Amliyotchi talabaning bitiruv Pedagogik tanishuv ishi mavzusi kasb-hunar Maktabining qaysi muammosini yechishga qaratilgan?
Birinchi navbatda Maktabni o’quv qo’llanma bilan taminlash, ikkinchidan talabalarga fanni chuqurroq va qiziqarliroq o’tish, yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishva eng asosiysi ixcham va soda o’quv qo’llanma yaratish masalalariga qaratilgan.
Amaliyotchi talaba bitiruv Pedagogik tanishuv ishini mavzusi uchun kasb-hunar Maktabidan qanday ma’lumotlar oladi?
Kerakli fanning ma’ruza matnlari, amaliy mashg’ulotlar (laboratoriya mashg’ulotlari), o’quv qo’llanma yaratishda foydalaniladigan dasturlar to’plami, Maktab o’qituvchilari bilan maslahatlar qilish va hokazolar.
Dars o’tish etaplari nimalardan iborat?
Dastlab 5 minut salomlashish va davomat olish, keying 15 minut mavzuning kirish qismi – bunda o’tilgan mavzuni qisqacha so’rash va yangi mavzuni doskaga yozish, 40 minut mavzuning asosiy qismi- bunda yangi mavzu bo’yicha tushunchalar berish, keying 15 minut mavzuni mustahkamlash, va qolgan 5 minut talabalarga uyga topshiriq berish bilan yakunlanadi.
Darsning texnologik xaritasi qanday tuziladi?
Darsning texnologik xaritasi darsning turidan kelib chiqqan holatda dars o’tish etaplariga bo’lib chiqqan holatda tuziladi.
Dars o’tish faoliyatiga nimalar kiradi?
Dars o’tish faoliyatiga o’qituvchi berilgan mavzuni aniq va to’liq o’tishi, pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’tishi, talabalar bilan birgalikda guruhiy yoki individual tarzda savol javob qilishi, turli xil didaktik vositalardan foydalanishi va hokazolar kiradi.
Darsning texnologik xaritasini tayyorlashda qaysi pedagogik texnologiyalardan foysdalaniladi?
Bugungi kuda darsning texnologik xaritasini tuzishda ko’proq noananaviy pedagogik texnologiyalardan ko’proq foydalanilmoqda. Bularga misol qilib aqliy hujum, charxpalak, klaster, kichik guruhlarda ishlash, baliq skleti, qora quti va boshqa ko’pgina texnologiyalarni misol qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |