Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling
Download 471.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Baxtli bo\'lish sirlari [@KitobL]
Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling Telegram manzilimiz: @Millioner7 KIRISH Siz baxt izlab butun olamni kezib chiqasiz, u esa doim yonginangizda, har qanday insonning qo'li yetguday masofadadir... Goratsiy Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so'rasangiz, eng ko'p tarqalgan javob: «Men shunchaki baxtli bo'lishni istayman», degan so'zlardan iborat bo'ladi. Bo'lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori ishlab chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita)lar eng jadal rivojla- nayotgan soha bo'lmoqda? O'zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun bunchalar kam? Balki, baxtni topish mumkin bo'lmagan joydan izlayot- gandirmiz? Ishonchim komilki, qancha pul topayotganimiz, kim bolib ishlayotganimiz va qayerda umrgu- zaronlik qilayotganimizdan qat'i nazar, hammamiz baxtli bo'lishga layoqatlimiz. Umrimiz kechayotgan onida shart-sharoitlarimiz qanday bo'lsa-da, biz nafaqat shunchaki baxtli bo'lish, balki to'liq baxtiyorlik tuyg'usidan bahramandlikka layoqatlimiz. Haqiqiy Baxt g'amu hasratning yo'qligidan emas, balki quvonch, mamnuniyat va hayotdan lazzatni tuyishdan iborat. Bu inson doimiy ravishda rohat- farog'atda yurishi kerak degan ma'noni bildirmaydi. Axir, hayotimizda shunday damlar ham bo'ladiki, shaxsiy yo'qotishlarga duch kelamiz, ular tabiiy ravishda musibat, anduh va ko'ngil qolishlarni keltirib chiqarmay sira iloji yo'q. Lekin bu iztirob- larni yengib o'tishga ko'maklashuvchi vositalar mavjudki, ko'pincha hayotiy sinovlar va kulfatlarni g'alabalarga aylantirishga qodirmiz. Boshqa ko'pgina zarbulmasallardan farqli o'la- roq, ushbu kitob qahramonlarining (men tanigan bir necha donishmand kishilarning umumlashgan obrazi ifodalangan keksa xitoylikdan tashqari) boshidan kechirganlari hayotiy voqealarga asoslan- gan. Albatta, qissaxonlikni yanada qiziqarliroq qilish umidida ayrim personajlar ismi hamda hayot tarzini o'zgartirdim, ammo ularning barchasi o'z umrining xatarli damlarida g'alabaga erishganlari rost va har bir bobda yozilganiday baxtli bo'ldilar. Umid qila- manki, ularning boshidan kechgan voqealar sizni ham ilhomlantiradi va ruhingizni ko'taradi, siz ham ulardan ibrat olib, o'z hayotingizda Haqiqiy Baxtga erishasiz. Download 471.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling