Klassik sinflash algoritmlarni ishlash tartibini organish: Sezor va visinon algoritimi misolida


Uyqu rejimidan chiqishdagi parolni olib tashlash


Download 0.81 Mb.
bet9/13
Sana18.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1027532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiber

Uyqu rejimidan chiqishdagi parolni olib tashlash
Agarda Windows’ga kirish paytida parol so‘rashni olib tashlasangiz ham, baribir «uyg‘onish»da, ya’ni uyqu rejimidan chiqishda yana parol so‘rayveradi. Bu funksiyani endi quyidagi yo‘riqnomalar asosida alohida o‘chirishingiz lozim.
Windows 10, 8.1, 8, 7 va Vista’da «uyg‘onish» parolini olib tashlash


  • Windows qidiruv satriga «Elektropitaniye» deb yozing va topilgan shu nomdagi bo‘lim havolasi ustiga bosing. Yoki uni Boshqaruv paneli – «Panel upravleniya»dan o‘zingiz topsangiz ham bo‘ladi.

  • Bizga kerakli bo‘lim – «Zapros parolya pri probujdenii»ni, keyin esa «Izmeneniye parametrov, kotorie seychas nedostupni»ni bosing va «Ne zaprashivat parol» opsiyasini bayroqcha bilan belgilab qo‘ying.

  • O‘zgarishlarni saqlang.

Windows XP versiyasida «uyg‘onish» parolini olib tashlash

  • Boshqaruv panelidagi «Elektropitaniye» bo‘limini oching.

  • Chiqqan oynadagi «Dopolnitelno» varaqasini bosing va o‘zgartirishingiz kerak bo‘lgan «Zaprashivat parol pri vixode iz jduщyego rejima» bandi yonidagi galochkani olib tashlang.

  • O‘zgarishlarni saqlang.

Windows barcha versiyalarida parolni butkul yo‘qotish
Agarda parolingizni unutib qo‘yib, o‘zingizning Windows ma’muri sifatidagi lokal profilingizga kira olmayotgan bo‘lsangiz, operatsion tizimni qaytadan o‘rnatishingiz shart emas. Bundan osonroq yo‘li bor – parol himoyasini olib tashlash. Buning uchun sizga boshqa kompyuter, USB-fleshka hamda parolni olib tashlovchi bepul utilita kerak bo‘ladi.
Boshqa kompyuterda tizimni yuklovchi fleshka yarating


  • Istalgan boshqa kompyuterga Lazesoft Recover My Password dasturining o‘rnatiluvchi faylini ko‘chirib oling.

  • Olingan faylni shu kompyuterda ishga tushirib, o‘rnatishni amalga oshiring.

  • Kompyuterga bo‘sh fleshkani ulang. Agarda fleshkangizda boshqa fayllar bo‘lsa, ularni shu kompyuterga ko‘chirib vaqtincha saqlab tursangiz ham bo‘laveradi – ishlarni bitkazgach qaytarib olasiz.

  • Lazesoft Recover My Password dasturini ochib, Burn Bootable CD/USB Disk Now! degan joyini bosing va dastur ko‘rsatmalariga amal qilgan holda, o‘rnatuvchi fleshka yarating (bunda fleshka ichidagi fayllar o‘chib ketishini inobatga oling).


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling