Klassik sinflash algoritmlarni ishlash tartibini organish: Sezor va visinon algoritimi misolida


Windows’ning barcha versiyalarida kirish parolini bekor qilish


Download 0.81 Mb.
bet8/13
Sana18.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1027532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiber

Windows’ning barcha versiyalarida kirish parolini bekor qilish

Agar kompyuteringizga boshqalar teginishidan cho‘chimasangiz, u holda sizga parolning keragi yo‘q. Har gal tizimni ochganda parolni kiritib o‘tirmaslik uchun parol himoyasini olib tashlasangiz ham bo‘ladi. Buni esa quyidagicha amalga oshirasiz:

  • Windows + R tugmachalarini birga bosib, buyruqlar satriga netplwiz (yoki u ishlamasa – control userpasswords2) so‘zini yozib, Enter tugmasini bosing.

  • Ochilgan oynada mazkur tizimdagi akkauntlar ro‘yxati ko‘rinadi; ulardan qay birining parolini olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, uni belgilang, «Trebovat vvod imeni polzovatelya i parolya» bandi yonidagi galochka belgisini olib tashlang va OK tugmachasini bosing.

  • Chiqqan oynada parolni tering, uni tasdiqlang va yana OK tugmachasini bosing.

Bu bilan Windows faqat kompyuterni yoqish paytidagina parolni so‘rashni bas qiladi. Ammo bu holda keyinchalik siz ekranni bloklasangiz (Windows + L tugmachalari bilan), tizimdan chiqsangiz yoki kompyuter uyqu rejimiga o‘tib qolsa, baribir yana displeyda parol so‘rovi chiqaveradi.
Agarda bu sozlamalarni ham o‘zgartiruvchi «Trebovat vvod imeni polzovatelya i parolya» opsiyasiga kira olmasangiz yoki Windows parolini uzib qo‘yish emas, balki umuman o‘chirib tashlashni istasangiz, u holda tajribaliroq foydalanuvchilarga mo‘ljallangan boshqa usulni qo‘llab ko‘rishingiz kerak.
Buning uchun esa, maqolamizning boshidagi yo‘riqnomalardan biri yordamida akkauntlarni boshqarish bo‘limini oching. Agarda ochilgan bo‘limda, siz Microsoft onlayn-profilidan foydalanayotganingiz (email va parol orqali kiriladigan) haqidagi yozuv chiqsa, bu akkauntni uzib qo‘ying. Keyin esa tizim ko‘rsatmalariga amal qilgan holda lokal profil oching, ammo bu jarayonda parol maydonchasini to‘ldirmang.
E’tibor bering: Microsoft akkauntini uzib qo‘yganingizdan keyin tizim sizning turli kompyuterlaringizdagi sozlamalaringiz va fayllaringizni o‘zaro sinxronlashni to‘xtatadi. Shuningdek, ayrim dasturlar ishlamay qolishi ham mumkin.
Agarda akkauntlarni boshqarish menyusida boshidanoq lokal profil faol bo‘lsa, u holda joriy parolni o‘zgartiring, ammo bu jarayonda yangi parol kiritish maydonchasini bo‘sh qoldiring. Agarda yangi parol o‘rnatmasangiz, eskisini o‘chirish jarayonida tizim uni qayta so‘ramaydi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling