Kkookpokop
Download 3.18 Kb.
|
BELGIYA
BELGIYAMirpo’latov BehzodMMM Davlat tuzumi; Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari; Xoʻjaligi; Transporti; Belgiya haqida qiziqarli faktlar; Belgiyaning iqtisodiy muammolari. Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; fransuzcha: Royaume de Belgique) — G‘arbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga bo‘lingan. Maydoni 30,528 km². Aholisi 12828000 kishi (2023). Poytaxti — Bryussel shahri Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831-yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993-yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi. Xristian xalq partiyasi, 1969-yilda tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; „Agalev“ — flamand ekologlari partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964-yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912-yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945-yilda tuzilgan.Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua. Download 3.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling