Классификация игр дошкольников


Hamkorlik usuli – «BOYO‘G‘LI»


Download 0.8 Mb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1040648
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alimbayeva slayd

Hamkorlik usuli – «BOYO‘G‘LI»

  • «Men hamkorlikka doim tayyorman!»
  • Siz o‘z xarakteringiz, bilimingiz va o‘zingizni tutishingiz bo‘yicha doimo hamkor rolini o‘ynashga tayyor odamsiz. Siz hamkorlik uchun ochiq va hozir inson hisoblanasiz. Shu bois, konflikt vaziyatda sizning butun diqqat-e’tiboringiz konflikt yechimini topshiga qaratilgan bo‘ladi. Siz hech kimni qoralamaysiz, hech kimni ayblamaysiz. Siz boshqalarning so‘zlariga quloq tutasiz hamda boshqalarning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini ham hisobga olasiz. Siz o‘z emotsiyalaringiz va tuyg‘ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o‘z hissiyotlaringizni to‘la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, samimiyligingiz – hammasi konflikt yechimini topishga qaratiladi. Siz konflikt yechimiga qaratilgan turli fikr va yo‘llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham adolatli yechimini topishga harakat qilasiz. Har ikkala tomonning manfaatlarini hisobga olish, ularning ikkalasi ham “g‘olib” bo‘la olishi, qoniqish hosil qilishi siz uchun muhim. Siz umumiy ikki yoqlama foydali hukm chiqarish uchun harakat qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir necha variantlarini ishlab chiqa olasiz.

Usulning afzalliklari: Odatda sizning ko‘p qarorlaringiz adolatli bo‘ladi va ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do‘stlar, og‘ayni-birodarlar, dugonalar ko‘p bo‘ladi. Do‘stlaringiz o‘z his-tuyg‘ulari va sirlarini sizga aytishga ishonadilar. Siz boshqalarning qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan his-tuyg‘ularini e’zozlaysiz. Kerak bo‘lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago‘ylik, mulohazalik kuchli bo‘ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo‘ysunadi. Siz o‘zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo‘lib umr kechirasiz.

  • Usulning afzalliklari: Odatda sizning ko‘p qarorlaringiz adolatli bo‘ladi va ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do‘stlar, og‘ayni-birodarlar, dugonalar ko‘p bo‘ladi. Do‘stlaringiz o‘z his-tuyg‘ulari va sirlarini sizga aytishga ishonadilar. Siz boshqalarning qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan his-tuyg‘ularini e’zozlaysiz. Kerak bo‘lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago‘ylik, mulohazalik kuchli bo‘ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo‘ysunadi. Siz o‘zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo‘lib umr kechirasiz.
  • Usulning kamchiliklari: Real hayotda “boyo‘g‘li” bo‘lish oson emas. U odamga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to‘g‘ri keladi. Shu bois, hech kim «boyo‘g‘li» bo‘lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo‘g‘li» bo‘lish odamdan ichki madaniyat, qadr-qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, mas’uliyat, jasorat va o‘ziga ishonch talab etadi. Mazkur barcha xislatlarni o‘zida tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish ham osonlik bilan kechmaydi. Adolat posboni bo‘lishingiz hammaga ham yoqavermaydi, sizga qarshi bo‘lganlar ham mavjud bo‘ladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling