Kiyingi yillarda o


Download 38 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi38 Kb.
#119841
Bog'liq
Kirish


Kirish

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni hayotga tadbiq etish maqsadida,gumanitar akademik litseylar uchun fizikadan davlat ta’lim standarti asosida o‘quv dasturlari tuzildi. Dasturni tuzishda gumanitar akademik litsey o'quvchilariga fizikadan fundamental bilim berilishi inobatga olingan. Dasturni tuzishda akademik litsey o'quvchilari umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimlarga ega bo‘lishlari zarur ekanligi inobatga olingan.

Respublikamizda ta’lim sohasining isloh qilinishi munosabati bilan akademik litsey va kasb–hunar kollejlari fizika ta’limi tarkibiy tuzilishi va mazmunini hozirgi davr talablariga mos ravishda takomillashtirish modernizatsiyalash, uzviyligini ta’minlash zaruriyati vujudga keldi.

Ta`lim tizimi yoshlar intеllеktual faolligini oshirishning eng muhim omilidir. Ta`lim jarayonini zamon, fan-tеxnika taraqqiyoti talablari darajasiga ko`tarmoq bu murakkab jarayonni har tomonlama taraqqiy ettirish zarur. (I.A.Karimov.“Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. T. “Ma`naviyat”- 2008)



Kiyingi yillarda oqitishning yangi pedagogik texnologiyalari pedagog mutaxasislar orasida eng ko’p tarqalgan fikrlardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab o’qituvchi faol bo’lib, ta’lim oluvchi esa tinglovchi passiv, faqatgina ob’ekt vazifasini bajaruvchi- o’qitishning avtoritar usuli deb baholanadigan an’anaviy usulning zamonaviy ta’lim tizimi talablariga javob bera olmayotganligi. Hanuzgacha jahonda eng kop tarqalgan oqitishning an’anaviy usulida o‘quv mash-g’ulotining asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bagishlanadi va oqituvchi tomonidan boshqariladi. Avtoritar o'qitish texnologiyasida ta’lim oluvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yoqoladi, oqitish majburiy yosinda amalga oshiriladi.

Ananaviy oqitish texnologiyasining qusurlari ustida to’xtalib, Prezident Islom Karimov “Ta’lim oluvchilar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi?” degan savollarni qo’ydilar va ularga quyidagicha javob berdilar: “Aminmanki, orgatilmaydi. Mobodo biror ta’lim oluvchi oqituvchiga etiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda oqituvchi hukmron. U ta’lim oluvchidan faqat ozi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: “Mening aytganim-aytgan, deganim-degan”. Demak, ananaviy talim texnologiyasida oqituvchi va ta’lim oluvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, yani zoravonlik pedagogikasi amal qiladi”
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling