4-Mavzu
Operatsion tizimda parolga asoslangan autentifikatsiya mehanizimini ornatish va sozlashni organish
Operatsion tizimni parol bilan himoyalash yaxshi, albatta, ammo ba’zan u noqulayliklarga yoki hatto muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, Windows tizimida turli holatlarda parol bilan ishlash yo‘llarini o‘rganib qo‘ysak zarar qilmaydi.
E’tibor bering: bu maqoladagi yo‘riqnomalarning aksariyatini bajarish uchun siz Windows lokal akkauntingizdan ma’mur huquqlari bilan foydalanishingiz kerak bo‘ladi.
Kompyuterga parol o‘rnatish
Agarda kompyuteringizga boshqalar ruxsatingizsiz teginmasligini istasangiz, undagi Windows tizimini parol bilan himoyalaganingiz ma’qul. Shunda sizning sozlamalaringiz va ma’lumotlaringiz xavfsizlikda bo‘ladi. Har gal kompyuterni yoqqanda, akkauntni (uchyotnaya zapis) almashtirganda va uyqu rejimidan chiqarganda, Windows parol so‘raydi.
Unga parol qo‘yish usuli esa tizimning turli versiyalarida sal farq qiladi, shu bois ulardan har biriga to‘xtalib o‘tamiz.
Windows 10’ga parol qo‘yish
«Pusk» bo‘limidan shesternyacha shaklidagi «Parametri» bo‘limiga, undan esa «Uchyotnie zapisi»ga kirib, «Parametri vxoda»ni tanlaysiz.
«Parol» bandi ostidagi «Dobavit»ni bosasiz.
Tizim ko‘rsatmalariga amal qilgan holda tegishli maydonchalarni to‘ldirib chiqqach, «Gotovo»ni bosing.
Windows 8 va 8.1 versiyalarida parol o‘rnatish
O‘ng yon paneldagi shesternyacha shaklidagi «Parametri»ni bosasiz, undan «Izmeneniye parametrov kompyutera»ga kirasiz. Ochilgan oyna menyusida «Uchyotnie zapisi» (yoki «Polzovateli»)ni, so‘ng esa «Parametri vxoda»ni tanlaysiz.
«Sozdaniye parolya» tugmachasini bosasiz.
Kerakli maydonchalarni to‘ldirgach, «Daleye» va «Gotovo» tugmachalarini bosing.
Windows 7, Vista, XP versiyalariga parol qo‘yish
Bularda «Pusk»ni bosib, «Panel upravleniya»ni, keyin esa «Uchyotnie zapisi polzovateley»ni tanlashingiz lozim.
Kerakli akkaunt (uchyotnaya zapis)ni tanlab, «Sozdaniye parolya»ni bosing, yoki birdaniga o‘z akkauntingizga parol yaratish uchun «Sozdaniye parolya svoyey uchyotnoy zapisi»ni bosing.
Tizim ko‘rsatmalariga amal qilgan holda tegishli maydonchalarni to‘ldirib chiqqach, «Sozdat parol» tugmachasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |