Kitoblarga texnik ishlov berish, kitoblarni fondga kirim qilish, qayd etish hujjatlari
K itobni ko‘rsatilgan sanadan kechiktirmay topshiring
Download 0.65 Mb.
|
Feruza.Tadjibayeva tavsiyanoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi
- KITOBNING SHIFRI
- KITOBNING INDEKSI
- 84 (5). Осиё адабиёти (асарлари
- 8 4 (5). Osiyo adabiyoti (asarlari).
8cм
Ikkinchi, Kitobni qaytib berish muddati a, v, s, d – ustunlariga yoziladi. Bunda, kitobni qaytarib berish muddati avvalo “a” ustuniga ketma-ket yozib boriladi. “a” ustuni to‘lgach, keyin “v” ustuniga yoziladi va shu tartibda davom etadi. Agarda ustunlarning barchasi to‘lib qolsa, unda yana bitta qo‘shimcha formulyar kitobning cho‘ntakchasiga solib qo‘yiladi. Kitobxonlarga kitobni qaytarish muddatini belgilashda kitobning hajmi, kitobxonning yoshini inobatga olish tavsiya etiladi. Bunda, xodimlar va ota-onalar uchun kitobni qaytarish muddati 15 kungacha, kutubxona a’zolariga 10 kungacha berish tavsiya etiladi. Mazkur blanka orqali ushbu kitobning necha marotaba o‘qilganligi aniqlanadi. Uchinchi, kitobning formulyari kartochka shaklida bo‘ladi va uning standart o‘lchami 10,5 x 7,5 sm. Mazkur kartochka kitobning formulyari kitob pasporti vazifasini bajaradi. Kitob formulyariga kitobning shifri (indeksi va muallif belgisi), inventar raqami, kitobning muallifi, nomi, kitobning narxi va kitobning nashriyotdan chiqqan yili yoziladi va cho‘ntakchaga solib quyiladi. Kitobxon o‘qishga olgan kitobning kitob formulyari ichidan olinadi va kitobxon formulyari ichiga solib quyiladi va kitobni qaytargandan so‘ng kitob formulyarin yana kitob cho‘ntakchasiga solib quyamiz. NAMUNA K itob formulyari
To‘rtinchi, kitobning 2 joyiga: kitobning titul sahifasining chiqish ma’lumotlari ustiga hamda kitobning17-sahifasiga inventar raqami qo‘yiladi. Kitobning titul sahifasi va 17-sahifalariga maktab kutubxonasining (shtempeli) shtampi bosiladi va unga kitobning inventar raqami yoziladi. Misol uchun, Birinchisi: kitobning titul sahifasiga qo‘yiladi. Shtempelde maktab kutubxonasining nomi ko‘rsatilishi lozim, shtempel to‘rt burchak shaklda (o‘lchami1,5x4sm) bo‘ladi. NAMUNA
Ikkinchisi: kitobning 17-sahifasiga qo‘yiladi.
KITOBNING SHIFRI Bundan tashqari, kutubxonalarda barcha kitoblarga shifr qo‘yiladi. Kitobning indeksi va muallif (avtor) belgisining birgalikda yozilishi – bu kitobning shifri hisoblanadi. Shifr kitobning javondagi o‘rnini bildiradi. NAMUNA
KITOBNING INDEKSI Kitobning indeksi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi (KBK) jadvalidan olinadi. Kitobning indeksi – bu kitobning qaysi soha va fan tarmog‘iga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi sohaning belgisi – indeksi hisoblanadi. Kitobning indeksi bu kasr shaklidagi shifrning yuqoridagi raqami ya’ni belgisidir. Indeks tartibida kitoblarni javonlarga joylashtirish - bu ularni mazmuniga qarab joylashtirish hisoblanadi. Endi, kitobning indeksini qo‘yish yuzasidan misol keltiramiz. Masalan, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari kitobiga indeks qo‘yilishini namuna sifatida ko‘rsatamiz. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi: NAMUNA
АЛИШЕР НАВОИЙ ХАМСА
84 (5) АЛИШЕР НАВОИЙ ХАМСА “Тафаккур” нашриёти Тошкент - 2017 Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling