Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Download 409.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Bolalar gavdasining tuzilishi
Yangi tug’ilgan chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligining 1/4 qismini tashkil qilsa o’smirlik davrida esa 1/8 qismiga teng. Chaqaloqlarda bo’yin kalta qorin chiqqan va uzun oyoq qo’lga nisbatan kalta bo’ladi. Bolalarni o’sish davrida gavda qismlari bir tekisda rivojlanmaydi. Qo’l va oyoqlar tez o’sadi o’smirlik davriga kelib oyoq 5 marta qo’l 4 marta uzaygan bo’ladi. Tana qismi esa sekinroq o’sadi. O’smir yoshiga kelib tana 3 marta bosh qism esa 2 marta kattalashgan bo’ladi. Bolalarda bo’yning o’sishi 5-7 10-11 13-16 yoshlarda juda sezilarli bo’ladi. Bolalar kiyimlarining sinflanishi K/k Guruh Bolaning yoshi Buyum razmeri 1. 2. 3. 4. 5. Yasli yoshidagilar Bog’cha yoshidagilar Kichik maktab yoshidagidagilar Katta maktab yoshidagilar O’smirlar 0.5-2.5 2.5-5.5 5.5-11.5 11.5-14 14-17.5 22 24 26 28-30 32-36 38-42 44-46 O’spirinlar kiyimi kompozitsiyasi va uslubi jihatidan katta yoshdagi kishilar pal’tosiga o’xshaydi. To’g’ri bichimli pal’to bilan bir qatorda beli qisman yopishib turadigan bichimli pal’tolar ham uchraydi. Formalar ikki guruxda: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar guruxlari. 12 yoshgacha bo’lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, mahsadga loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. 12 yoshdan katta bolalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning kiyimlariga oz-ozdan o’hshatila boriladi. Bolalar ich kiyimi engil, qulay, havoni yaxshi o’tkazadigan, issiq tutadigan, gigroskopik bo’lishi lozim. Ich-kiyim bolaning erkin nafas olishiga, badanda qonning harakatlanishiga xalahit bermaydigan bo’lishi kerak. Bolalar kiyimi kunduzi yoki kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab, turli gazlamalardan tikiladi. Bolalar kiyimiga ishlatiladigan gazlama miqdori kiyimning kengligi va uzunligiga qarab belgilanadi, bunda gazlamani ikki buklangan holda bichilishi va chok haqi tashlab ketish zarurligini hisobga olish kerak, bolalarni chiroyli kiyina bilishga, kiyimni avaylab kiyish va uni toza tutishga yoshligidan qrgatish zarur. Agar kiyimning biror choki so’kilgan bo’lsa, o’z chok yo’lidan mashina chokida yoki qo’l chokida kiyimga mos rangli ip bilan tikiladi va dazmollanadi. Kiyimning yirtilgan, teshilgan, kuygan, sitilgan joylari bo’lsa, yamoq solinadi. Yamoq solish kiyimning turiga qarab, oddiy yamoq solish, kiyimning ustidan yoki tagidan yamoq qo’yib bajariladi. Yirtilgan joyni mo’ljallab, rangini moslab yamoq qirqib olinadi, hammasini yaxshilab, tekis qilib dazmollanadi. Yamoqni kiyimdagi yirtiq joyning tagiga qilib ko’klab tikiladi. Yirtiqning atrofini qaychi bilan to’g’rilab qirqib chihiladi va ichiga qayirib chetidan tikiladi, so’ngra dazmollanadi. Bolalar kiyimlarini ko’pincha yirtilgan joylarini applikatsiya usulida ham berkitiladi, bu kiyimda bezak sifatida qoladi. masalan, shimning tizzasi yirtilgan bo’lsa, ko’ylak engining tirsagi yirtilgan bo’lsa, mana shu joylarga turli geometrik shakllar, barglar qirqib olinib, petlya chok yordamida yirtilgan joyning ustiga tikib chihiladi. Bu o’z navbatida kiyimning yirtilgan joyini berkitish bilan birga kiyimda bezak vazifasini ham bajaradi. Maktabgacha yoshdagi qizchalar ko’ylagini asosiy andoza chizmasidan foydalanib, turli fasondagi ko’ylaklar bichish va tikish mumkin. Bunda materiallarni ikki buklangan holda olinadi va uning ustiga tejamkorlik bilan ko’ylak andoza joylashtiriladi, so’ngra kiyim detallari qirqib olinadi. Kiyim tikish jarayonida materiallarning turiga va xossasiga e’tibor bergan xolda 0,5 dan 1 sm gacha chok hahi qo’yib tikiladi. Ko’ylakning tikish ketma-ketligi. Birinchi ko’ylakning yoqa o’mizi va old qismlariga ishlov beriladi, so’ngra elka choklari bilan orqa yoki o’mizi biriktiriladi. Yon choklar tikiladi, eng o’rnatiladi. Ko’ylakning etak va eng uchlariga ishlov beriladi. Ko’ylakni modasiga ko’ra turli turlar, bezaklar va cho’ntaklar bo’lsa, bularni chiroyli o’rnatishga oham o’z navbatida e’tibor beriladi. Ko’ylakni tikib tayyor bo’lgandan so’ng uni pardozlab, dazmollab qo’yiladi. Bolalar kiyimlari yoqali, yoqasiz bo’ladi. Kiyimlarni kiydirilgan vahtida nuhsonlar topilib qoladi. Bunday nuhsonlar kiyimning turli qismlarini bir-biriga noto’g’ri ulash, kiyimni noto’g’ri olingan noaniq o’lchovlariga asoslanib, tayyorlangan andoza bo’yicha bichish hamda gavda tuzilishining xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirish natijasida kelib chihishi mumkin. Bunday nuhsonlar kiyimning orqaga ketib qolishi, kiyimning ko’krak aylanasi keng yoki tor bo’lishi, elka past bo’lganda eng o’mizida qiya burmalar hosil bo’lishi kabi nuqsonlar kuzatiladi. Qalinligi ortiqcha bo’lgan gazlamadan tikilgan kiyimlarda vitachkalar yoqa o’mizi tomon yotqizib dazmollanadi. Yupqa gazlamadan tikilgan kiyimda vitachkalar ikki tomonga ochib dazmollanadi. Konstruktiv nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari. Tayyor kiyim gavdada yaxshi o’tirishi va kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimning bichig’i gavdaning xususiyatlariga mos kelgan taqdirdagina u gavdaga yaxshi o’tiradi. Kiyimning shu talablarga mosligidan dalolat beruvchi asosiy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: asosiy detallarning o’zaro uyg’unligi, burmalar hosil bo’lmasligi, qulayligi va gavda harakatiga halakit burmasligi. Kiyim yaxshi tikilgan bo’lsa, uning o’lchamlari va bichimi gavdaning tayanch yuzalariga (yelkalarning va ko’krakning balandligiga, belga, xullas qomatga) mos keladi; kiyimda burushiklar bo’lmaydi, uning to’g’ri qismlari tayanch yuzadan pastga bemalol solinib tushib turadi. Detallarda bo’ylamasiga yo’nalgan pardoz chiziqlar (baxyalar, soqlar va hakozo) aniq vertikal chiziq bo’yicha ko’ndalang yo’nalganlari esa gorizontal chiziq bo’yicha joylashadi. Kiyimning oldidagi, orqasidagi va boshqa detallardagi chiziqlar vertikal chiziqdan chetga og’ishmaydi yoki vertikaldan atigi ± 1-1,5 0 chetga chiqqan bo’ladi. Bu esa ko’zga ham chilinmaydi. Etak, bel va son chiziqlari aniq gorizontal yo’nalishda joylashadi yoki tayyor kiyimda gorizontal chiziqda ko’pi bilan ± 1-1,5 0 chetga chiqqan bo’lishi mumkin. Tayyor kiyimga baxo berishda e’tiborga olinadigan nuqsonlar olti guruhga bo’linadi. 1. Ko’ndalang burmalar-detalning uzunligi (vertikal yo’nalishda) keragidan ziyod bo’lishi yoki detalning kengligi (gorizontal yo’nalishda) kaymayib ketishi natijasida vujudga keladi. Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang burma. Burmani yo’qotish joyi belgilab qo’yiladi; orqadagi yoqa o’mizining cheti va yelkasi zixi shu burma chuqurligiga pasaytiriladi. Hosil bo’lgan nuqtalar belgi nuqtaga tutashtiriladi. Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki orqadagi o’rta chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish kerak. Yoqa tagidagi ko’ndalang burma katta bo’lmasa uni quyidagicha yo’qotsa ham bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi. Orqada yeng o’mizi yonidagi ko’ndalang burmalar orqadagi o’rta chokni so’kib, orqani kengaytirish kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari kengligi keragidan oshib ketadigan bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib, uning pastki qismidagi normal kengligini saklab kolishga to’g’ri keladi. Zarur bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham aniqlanadi, aks holda yoqaning orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi. Shimlarning bantidagi ko’ndalang burmalar nuqsonni bartaraf kishi uchun bantni qisqartirish kerak. Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha qisqaradi va yon chiziqning egrilik darajasi o’zgardi. Shim old yarm iyon chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda mazkur nuqson uncha bilinmaydi. Shimning banti tagidagi ko’ndalang burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning orqa yarmini og’ chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini qaytadan bichib, yon chiziqning egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda shim songa yopishibroq turadi. Shim og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon chizig’i qo’shib beriladigan chok haqi kamaytirilib, og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqi ko’paytiriladi. Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni yo’qotish uchun og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak. Shimning yon choklardagi ko’ndalang burmalar. Shimning har ikkala yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha qisqartriladi. 2. Buylama (vertikal) burmalar. Detalning (gorizontal yo’nalishda) ortiqcha kengligidan yoki detallarning (vertikal yo’nalishda) ortikcha uzunligidan kelib chiqadi. Orqaning yuqorigi tomonidagi bo’ylama burmalar. Kiyimning orqasidagi ortiqcha gazlama umumiy chokka qo’shib tikiladi. Old yeng o’mizidagi burmalar bu nuqson yelka zixini va o’miz chizig’ini tortib chuzish yo’li bilan yo’qotiladi. Mazkur burma yeng o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning old qismi bel va son chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi bo’ylama burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning old zixiga qo’shib beriladigan haqni kamaytirib yon zixlar haqini oshirish kerak. Shimning orqa yarmida og’ chizig’ining do’ngligi kamaytiriladi. O’rta detal chok ham shunga yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida tekislik uchun qo’shib beriladigan chok haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga tarqalgan qiya burmalar detalning qisqaritirilishi, uzaytirilishi yoki toraytirilishi natijasida kelib chiqadi. Yelkasi yostiqchali kiyimning yon choklaridagi qiya burmalar. Bu nuqson quyidagi cha yo’qotiladi: qiya burmalar kiyimning oldi va orqasidagi yeng o’mizi tubida yon choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi tubidagi burmalar yon choklarga o’tkazilib tekislab yuboriladi. Detallarning bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar agar bu nuqsonlar yelka balandligini har xilligidan yoki yelkalarning pastligidan kelib chiqsa u holda yelkani yostiqchali qilish yoxud mavjud yostiqchaning qalinligini oshirish kerak. Mazkur nuqson detallar muvozanati buzilganligi oqibati bo’lsa bursa burmalar kengligi yon choklarga taksimlanadi. Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan bo’lsa uni yeng o’miziga hamda yelka chiziqlariga qo’shib berilgan chok haqi hisobiga kengaytirish kerak. Yeng boshidagi qiya burmalar bu nuqsonning kelib chiqishiga yeng o’mizining yopiq holdagi chuqurligi yeng boshi balandligiga to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Nuqsonni yo’qotish uchun yeng boshining balandligi (koldirilgan zapas haq yetarli bo’lsa) oshirish kerak. (1-variant) yeng boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant) so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi aniqlanadi. Yengning tirsak perikati yaqinidagi qiya burmalar. Yeng boshining ostki cheti aniq chizilmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Uni yo’qotish uchun yengning ostki yarimi yeng o’mizining ostki chizig’i ustiga qo’yiladi, o’miz chetining ortiqchasi kesib tashlanadi, old zix qisqartiriladi. Shimning og’ chokidagi qiya burmalar. Nuqsonni yo’qotish uchun avval og’ chizig’ining yuqorisida gorizontal burma hosil qilinib, to’g’nog’ichlar bilan qadab qo’yiladi. So’ngra shimning old va orqa yarmidagi qiya burmalar to’g’nog’ichlar bilan qadalib, yon chiziqlarning yuqorigi qismida yo’qotiladi. Shundan keyin andoza aniqlanadi va detallar bichimiga o’zgartirishlar kiritiladi. Burchak burmalari. Vitachkalarning ochilish oralig’i yetarlicha bo’lmagan yoki burchak puxta dazmollab tekislanmagan, yoxud detalga botiq shakl beradigan vitachkaning ochilish oralig’i kichik bo’lgan hollarda shunday nuqson vujudga keladi. Kiyim orqasining yeng o’mizidagi burchak burmalar. Ortiqcha gazlamadan skladka (burma) yetishmayotgan (ochik holdagi) kengligini yoki dazmollab tekislash uchun beriladigan haqni aniqlaydi. Orqa yeng o’mizining yuqorigi qismida qoldirilgan zapasni oshirgan holda yelka chokini qo’shimcha ravishda dazmollab tekislash yaxshi natija beradi. Shim orqa yarmining tax chizig’idagi burchak burmalar. Bu holda shimni namlab dazmollashga to’g’ri keladi. Dazmol shim orqa yarmining zixi bo’ylab gazlamaning tanda ipiga nisbatan burchak hosil qilib yurgizilishi kerak. Shimning orqa yarmi kesik, vitachkali, koketkali bo’lgan holllarda mazkur nuqsonni yo’qotish bir muncha qiyin. Shimning yon tomonidagi burcha burmalar. Vitachkalar hosil qilib, shimning yon tomoni dumpayibroq turadigan qilinsa, nuqson bilinmay qoladi. Muvozanat (uyg’unlik) buzilish tikilgan detallarning qiyshayib, spiralsimon buralib turishiga sabab bo’ladi. Kiyimning barlari ochilib turadi, ko’krak chizig’idan patroqda burchak burmalar hosil bo’ladi. Kiyimning old tomonini bort chizig’i bo’ylab o’zgartirish kerak. Kiyimning etagida barlar bir-biri ustiga chiqib ketadi. Nuqsonni yo’qotish uchun old yoqa o’mizining yuqorigi uchini yanada yuqoriroq ko’tarish yoki old yelka chizig’ini yoqa o’mizi tomon surish, yo bo’lmasa kiyim oldining yon chokini bir oz yuqoriga ko’tarish kerak. Shu o’zgartirishlar kiritilgandan keyin yangidan belgilab qo’yib chiqiladi va yeng o’mizi chizig’i bilan etak chizig’i aniqlanadi. Kiyimning orqasi kalta. Bu nuqsonni ikki xil yo’l bilan yo’qotish mumkin. Agar kiyimni tikkanda orqasida zapas koldirilgan bo’lsa u holda orqa uzaytiriladi va orqaning yelka qismida ko’raklar to’g’risiga o’zgartirish kiritiladi. Kiyimning orqasi chokli yoki koketkali bo’lsa, mazkur nuqson osonlikcha yo’qotiladi. Kiyimning orqasida zapasi bo’lmasa, kiyimning oldini keragicha qisqartirishga to’g’ri keladi. Kiyimning orqasini maxsus yostikchasi bo’lgan presslarda koliplash ham yaxshi natija beradi. Kiyimning orqasi uzun. Bu nuqsoni yo’qotishning turli variantlari mavjud: Kiyim orqasini qisqartirish va toraytirish, kiyimning oldini uzaytirish va kengaytirish, har ikki detallni bir yo’la to’g’rilash. Bu variantlarning hammasida yon choklari va yeng o’mizlari va yoqa o’mizlari chiziqlarining uzunligi o’zgardi albatta; Anna shu o’zgarish evaziga tutash detallarni tegishlicha to’g’rilash kerak bo’ladi. Yenginng oldinga yoki orqa tomonga ogib turishi. Kertiklar o’rni noto’g’ri belgilangan yoki kiyimning bichimi (asosi) kishining bo’yi-bastiga to’g’ri kelmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni yo’qotish uchun yengni so’qish va yeng oldinga ogib turgan takdirda – yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini soat stirelkasiga karshi siljitish, yeng ogib turganida esa kertiklarni soat stirelkasi yo’nalishida surish kerak. Yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini o’zgartirish o’rniga yeng boshidagi kertiklarni shu tariqa sursa ham bo’ladi. Shimning orqa yarmidagi vertikal burmalar. Bu nuqson shimning old-orqa balansi buzilganligidan darak beradi. Nuqsonni yo’qotish uchun o’rta chokning yuqorigi uchini bir oz uzaytirish va orqa vitachkani kengaytirish yukki dumbaning eng baland joylarini qo’shimcha vitachkalar qilish kerak. Bundan tashqari, shim o’rta chokining to’g’ri toritib cho’zilganligini tekshirish kerak. Shimning old yarmi uzun. Bant sohasida gorizantal burmalar hosil bo’lishi ana shunday nuqson borligidan dalolat beradi. Bu nuqsonni yo’qotish uchun primerka vaqtida shimning ortiqcha uzunligini gorizantal skladkaga yetish kerak. Bu skladkaning kengligi shimning old yarmini qanchalik qisqartirish yoki orqa yarmini qanchalik uzaytirish kerakligini ko’rsatadi. Shimning orqa yarmini uzun. Bu nuqson ham xuddi yuqoridagiga o’xshaydi. Uni bartaraf etish uchun shimning orqa yarmini qisqartirish yoki old yarmini uzaytirish kerak. Shimning yon choklari orqaga buralib ketadi. Shim old yarmining og’ choki keragidan uzun bo’lganda shunday nuqson bo’ladi. Muvozanatni tiklash uchun kertiklarni pastga surish bilan shim old yarmining yuqorigi nuqtalarini yanada yuqoriroq ko’tarish kerak. Shimning yon choklari oldinga buralib ketadi. Shim old yarmining yon choki uzayishi natijasida shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni bartaraf etish uchun shim oldining yon zixlaridagi kertiklarini pastga siljitish kerak. Yurganda, harakatlanganda seziladigan va ko’zatiladigan boshqa nuqsonlar. Yeng qo’lni ko’tarishga halakit beradiyu bu nuqsonni yo’qotish uchun yeng o’mizining chuqurligini kamaytirish kerak, shunga yarasha yeng boshining balandligi ham albatta kamaytiriladi. Kiyimning dastlabki uzunligi o’zgarmasligi uchun etakni qayirib bo’qish maqsadida tashlab ketilgan chok haqidan foydalaniladi. Shim tizzani bukib o’tirishga va oyoqni ko’tarishga halakit beradi. Shimning o’rta choki yetarlicha uzun bo’lmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun o’rta chokni uzaytirish, old zixni qisqartirish va kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq ravishda shimning yuqorigi qismini qayta bichish kerak. Download 409.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling