Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling
Download 471.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Baxtli bo\'lish sirlari [@KitobL]
Adam JEKSON
RULDAGI ODAM Hammasi oktabr oyining sovuq va yomg'irli kechasida, u uyga ishdan qaytayotgan chog'ida boshlandi. Soat sakkizlar edi — bu haftada u uchin- chi bor xizmatda ushlanib qolishiga to'g'ri keldi. Kun bo'yi osmonni bulut qoplagan va aytish mumkinki, osmonu falak sharros quyib turgan jalani bu yigitcha uyga ravona bo'layotgan chog'iga asrab qo'ygandek edi. Uning xayollari radio boshlovchi bergan savoldan bo'lindi. Savol juda oddiy edi, garchi uning javobi yigitni ko'proq qiziqtirsa- da, bu savolni o'ziga hech qachon bermagan edi. Berilgan savolga butun mamlakat bo'ylab o't- kazilgan so'rovnoma sabab bo'lgandi. Unda har ellik kishidan faqat birigina o'zini baxtli yoki qa- noatlangan deya hisoblashi hamda o'ntadan bitta- sigina atigi bir lahza davomida o'zini haqiqatda baxtli his etganini xotirlay olgani ma'lum bo'libdi. Radioboshlovchi tinglovchilarga oddiy va ochiq savol bilan murojaat qildi: «Siz baxtlimisiz?» Bu so'zlar kutilmaganda yigitni o'z hayoti haqida o'ylashga majbur qildi. U dabdurustdan umrida aynan nima yetishmayotganini so'z bilan ifodalay olmasdi: uning salomatligi durust, yaxshigina ishi bor, maoshi to'lovlarni to'lash va goh-gohida may- da-chuyda quvonchli voqealarga safrlashga doimo yetadi, uning yaqin do'stlari va suyimli oilasi bor. Lekin, bularning barchasiga qaramasdan, u o'zini ich-ichidan loqayd, tushkunlikka tushgan, hayot- dan bezganday sezardi. Unga nimadir yetishmasdi, lekin o'sha nimaligini o'zi ham bilmasdi, unga hayoti qandaydir o'ta muhim narsadan mosuvoligi ayon edi, xolos. U hayotini tavsiflab bayon etishiga juda ko'p so'zlar mavjud edi, lekin ular tarkibiga «baxt» so'zi kirmagani aniq. Qachonlardir Toro: «Ko'pchilik insonlar o'z umrini osuda tushkunlikda kechiradilar», deb aytgan so'zlarini yigit aynan o'z hayoti haqida ifodalanganini xayolidan o'tkazdi. Har bir kun boshlanishidan to nihoyasiga qadar tinimsiz kurashdan iborat. Ko'n- gilcizlik va og'ir kechinmalar bu kunlarga doimiy yo'ldoshdek tuyulardi. Yigit hayoti poyonsiz bir xildagi doiraga aylangani haqidagi hissiyotlarini yengib o'tolmasdi. Yoshlikdagi orzu va umidlariga nima bo'ldi? Qani uning bolalikdagi qalbini toshirgan g'ayrati, shodligi-yu quvonchlari? Ularning barchasi bu tinimsiz kurashga qachon aylanib ulgurdi ekan? U hayot tinimsiz kurashligmi qaydadir o'qigandi, lekin yigit bunga ko'nikolmasdi. «Albatta, — derdi u o'ziga o'zi, — hayotda bundan-da muhimroq nimadir bo'lishi kerak». U o'zini adashib qolgandek, go'yo bahaybat labirint ichiga qamalgan-u, unga qanday tushganini anglolmay va chiqish yo'lini qaydan izlashni bilolmaganday sezardi. Xuddi shu lahzada yigitning o'ylari bo'lindi — bu safar mashina kapotidan ko'tarilayotgan dud sabab bo'ldi. — Jin ursin! Biri bo'lmasa, boshqasi tayyor turadi, — ming'irladi u mashinasini yo'l yoqasida to'xtatarkan. U tashqariga chiqib, kapotni ko'tardi, motorga qaragandi, yuziga qaynoq bug'dan hosil bo'lgan issiq havo urilib yigitni qalqib ketishga majbur qildi. U kamzulini boshiga yopib, shamol va yomg'irdan o'zini qanday bo'lmasin, muhofazalash uchun egilgancha eng yaqin masofadagi telefongacha bir yarim chaqirim yo'l yurib, nosozlikni tuzatish xizmatini chaqirtirdi. Operator unga mexanik taxminan bir soatlardan so'ng borishini xabar qildi. Yigitning mashinasiga qaytib, kutishdan bosh- qa chorasi yo'q edi. Shunday sovqotgan, charchagan va ayanchli ahvoldagi yigit mashinasi tomon imillagancha qay- tardi.. Bu hodisa hayotida eng chuqur o'zgarishlarning boshlanishi ekanini u hali bilmasdi. Download 471.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling