday yaratishni birma bir ko’rsatib bersam. Men ko’rsatgan strategiya orqali siz o’zingizga kitobdagi indikatorlar va klassik analizlar orqali boshqa turdagi savdo strategiyalarni tuzishingiz mumkin. Men ko’rsatgan savdo strategiya esa sizga strategiyalarni qanday tuzish kerakligini ko’rsatib beradi. Kelajakda esa siz aziz o’quvchi internetda o’zingiz indikatorlarni qidirib topib va shu orqali savdo strategiyalarni tuzishingiz mumkin. Bunday hollatda har bir tuzgan savdo strategiyamiz vaqt vaqti bilan yangilanaveradi va savdoda yangi qarashlar va yangi uslubda savdolashish va strategiyalar tuzish kabi fikrlar, g’oyalar tug’ilaveradi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling