Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usuli Reja: - Kirish .
- I BOB.Konfilkt haqida umumiy tushuncha.
- 1.1 Konflikt sabablari va motivlari .
- 1.2.Konfliktning rivojlanishi dinamikasi .
- II BOB. Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usuli
- 2.1Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usuli.
- 2.2Konfliktlarni boshqarish usullari
- Xulosa .
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
- Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. Konfliktli vaziyatlarda konfliktlarni boshqarish, konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usulini qo’llash imkoniyatlari mavzuning dolzarbligidir .
- Kurs ishining maqsadi Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usulini qo’llash, konfliktli vaziyatlarga to’g’ri yechim topishga o’rgatishdan iborat.
- Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.
Konflikt bu-….. - Konflikt bu – odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to`qnashuvi, so`z aytishish, birovlarni ayblash, so`kinish, g`azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urish-turtish, do`q qilish, qo`rqitishga urinish, qasd qilish, tahdid qilish, birovlarga jismomiy zo`ravonlik o`tkazish, zo`rlash, kamsitish, nafrat, qasos, kek saqlash, so`zi va amalidan yomonlik qidirish, nafsoniyatga tegadigan amallar va so`zlar ishlatish va boshqa shunga o`xshash vaziyatlarda o`zini namoyon qiladi. Konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib o`zaro urush, nizo, janjal chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |