Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Download 409.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Apash yoqa
Ayollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi. Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A 7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A 7 G ’ 6 modelga binoan belgilanadi. Tipavoy yechimda A 7 G ’ 6 =14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin. G ’ 6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A 6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA 4 ga teng bo’lgan A 6 A ’ 6 miqdorda uzaytiriladi. A 6 G ’ 6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A 6 A ’ 6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A 6 2=7 sm o’lchab qo’yiladi. Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A 7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A 7 3=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A ’ 6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi. 3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi. Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi. A 7 3 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G ’ 6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A 7 G ’ 6 , A 7 5, A 7 3, A ’ 6 1 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A 7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. Ustki apash yoqa G ’ 6 A 6 A ’ 6 2 4 5 G ’ 6 kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A 7 A ’ 6 A ’ 6 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G ! 6A 5 7 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak. Download 409.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling