Klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari


A.Smit va uning «Xalqlar boyligi…» asari


Download 54.77 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi54.77 Kb.
#1399624
1   2   3
Bog'liq
3.Klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari

A.Smit va uning «Xalqlar boyligi…» asari.

  • Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776yili Angliyada zamonamizning eng muhim kitoblaridanbiri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi Adam Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan millatning boyligi faqat qishloq xo’jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne‘matlar miqdori inson mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi.

A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushurdi. Buning natijasida xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo’lib,

  • A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushurdi. Buning natijasida xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo’lib,
  • 1-da – qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi;
  • 2-da – kapital jamg’arilishi va uning shakllari;
  • 3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari; 4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta‘limotiga munosabati; 5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan.
  • A.Smitni tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmush darajasini oshirish muammolari tashkil etadi.
  • Boylikni ko’paytirish omillari
  • Boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi.

Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni tortadi, 2 – uni to’g’rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o’tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 kishi 48.000 to’g’nog’ich, ya‘ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 1 kunda 20dan ko’p to’g’nog’ich tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan (4800/20).

  • Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni tortadi, 2 – uni to’g’rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o’tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 kishi 48.000 to’g’nog’ich, ya‘ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 1 kunda 20dan ko’p to’g’nog’ich tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan (4800/20).

Download 54.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling