Kiyinish odobi


Download 22.04 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1644853
Bog'liq
Kiyinish odobi


Kiyinish odobi
Insonning kiyinishi uning ichki –ma’naviy dunyosining sirtdan aks etishidir. Kiyinish madaniyati insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi,go‘zallik, nafosat, odob borasidagi axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Xalqimiz fahm- farosatli, odobli insonni uning kiyinish madaniyatidan yaxshigina ajratib oladi.. YOshiga va jinsiga qarab kiyinmaslik o‘ta beodoblikdir. Qaysi insonda or-nomus, hayo, andisha , uyalish,kabi tushuncha va tuyg‘ular rivojlangan bo‘lsa, o‘sha inson o‘z obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning asabini buzmaydigan holatda kiyinadi. Azaldan xalqimizda “ Hayo va iboning tashqi ko‘rinishi – kiyimdir” degan xikmat bor. Inson kiyim tanlash borasida milliy-diniy qadriyatlar doirasida turgani yaxshi. Kiyinish madaniyati insonning didi qanday ekanini ko‘rsatadi. Hazrat Mir Alisher Navoiy bir baytlarida:
YAxshi suxan jonga oroyish, yaxshi libos tanga oroyish,degan hikmatni bayon qilganlar. Libos insonni issiq-sovuqdan saqlaydi,avratlarni berkitadi va ziynat bo‘lib xizmat qiladi. Kiyinish odobi haqida shunday rivoyat bor . “ O‘limga mahkum qilingan bir ayol qatl qilishga olib kelayotganida soqchilardan ip bilan igna so‘rabdi. Soqchilar sababini bilmoqchi bo‘lganda ayol : “ Tizzamning yonidagi chok so‘kilib qolibdi, shuni tikib qo‘yay”,-debdi.
Soqchi: “ Axir sen hozir o‘lasan-ku, tikib nima qilasan?-debdi.
Ayol: “ Men ayolman! SHarm-hayoni saqlay. O‘lim sari ketayotgan bo‘lsam ham nomusim xaqqi, xaloyiq oldida ayoldek chiqishim kerak”,-degan ekan. Bundan ta’sirlangan podshox o‘lim jazosini bekor qilgan ekan.
YAxshi kiyinish o‘ziga xos san’at . Kishi bu san’atni egallash uchun moda talablariga rioya qilibgina qolmay, o‘z didini ham tarbiyalash kerak. YOshlarimizning moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e’tirof etishlari hayotda kuzatiladi. Bu kiyimlarning o‘zbekona madaniyatimizga, zehniyatimizga xos emasligi haqida esa o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Afsuski bugungi kunda ayrim yigit-qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildirish qiyin. CHunki bugun ko‘cha-ko‘yda, evropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar tobora kamayib bormoqda. Ko‘pchilik yoshlarimiz evropa uslubida kiyinmaslikni zamondan ortda qolish deb hisoblamoqdalar. Evropa modasi deb urf bo‘lgan kiyimlarni kiyib o‘zini bugunning zamonaviy yoshlari deb hisoblaydigan yigit-qiz qattik adashadi va aksincha, ular o‘zlarining ma’naviyatini, tafakkurini va dunyoqarashni qanchalik sayoz ekanligini liboslari orqali namoyon etadilar. SHu o‘rinda bir haqiqatni aytish o‘rinli. Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o‘z qizlariga olib berayotgan ayrim ota-onalar kelajakda bu salbiy oqibatlarga olib kelishini bilishmayapti.
Kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz, balki yigitlarimiz ham tobora “zamonaviylashib” borishyapti. Har xil be’mani yozuv , rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va shippaklarda ko‘chani to‘ldirib yurishgani ayni haqiqat.Sigaret rasmi solingan futbolkalarni kiyishga ishtiyoqmand o‘zbek yigitlarimizning bu ishlari o‘zbekona madaniyatimizga to‘g‘ri kelmasligini anglay olmayapti.
Erkak kishining asosiy kiyimi –kostyum . Kostyum jussa o‘lchovlariga mos kelishi, tor bo‘lmasligi, xarakatlanganda xalaqit bermasligi, odmi rangda bo‘lishi lozim. Ko‘ylak, bo‘yinbog‘ va paypoq tanlashda ham e’tiborli bo‘lish kerak . Bularning hammasi, insonning kasbi, sharoiti va imkoniyatlariga monand bo‘lishi zarur. Iboli, yoqimtoy ayol yoshi ,o‘z darajasi, kasb-koriga ko‘ra doimo mos ravishda kamtarona kiyinadi va o‘zini tutadi. Tashqi ko‘rinishda jozibalilikka erishish zamonaviylikka nisbatan zehn bilan yondashuvdadir. Zamonaviy kiyingan ayol deganda o‘ta yorqin va qimmatbaho libos bilan o‘ziga jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi. Bashanglik libosning qimmatbaholigida emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir.
Mamlakatimizda maktab o‘quvchilari va talaba yoshlarning kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada qabul qilingan nizomga ko‘ra umumta’lim maktablarida o‘quvchilar ta’lim dargoxiga qabul qilingan libosda kelishlari lozim. O‘quvchi va talaba yoshlarning formasini joriy etishning maqsadi ularning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib etishishiga imkoniyat yaratish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini tarbiyalash,ularning salomatligini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.
Insonning tashqi ko‘rinishi, kiyimi,ozodaligi,sochlarini tartibli qilib yurishi, qaddi- qomati, yurish-turishiga,mashg‘ulotiga mos kelishi lozim.Aslida kiyim inson tanasini har xil nazarlardan, quyosh issiqligidan,sovuqdan saqlaydi. SHuningdek insonning didi, tarbiyasini hamaks ettiradi..Kiyinish –oliftalik vositasiga aylanib qolmasligi kerak. Ba’zi o‘ziga bino qo‘ygan yoshlar ko‘pincha boshqalarni qoyil qoldirish, o‘ziga e’tiborni jalb qilish uchun bezanishga ruju qo‘yadi. Haqiqiy madaniyatli odam kiyinishda me’yorga amal qilishi zarur. Kiyinishda maktab, sayr, sport, uy, ish, mehmondorchilik va bayram kechasi uchun mo‘ljallangan liboslarni xam farqlab, har birini o‘z o‘rnida kiyishi kerak. Odatda o‘qishga belgilangan maktab formasida, mehmondorchilikka esa boriladigan joyni sharoitini hisobga olib kiyiniladi.Bayram liboslari ibayram ruhiyatiga mos bo‘lishi lozim. Qizlarimiz hayoli, iffatli, nazokatli, ma’naviy etuk, yigitlarimiz esa jasur, yuksak odob va axloq egasi, madaniyatli,bilimdon va iymonli bo‘lishlari kerak. Inson uchun eng go‘zal ko‘rinish odob – ahloq, hayo va iffatdir. Buni hech qachon unutmang.
Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling