Kiyinish madaniyati. Abdurahmonova Hamidabonu
Download 1.32 Mb.
|
Kiyinish madaniyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Kiyinish madaniyati. Abdurahmonova Hamidabonu Reja: 1. Kiyinish madaniyati haqida tushuncha 2. Kiyinish ham bir san’at. 3. Moda va ommaviy madaniyat. Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda. Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo'ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib, kishining mashg'uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin. Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta'biga, didiga mos kiyinish odatining ma'lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi. Moda liboslarning o'zgarishigina bo'lib qolmay, o'ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo'lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Ko'pgina mutaxassislar moda XIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do'ppi, ro'mol, oyoq kiyimi mahsi, kavush, ich kiyim-ko'ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo'lgan. Respublikamiz iqlimi issiq bo'lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko'krak burma va pasti yaxlit bichimli "o'zbekcha" ko'ylak hisoblana¬di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko'krak burma ko'ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o'zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi. Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o'zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o'tib ketsa ham, bu matolardan o'z davriga moslab yarashtirib, xoh o'zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jumalidagi modellarning har biri to'g'ri kelishi mumkin. To'ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo'lib tushgan ko'ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo'lishi kerak. Ayollar ko'pincha kiyimlar rangini o'zlarining ko'z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo'l-yo'l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo'ylamasiga yo'l bo'lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo'y-bastini uzaytirib ko'rsatadi, ularni to'ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg'in va baland bo'yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma'qul, ko'ndalang, yo'l-yo'l ko'ylaklar qaddi-qomatni to'laroq ko'rsatadi. Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o'ziga xos ahamiyatga ega. To'q va qora ranglar jussaning to'laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to'laroq ko'r¬satadi. Yashil, binafsha, ko'k rang qaddi-qomatni rostlab ko'rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to'la qilib ko'rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo'lishi lozim. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling