Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling
Download 471.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Baxtli bo\'lish sirlari [@KitobL]
Ushbu kunga nazar sol! Axir bu umr, umming o'z umri. Uning qisqa oqimida
Mavjudlikning barcha haqiqatlari va borliklari unda yashiringan: Farog'atlikning o'sishi, faoliyatning shuhrati, go'zallikning sozligi. Axir kecha — faqat tush, Erta esa — bor-yo'g'i xayol, Lekin eng ajoyib umr bugun LAHZA QUVVATI Har qanday kechagini baxt tushiga aylantiradi Va har bir ertangi kun — umid tasawuri. Bugungi kunga yaxshilab nazar tashla! Bu tongga salomdir. — O'zingiz sinab ko'ring, — dedi janob Braun. — Kun davomida fikrlaringizni awal bajargan va kelgusidagi bajarmoqchi ishlarga emas, hozirgi faoliyatingizga jamlang. — Nazarimda anglagandek bo'lyapman, — dedi yigitcha. — Lekin nahotki kelajagimiz to'g'risida umuman qayg'urmasligimiz kerak? — Kelgusida biz istagan kelajakni yaratishga faqat hozirgi lahzadagi hayotimiz imkon beradi. Har bir lahza taqdirimizni belgilovchi tanlov ekanligini bildiradi. Fikr harakatning negizi hisoblanadi, harakat esa odatni vujudga keltiradi, odatlar fe'l- atvorni mujassamlantiradi, fe'l-atvor esa taqdirimizni shakllantiradi. Har bir lahzada tanlaydigan fikrimiz, keyingi daqiqada qayerda bo'lishimizni belgilaydi. Shu bois har qanday lahzadagi ahdlarimiz va harakatlarimiz kelajagimizni yaratadi. Kishilar bilan gaplashganda ularning ko'pchiligi shu yerda va hozirgi kunda boridan yaxshisini sug'urib olish o'rniga ko'pincha o'tmishda va kelajakda boshqa zamon va makonda yashayotganlari juda tez oshkor bo'ladi. Men bilan aynan shu hoi sodir bo'ldi, kechayotgan voqealarga hech qanday taalluqli bo'lmagan narsalar haqida o'ylashim halok bo'lishimga bir bahya qoldirdi. Modomiki, hozirgi lahzada yashamasangiz, yuk mashinasi tagiga tushmasangiz ham, yuzma-yuz kelishingiz mumkin bo'lgan aziyatlar va imko- niyatlaming kattagina qismini yo'qotasiz. — Nahotki odamlar kelajakda hech bir reja tuzmasliklari kerak deb hisoblasangiz? — Yo'g'-e, nimalar deyapsiz? Har qanday harakatlarimizni rejalashtirish juda muhim. Lekin siz biror nima bilan mashg'ulligingizda boshqa narsalarni rejalashtirish yaramaydi va kelajakka rejalar tuzish chog'ida boshqa bir faoliyat bilan shug'ullanish shart emas. Nima haqda o'ylashingiz, qanday harakatni bajarishingizdan qat'i nazar, bir lahzada bir ishga fikringizni jamlang. Biror kishi bilan so'zlashayotgan chog'ingizda butun e'ti- oringizni o'sha insonga qarating; ishlayotganingizda diqqatingizni bajarayotgan yumushingizga qaratib, men yo'l qo'ygan xatolarimni takrorlamang. — Qanday xatoni? — takror so'radi yigitcha. — Ko'chani kesib o'tayotganda mashinalar harakatini kuzating! Kechayotgan lahzadagi umr xavotir va ma'yuslik hislarini yumshatadi, mehnat sifatini oshiradi, o'zaro munosabatlarni yaxshilaydi hamda umuman, butun umringizni boyitadi. Lahzadagi umrning quwati ana shunday. Running qolgan qismida yigitcha o'sha fursatda bajarayotgan ishiga diqqat-e'tibor bilan qarashga urindi. Ba'zan tarqalib va chalg'ib ketayotgan fikrlarini to'xtatib qolish qiyin kechsa-da, lekin bajarayotgan ishiga uni yana jamlashga to'la erishdi. Endi bu hayotini rostdan ham ancha yengillatishiga uning zarracha shubhasi qolmagandi. U stoldagi qog'ozlar uyumining hajmi borasida tashvishlanish o'rniga ular orasidan birgina xatni chiqardi va kompaniyadagi uch yillik faoliyati inobaynida uning ilk bor bajarilmagan ishi qolmadi. 'shxonadaqi hamkasblari bilan so'zlashayotgan chog'ida to'sa e'tibor bilan qaragani bois ulardan biri: «Gaplarimni diqqat bilan tinglaganing uchun senga rahmat. Menga juda yaxshi yordam berding» deganida hayron qoldi. Bu so'zlar yigitning qalbida yaxshi iz qoldirdi. Yigitcha kechqurun, ovqatlanganidan keyin o'tirib, bugun yozganlarini ko'rib chiqdi. Download 471.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling