Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trombotsitlarni xisoblash usullari
Trombotsitlar vazifalari
• trombotsitlaradgeziya va agregatsiyasi xisobiga, tezlik bilan gemostazni ishga tushirish, bu trombotsitar tiqinlar xosil bo‘lishiga olib keladi; • zararlangan soxaga qon kelishini kamaytiradigan, maxalliy vazokonstriktorlarni ajratadi; • ivishning gumoral sistema kataliz reaksiyalari, oxirgi bosqichlarda fibrin laxtalari xosil bo‘lishi bilan; • maxalliy yallig'lanish reaksiyalari va immunitetni boshqarish. Stimullanmagan trombotsitlar silliq diskoid xujayralar ko‘rinishida( ozgina metabolik faollikka ega) sirkulyasiya qiladi. Bunday trombotsitlar qonning boshqa shaklli elementlari yoki endoteliy xujayralari monoqavati bilan o‘zaro axamiyatli ta'sirlashmaydi. Trombctsitlaming fizioiogik faolligi, qachon tomir endoteliysi shikastlansa va subendotelial xujayra ichi matriksi yo‘qolganda boshlanadi. Trombotsitar membranada qo‘zg‘alish to‘lqinlari yuzaga keladi va katta miqdorda,kalta, ipsimon psevdopodiy yoki filopodiylar shakllanadi. Ushbu jarayon natijasida membrana yuzasi satxi kattalashadi, bu esa gumoral sistema kataliz reaksiyalari uchun muxim. Megakariotsitlar a-granulalarda ivish omillari V, VIII, XIII va fibrinogenni sintezlaydi va depolaydi, ular trombotsitlar follashganda mikromuxitga ajralib chiqadi. Trombotsitar membranalar qon ivishining spetsifik reaksiyalarida xam ma'lum darajada ishtirok etadi. Trombotsitlarni xisoblash usullari Trombotsitlami xisoblashni eng ko‘p tarqalgan usuli - Fonio usuli (surtma tayyorlanib, Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yaladi; 1000 eritrotsit sanalganda uchragan, trombotsitlar miqdori xisoblanadi). 36 Trombotsitlarni Goryaev kamerasida xisoblash usuli xam mavjud: qon 1% li ammoniy oksalat, yoki 5-7% li trilona В (qon ivishini va qon plastinkalari agglyutinatsiyasini oldini olish maqsadida) eritmasi bilan aralashtiriladi, kamera to‘ldiriladi va trombotsitlar odatdagidek xisoblanadi. Trombotsitlarni lyuminessent mikroskop yordamida xisoblash kam qo‘llaniladi. Xozirgi kunda trombotsitlarni elektron-avtomatik xisoblagichlarda sanash ishochli usul xisoblanadi (laborator taxlillarni tasdiqlash uchun, periferik qon taxlilini tekshirish zarur). Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling