Toshkent amaliy fanlar


Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari. Qo‘lyozmalarning materiali. Qo‘lyozmaning muqovasi


Download 0.54 Mb.
bet2/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1199507
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik (1)

Xuroson va Movarounnahr qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari. Qo‘lyozmalarning materiali. Qo‘lyozmaning muqovasi.
Arab tilida bitilgan va bizga yetib kelgan qo‘lyozmalarning barchasi qog‘ozga yozilgan. Qog‘oz tayyorlanadigan O‘rta Osiyodagi asosiy joy VIII asrdan boshlab, Samarqand hisoblangan. Keyinchalik qog‘oz ishlab chiqarish Buxorada ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘rta Osiyoda mustaqil xonliklar vujudga kelgach, Qo‘qonda ham qog‘oz ishlab chiqarish vujudga kelgan. Bu ish bilan Qo‘qonning Chorsu va Qog‘ozgar deb atalgan daxalarida shug‘ullanishgan. Bu shaharlarda qog‘oz asosan qo‘lda ishlangan va bunda suv tegirmonlaridan foydalanilgan. Qog‘oz ishlash uchun qurilgan tegirmonlar Xirotda va O‘rta Osiyoning yana boshqa shaharlarida ham qurilgan.
Qo‘lyozmalar turli navdagi qog‘ozlarga yozilgan. Bu navlar ichida eng ko‘p tarqalgani «qog‘ozi nimkatoniy» deb atalgan qog‘oz navidir. Qog‘oz asosan kanop tolasidan ishlangan. Qo‘lyozma yozish uchun tanlangan qog‘oz avval har xil ranglarga bo‘yalgan. Qog‘ozni bo‘yashning texnologiyasi va rang tayyorlashning retsepti ancha murakkab bo‘lgan. Shuning uchun rangli qog‘ozlar ko‘p xollarda badiiy bezaklarga boy san’at qo‘lyozmalari uchun ishlatilgan. Oddiy qo‘lyozmalar esa, kulrang tusdagi qog‘ozga nimkatoniyga yozilgan. Bu qog‘ozlar milliy sharoitda ishlab chiqarilgan qog‘ozlar edi. Yevropada ishlab chiqalirgan qog‘ozga yozilgan O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari ham yo‘q emas. Lekin ular birinchidan ko‘p emas, ikkinchidan ular XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi qo‘lyozmalardir.
Qo‘lyozmalar qamishqalamda yozilgan. Qamishqalam tayyorlash ma’lum tajriba va malaka talab qilgan. Qalam tayyorlash uchun tanlab olingan qamish urib olinganidan keyin u to‘q jigarrang tusga kirgunicha suvga tashlab qo‘yilgan. Ma’lum muddatdan keyin suvdan olingan qamish qayta ishlovdan o‘tkazilgan va uning bo‘g‘imlari bor joydan qalamtaroshda qirqilgan. Uning bir tomoni qiya qilib kesilgan va uchi o‘tkirlangan hamda qorni yorilgan. Qamishni qirqib, qalam shakliga keltirish uchun qamish tagiga maxsus suyakdan ishlangan taglikdan foydalanishgan va u «naykat» yoki «qalamkat» deb atalgan. Bezakli san’at qo‘lyozmalarini yozish uchun qamishning uchini to‘g‘ri chiqarish katta ahamiyat kasb etgan. Qamishqalam uchi chiqarilib, tayyor bo‘lganidan keyin uni yerga ishqashgan. Bu bilan qamish tarkibidagi yog‘ni ketkizishgan va yozib ko‘rishgan. Agar qalam bilan yozilgan nuqta qog‘ozda tarqalib ketmay, rombik xolini saqlab tursa, demak u yozish uchun tayyor hisoblangan.
O‘rta Osiyo va Xurosondagi xattotlar odatda qo‘lyozma uchun tush yoki siyox ishlatishgan. Tushni kuya va olchaning suvi aralashmasidan tayyorlashgan. Siyoh esa, achchiqtosh va mozi (chernilno‘y oreshek) eritmasidan tayyorlangan. Uzoq vaqt o‘chmay saqlanib turadigan maxsus qora va rangli siyoxlarning retsepti ancha murakkab bo‘lgan va turli moddalarni o‘z ichiga olgan. Masalan, suyuq qog‘oz yelim-sirach, mozi, kuydirilgan qorazak (kuporos), suyuq xina, suyuq o‘sma, sachratki ildizidan olingan suyuqlik va boshqalar. Mutaxassislarning aytishlaricha, bunday siyoxlar yaqin-yaqinlargacha ham hech o‘zgarishsiz tayyorlab kelingan. Xatto Buxoroda shunday siyox tayyorlaydigan ustalar bo‘lganki, ular siyoh tayyorlash texnologiyasi va tarkibini sir saqlashni va u faqat ulargagina ma’lum bo‘lgan. Badiiy san’at asarlari hisoblanadigan qo‘lyozmalar uchun tayyorlangan siyohga hushbo‘y moddalar, masalan, atirgul moyi, mushk-anbar ham qushilgan. Bunday qo‘lyozmalarni o‘qilganda undan yengil hushbo‘y hid kelib turgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling