Klassik sinflash algoritmlarni ishlash tartibini organish: Sezor va visinon algoritimi misolida


Kompyuteringizni fleshka yordamida yoqing


Download 0.81 Mb.
bet10/13
Sana18.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1027532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiber

Kompyuteringizni fleshka yordamida yoqing

  • Boshqa kompyuterda tayyorlangan o‘rnatuvchi fleshkani parolini unutib qo‘yganingiz – ochilmayotgan kompyuterga tiqing.

  • Kompyuteringizni yoqing (yoqiq bo‘lsa – o‘chirib-yoqing) va uning yuklanish jarayonida BIOS sozlamalariga o‘tish tugmachasini bosing. Odatda bu F2, F8, F9 yoki F12 tugmachalaridan biri bo‘ladi; bu esa qurilmaning ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq. Aksariyat hollarda kompyuter yonayotganida, BIOS yuklanishi jarayonida o‘sha tugmacha nomi ekranda boshqa matnlardan ko‘ra yorqinroq qilib ko‘rsatiladi.

  • BIOS menyusida turib, kompyuterning yonishini sozlovchi Boot bo‘limiga o‘ting (ko‘p hollarda tizimning o‘zi sizni birdaniga o‘sha bo‘limga o‘tkazadi).

  • Boot bo‘limida ekranda paydo bo‘lgan qurilmalar ro‘yxatidan fleshkani birinchi o‘ringa qo‘ying. Agar buning qanday bajarilishini bilmasangiz, yaxshilab qarang – yon tomonda boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak.

  • O‘zgarishlarni saqlang.

Agarda BIOS ham sizga noma’lum parol bilan himoyalangan bo‘lsa, u holda iloji yo‘q – Windows parolini Lazesoft Recover My Password orqali olib tashlay olmaysiz.
Unday bo‘lmasa, BIOS interfeysi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi taxminan bir xil bo‘ladi: Boot yuklanish menyusiga kirish, birinchi manba sifatida kerakli fleshkani belgilash va o‘zgarishlarni saqlash.
Shundan keyin kompyuter Lazesoft Recover My Password utilitasi yozilgan fleshkadan yuklanadi va keyingi bosqichga o‘tasiz:
Lazesoft Recover My Password yordamida parolni yo‘qotish

  • Lazesoft Live CD (EMS Enabled)’ni tanlab, Enter tugmachasini bosing.

  • Lazesoft Recover My Password ko‘rsatmalari yordamida o‘z akkauntingizning parolini olib tashlang.

  • Kompyuterni o‘chirib-yoqing.

Shularni amalga oshirganingizdan keyin Windows sizdan eski parolni so‘rashni bas qiladi, siz esa maqolamiz boshidagi yo‘riqnomalar asosida yangi parol o‘rnatishingiz mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling