Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’y lak yoqasini tikish.
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’ylak yoqasini o’tqazishda ostki yoqa asosiy detal bilan ung
tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to’g’ri keltirilib,
ostki yoqa tomonidan 0,7-1 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Ustki yoqaning qirqim
tomondagi cheti ichkariga buqilib, ostki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib
tikiladi
Yalang qavat yoqalarni tikish.
Yalang qavat yoqalarni to’rlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga
to’r qo’yib, siniq baxyaqator mashinada qo’yma chok bilan, magiz chok bilan yoki yoqa
qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin
Olib qo’yiladigan bezak yoqalarni tikish.
Bunday yoqalarning ko’tarma qismining qirqimi yo’rmalanadi yoki
to’rtala tomoni tikiladi, shu ochikq joydan o’ngi-ga ag’dariladi va ochiq
joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,1-0,2 sm.
oraliqda tikiladi .Yoqaning ko’tarma qirqimiga magiz qo’yib tikish xam
mumkin Yoqasiz kiyimlarning yoqa o’mizini tikish. Yoqasiz
buyumda yoqa o’mizi qirqimlarini shu yoqa o’mizi shaklida
bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida)
bichib olingan magiz yoki beyka bilan agdarma chok solib,
kant hosil qilib tikish mumkin. Avval magiz pastki cheti
0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni
yopadigan qilib, bukilgan ziydan bo’laklari biriktirib
tikiladi, chok haqi yorib dazmollanadi, keyin asosiy detal o’ng tomonga o’ngini
pastga qilib tugrilanadi va agdarma chok bilan tikiladi. Chok magiz tomonga
buqilib, magizning o’ngidan agdarma chokdan 0,1-0,3 sm oraliqda bostirib
tikiladi. Keyin magiz buyumning teskari tomoniga qaytarilib, 0,1-0,2 sm kenglikda
kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki qirqimlari buklab tikilgan), yoki
maxsus mashinada yurmalangan bo’ladi,. Keyin asosiy detalga 7-8 sm oraliqda
yashirin qaviq bilan qo’lda chatiladi yoki maxsus mashinada tikib qo’yiladi.
Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimning yoqa o’mizini magizli chok bilan va
ikki ignali mashinada beyka qo’yib tikish mumkin. 2 - rasm
1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |