Toshkent amaliy fanlar


Download 0.54 Mb.
bet1/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1199507
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik (1)





TOSHKENT AMALIY FANLAR
UNIVERSITETI
Yordamchi tarix
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Mamadaliyeva Gulhumor
Shayboniyxon davri qo`lyozmalari. Xonliklar davri XVII-XIX asr qo`lyozmalari
REJA.

  1. Ilk yozuvlarning materiali, quroli.

  2. Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari. Qo‘lyozmalarning materiali. Qo‘lyozmaning muqovasi.

  3. Xuroson va O‘rta Osiyoda shakllangan badiiy san’at maktablari.

  4. Shayboniyxon davri qo‘lyozmalari.

  5. XVII-XIX asr qo‘lyozmalari.


Yozuv materiali - Er. av. 4000 va 3000 yilliklarda yozuv materiali daraxt po‘stloqlari, papiruslar, loy quyilgan taxta lavhlar, qora bazalt toshlar bo‘lgan. Er. av. II asrda Kichik Osiyodagi Bergama shahrida pergamen kashf etilgan. Uni yangi tug‘ilgan buzoq terisidan tayyorlaganlar. Pergamentdan XIV asrgacha foydalanilgan. Dastlab undan Vizantiyaliklar foydalanishgan. Asosiy yozuv materiali 14 asrgacha pergamen bo‘lgan.
Dastlab Xitoy qog‘ozni kashf qilingan. Qog‘oz tayyorlanadigan O‘rta Osiyodagi asosiy joy VIII asrdan boshlab, Samarqand hisoblangan. Keyinchalik qog‘oz ishlab chiqarish Buxoroda ham yo‘lga qo‘yilgan.Turli navli qog‘ozlar bo‘lgan. Bu navlar ichida eng ko‘p tarqalgani «qog‘ozi nimkatoniy» deb atalgan qog‘oz navidir. Qog‘oz asosan kanop tolasidan ishlangan.
Yozuv quroli - Yozuv quroli sifatida qadimda qushlar, asosan g‘oz patidan foydalanganlar. Qalam g‘oz pati bilan zamondosh bo‘lib, ko‘mirdan va XVI asrdan boshlab slanets, grafitdan tayyorlangan. Hozir ham qalam grafitdan tayyorlanadi. Karandash turkiy tildan olingan bo‘lib, “kara” – qora, “tash” – tosh ya’ni, ko‘mirdan tayyorlangani uchun shunday atalgan. G‘oz perosidan insoniyat uzoq davr mobaynida - er. av. VI asrdan to eramizning XIX asrlarida asosan Evropa davlatlarida foydalangan. (U bilan Bibliyaga evangliya yozilgan).
Qamishqalam – Sharqda asosiy yozuv quroli hisoblangan va VII-VIII asrdan XIX asrning oxirigacha asosiy yozuv quroli bo‘lib xizmat qilgan.
Quyuq va qora rangdagi siyoh, agar u yozilgandan keyin yaltirab tursa, eng yaxshi siyoh hisoblangan. Biri yong‘oqdan tayyorlangan siyoh bo‘lib, bunda yozilgan xat vaqt o‘tishi bilan jigarrang tus olgan va u yaltirab turgan. Bu siyohni ichish ham mumkin bo‘lgan.
Muqova - eng qadimgi muqovali kitob Misrda yaratilgan va IX-X asrlarga mansub. Bu muqova Livanda o‘sadigan kedr daraxti yog‘ochidan ishlangan, unga fil suyagidan naqshlar o‘rnatilgan, u Qur’on nushasining muqovasidir.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling