Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Trombotsitov Fonio usuli yordamida miqdoriy aniqlash


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Trombotsitov Fonio usuli yordamida miqdoriy aniqlash
Panchenkov kapillyari bilan 14% li magniy sernokislbiy yoki 
6% li etilendiamintetraatsetat (EDTA) eritmasidan 25 mkl olinadi («75» 
belgisigacha) va probirkaga quyiladi;
• barmoqdan kapillyami to‘la qilib qon olinadi ( «0» belgisigacha, 
100 mkl ga teng) va qon probirkaga quyiladi;
• probirkani 
yaxshilab 
chayqatib, 
aralashmadan 
surtma 
tayyorlanadi, fiksatsiyalanadi va Romanovskiy - Gimza usuli bilan 
bo‘yaladi. Agar stabilizator sifatida magniy sernokislbiy eritmasi olingan 
bo‘lsa, bo‘yash davomiyligi 2-3 soatni, EDTA eritmasi ishlatilgan 
b o 'lsa- 30-45 minutni tashkil etadi;
• surtma chetiga - ingichka qismiga - immersion yog‘ suriladi;
• 1000 eritrotsit sanalganda uchragan, trombotsitlar miqdori 
xisoblanadi

mkl qondagi eritrotsitlarni va 1000 eritrotsitga to‘g‘ri keladigan 
trombotsitlar sonini bilib, 1 mkl qondagi trombotsitlarni sanash mumkin.
Trombotsitlarning miqdoriy tarkibi
norma: 180-320 x 109/1 (200-400 x 109/1)
Trombotsitlar soni ortadi:
• mieloproliferativ jarayonlarda (eritremiya, mielofibroz);
• surunkali yalllig‘lanish kasalliklari ( bo‘g‘imlarning revmatoid 
shikastlanishi, yarali kolit,tuberkulez, osteomielit, jigar sirrozi);
• yomon sifatli xosilalar (rak, limfoma, limfogranulematoz);
• qon ketish, gemolitik anemiya;
• megaloblastik anemiyalardan tuzalish davri;
• operatsiyalardan keyin;
37


splenektomiyadan keyingi xolat;
• kortikosteroidlar bilan davolanganda.
Trombotsitlar sonining kamayishi (trombotsitopeniya):
• trombotsitlar xosil bo'lishining kamayishi bilan bog‘liq, nasliy 
trombotsitopeniyalar (tug‘ma trombotsitopeniya, Uiskott - Oldrich 
sindromi, Bemar - Sule sindromi, Chediak - Xigasi anomaliyasi
Fankoni sindromi, YaTCh lar qizilchasi, gistiotsitoz);
• qon kasalliklari (aplastik anemiya, megaloblast anemiyalar, 
leykozlar);
• suyak ko‘migi zararlanishi (saraton metastazlari, sil bilan 
zararlanishi, ionizirlovchi nurlanish);
• boshqa kasalliklar (siklik trombotsitopeniya, paroksizmal kechki 
gemoglobinuriya, gemolitiko-uremik sindrom, buyrak yetishmovchiligi, 
jigar kasalliklari, tomirlar, taloq o'smalari, eklampsiya, gipertireoz
gipotireoz);
• infeksiyalar (virusli, bakterial, rikketsiozlarda, malyariya, 
toksoplazmoz, OIT-infeksiya);
• xomiladorlik, menstruatsiya;
• dori preparatlari ta'sirida (sitostatiklar, analgetik, antigistamin 
vositalar, antibiotiklar, psixotrop dorilar, diuretiklar, talvasaga qarshi 
preparatlar, vitamin K, rezerpin, digoksin, geparin, nitroglitserin, 
prednizolon, estrogen va x.k.);
• alkogol, og‘ir tuzlar ta'siri;
trombotsitlar 
yo‘qotilishi 
kuchayishi 
natijasida 
yuzaga 
keladigan, 
trombotsitopeniyalar 
(trombotsitopenik 
purpura, 
gipersplenizm, TQTI-sindrom, qon ketishlar,gemodializ).
Qon plastinkalari eritrotsitlar guruxli spetsifikligiga mo keladigan, 
guruxli spetsifiklikka ega. Buni trombotsitar massa kuyishda e'tiborga 
olish zarur.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling