Toshkent amaliy fanlar
Turkiy tilda bitilgan ilk qo‘lyozmalar
Download 0.54 Mb.
|
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik (1)
Turkiy tilda bitilgan ilk qo‘lyozmalar.
Turkiy tilda arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‘lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga mansub bo‘lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridir. U 1069-1070 (462 hijriy) da yozilgan. Uning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmasi XIII asrda bitilgan. Undan keyingi qo‘lyozma Mahmud Qoshg‘ariyning «Dеvoni lug‘otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 hijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi qo‘lyozmasi 1266 (664 hijriy). Turkiy tilda eng ko‘p qo‘lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. XI-XIII asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‘lyozmaning ko‘pi yo‘qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‘lyozmalar yaratilgan. O‘rta Osiyodagi ilk qo‘lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat»laridir. (1166 yilda-562 hijriyda vafot etgan). She’riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‘sha davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Mashhur Xorazmlik faqix va filolog olim Muhammad ibn Umar Zamahshariy (1143 yilda-538 hijriyda vafot etgan). Xorazm shohi Otsizning buyurtmasi bilan «Muqaddimat-ul adab» asarini yozgan. Bu asar arabcha-turkiycha lug‘at va turkiy tilning gramatikasiga bag‘ishlangan. Bu asar bir necha marta ko‘chirib yozilgan. Uning eng qadimgisi 1492 yilda 989 hijriy. Buxoroda ko‘chirilgan. Shuningdek u Samarqand va Toshkentda ham ko‘chirib yozilgan. XII asr oxiri, XIII asr boshlarida yashagan mutasavvuf shoir Sulaymon Boqirg‘oniy yoki Hakim ota Xorazmning Baqirg‘on degan joyida yashagan. U birinchi diniy mazmundagi qasidalar yozgan. «Boqirg‘on kitobi», «Maryam kitobi», «Oxir zamon kitobi» shular jumlasidandir. Bular qo‘lyozma shaklida keng tarqalgan va ommabop kitoblardan hisoblangan. XII-XIII asrlarda Qarshida Qur’onga turkiy tilda tafsir yozilgan. U shartli ravishda «Qur’onning O‘rta Osiyo tafsiri» deb ataladi (asli nomi va muallifi no’malum). 1212-1213 yillar-609 hijriy) Ali ismli shaxs Xorazmda «Qissayi Yusuf» asarini yozgan va qo‘lyozma shaklida o‘qilgan. 1220 yilda Xorazm mug‘illar tomonidan bosib olingan. Bu davrda Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida Nasriddin Burxoniddin (u qozi bo‘lgan) «Qissasul anbiyo» asarini yozgan. U o‘sha davrda Raboti O‘g‘uzning hokimi bo‘lgan Nasriddin Toq Bug‘aga tortiq qilish uchun 1310-1311 (710 hijriy) yillarda yozilgan. Bu asar aholi orasida «Qissasi Rabg‘uuziy» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu davrda Xorazmda shoir Qutb «Xusrav va Shirin» she’riy dostonini yozgan. Ho‘jabek Xorazmiy degan shoir «Muhabbatnoma» she’riy asarini yozgan. Har ikki asar qo‘lyozma shaklida el orasida mashhur bo‘lgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling