Klinik farmatsiya


Download 316.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.07.2023
Hajmi316.86 Kb.
#1659554
1   2   3   4
Bog'liq
grippni da\'volash

Virus yuqtirish yo‘llari 
Virus havo tomchilari orqali qiyinchiliksiz yuqadi va aynan shu sababli 
maktab, bolalar bog‘chasi, ofis va boshqa odam gavjum joylarga tez 
fursatlarda tarqaladi. Ko‘pincha bu kasallik bemor yo‘talishi yoki aksirishi 


orqali yuqadi, ammo qo‘l bilan salomlashishda ham virus o‘tishi mumkin 
(masalan, agar bemor yo‘talayotganda og‘zini qo‘li bilan yopsa, so‘ng aynan 
shu qo‘lida sog‘lom kishi bilan salomlashsa va u bu qo‘l bilan burnini 
ushlasa). Shuning uchun virus tarqalishi oldini olishning asosiy choralari — 
niqob kiyish (sog‘lom odam emas, betoblar) va qo‘lni sovun bilan muntazam 
yuvib turish.
Yuqumli kasallikning yashirin davri (betob bilan aloqa qilishdan kasallik 
belgilari paydo bo‘lishigacha bo‘lgan vaqt) — 2 kun.
Mavsumiy gripp epidemiyalari 
Mavsumiy gripp epidemiyalari ko‘pincha dekabrdan martgacha kuzatiladi 
(bir yil ko‘tarilish dekabrda kuzatilsa, boshqasida — fevralda). Har yili 
kattalarning 5-10 foizi va bolalarning 20-30 foizi grippga chalinadi. 
Aksariyat insonlar kasallikka dosh berishga qodir, ammo yiliga 3-5 million 
odam grippning og‘ir turini boshdan kechiradi, bu esa 250-500 ming, ba'zida 
esa 1 milliongacha kishining o‘limiga olib keladi.
Profilaktika 
Grippning oldini olishning bir necha yo‘li mavjud:
• 
Kasal odamlar bilan aloqa qilishdan saqlaning.
• 
Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, ishga bormang.
• 
Betoblik tugab, kasallikning har qanday alomati yo‘qolgandan keyin kamida 
bir kun uyda qoling. 
• 
Agar kasal bo‘lsangiz, iloji boricha boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan 
saqlaning. 


• 
Aksirish va yo‘talayotganda og‘zingiz va burningizni albatta ro‘molcha (bir 
marta ishlatiladigan qog‘oz) bilan yoping.
• 
Qo‘llaringizni iloji boricha tez-tez sovun bilan yuving. Agar buning imkoni 
bo‘lmasa, antiseptik gellardan (sanitariya vositalaridan) foydalaning.
• 
Ko‘z, burun va og‘zingizga tegmang, ayniqsa jamoat joylariga borganda. 
Ammo profilaktikaning eng samarali usuli vaksinatsiyadir. Grippga qarshi 
emlash samarali va xavfsizdir; 60 yildan ortiq vaqt davomida ko‘plab 
mamlakatlarda qo‘llanishda. Katta yoshdagi aholini emlash kasallik, ishdan 
mahrum bo‘lish va yaqinlarga yuqtirishdan saqlanish uchun tavsiya etilishi 
mumkin. Ammo emlanishi juda zarur bo‘lgan aholi guruhlari mavjudki
ularda asoratlar rivojlanishi tahlikasi yoki yuqtirish xavfi juda yuqori.

Download 316.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling