Konfliktlarni boshqarish usullari Moslashish va ko‘nikish usuli –«QO‘Y» - «Siz nima desangiz ham, men siz bilan hamfikrman»
- Moslashish va ko‘nikish usulidagi odam o‘zini har doim biror voqelikka moslashishga urinadi. Favqulodda holatlarda ham o‘sha vaziyat va vaziyatni keltirib chiqargan insonlar bilan kelishish yo‘lidan boradi. Siz boshqa odamga har doim o‘z roziligingizni ko‘rsatishga harakat qilasiz, chunki bu yo‘l konfliktdan qochish, ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatmaslik, undan o‘zini chekkaga olish, konfliktda faol ishtirok etmaslik imkoniyatini yaratadi. Siz konfliktli vaziyatning o‘zidan qo‘rqasiz. Konfliktli vaziyat siz uchun – tinch va osuda hayot maromining buzilishi, yangi qarorlar qabul qilinishi, sizdan biror narsaning talab etilishidir. Shu bois, siz aslida qarorlar qabul qilishdan cho‘chiysiz va o‘zingizni bu holatdan olib chiqib ketishga harakat qilasiz. Shu bois, sizning ustingizdan hukm chiqarish holatlari keng kuzatiladi. Siz ularga qarshilik ko‘rsatmaysiz, chunki konfliktni jiningiz suymaydi. «Siz haqsiz mening hovlimda sizning olma daraxtingizni o‘tqazish g‘irt ahmoqlik edi, chunki uning mevalaridan mening bolalarim huzur ko‘radi».
Usulning afzalliklari: «Qo‘y” sifatida, siz boshqalar bilan tinch va do‘stona munosabatlarni muntazam saqlab qolasiz. Chunki sizning hech kimga og‘irligingiz tushmaydi. Hamma sizdan foydalanadi. Siz hamma narsaga chidaysiz. Birovlarga siz ko‘proq e’tiborli bo‘lasiz, shu bois birovlar sizga ehtiyoj sezadi. Sizning oldingizda ular o‘z dardlari va munosabatlarini ochiq aytaveradi. Chunki sizdan zarar yo‘q. - Usulning afzalliklari: «Qo‘y” sifatida, siz boshqalar bilan tinch va do‘stona munosabatlarni muntazam saqlab qolasiz. Chunki sizning hech kimga og‘irligingiz tushmaydi. Hamma sizdan foydalanadi. Siz hamma narsaga chidaysiz. Birovlarga siz ko‘proq e’tiborli bo‘lasiz, shu bois birovlar sizga ehtiyoj sezadi. Sizning oldingizda ular o‘z dardlari va munosabatlarini ochiq aytaveradi. Chunki sizdan zarar yo‘q.
- Usulning kamchiliklargi: Sizning talablarigiz, his-tuyg‘ularingiz juda kam e’tiborga olinadi, sizning ehtiyojlaringiz inobatga olinmaydi va juda kam bajo keltiriladi. Agar bu holatda sizga nisbatan adolatsizliklar ko‘payib borsa, qalbingizda yashirin g‘azab, nafrat kuchayib boradi, biroq sizning bu fazilatingizni qadrlaydigan insonlar atrofingizda bo‘lsa, hayotingiz siz istagandek tinch va osuda o‘taveradi. Ammo o‘zingizning kuchsiz ekanligingizni har doim sezib turasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |