Umum ta'lim maktabida talabalarning mustaqil ishlari qanday tashkil etilgan?
Maktablarda mustaqil ish har bir fan uchun mavjud. Mustaqil ishlari dars soatlaridan kelib chiqqan holatda tashkil etiladi. Ya’ni o’tilishi mo’ljallangan fanning jami dars soatlarini 45 %i mustaqil ishi sifatida talabalarga beriladi. Hamma darslarda ham mustaqil ishi sifatida topshiriq berilmaydi. Faqat mavzulari kengroq va qiyinroq bo’lgan darslarni talaba yaxshi o’zlashtirishi uchun mustaqil ish sifatida beriladi.
Umum ta'lim maktabi iqtisodiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalarini aytib bering?
Ta’lim muassasasida o’quv va ishlab chiqarish ta’limi jarayonini tashkil etish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat va tarmoq ta’lim standatrlarida ko’zda tutilgan o’quv reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etadi, ishlab chiqarish ta’limi jarayonini bashqaradi, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ilg’or ish tajribalarini o’rganadi, muhandis pedagog o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tanlash va joy-joyiga qo’yishda taklif beradi, faoliyatini tahlil qiladi, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini bajarilishini nazorat qiladi, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik yuklamasi bajarilishini hisobini yuritadi, o’quv va ishlab chiqarish amaliyoti jarayonini nazoratini tashkil qiladi, tarmoq ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlaydi, o’quv ustaxonalarini va laboratoriyalarini ko’rgazmali va texnik o’quv qurollari bilan me’yor talablari asosida jihozlanishini ta’minlaydi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha shartnoma va talabnomalarni shakllantiradi, bitiruvchilani ishga taqsimlash va ishga joylashtirishga rahbarlik qiladi, vasiy tashkilotlar bilan hamkorlikni ta’minlaydi.
O’quv bo’limi qanday ishlarni amalga oshiradi?
O’quv tarbiya jarayonini tashkil qiladi, davlat va tarmoq ta’lim standartlarida belgilangan o’quv reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlashni nazorat qiladi, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqadi, ta’lim muassasasining umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtiradi, belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishini ta’minlaydi, o’qituvchilarning kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etadi, o’quvchilarning davomatini nazorat etadi, darslarni o’zlashtirishi, bilim sifatini oshishini ta’minlaydi, o’qituvchilarning attestatsiyadan, ta’lim muassasasini davlat akreditatsiyasidan o’tkazish ishlarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |