Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eozinopenivanm s leykopeniya
27
Eozinoneniva -eozinofillar miqdorining kamayishi Quyidagi xolatdarda kuzatiladi: o ‘tkir infeksion kasalliklaming avj olish davrida; • sepsis; • tuberkulezning og‘ir shakllari; • tif; • intoksikatsiyalarda; • pemitsioz anemiyada. Eozinopenivanm s leykopeniya bilan birga uchrashi yomon belgi xisoblanib, qator kasalliklarda organizm umumiy qarshiligi pasayganidan dalolat beradi. Bazofillar (basophilus) Norma: 0-1 % (0-0,065 x 109/1) Bazofillar - diametri 9-14 mkm, boiaklangan yadroli, noto‘g ‘ri parrak shakldagi, to ‘q-siyoxrang xujayralar. Bazofillar sitoplazmasi yirik dumaloq yoki poligonal, Romanovskiy bilan ko‘k rangga bo‘yaluvchi granulalar bilan to ‘lgan. Granulalar geparin, gistamin, serotonin, peroksidaza, nordon fosfataza, gistidin dekarboksilaza (gistamin fermenti sintezi) tutadi. Azurofil granulalari - lizosomalari xam mavjud. Bazofillar, eozinofil bilan bir qatorda organizmning allergik reaksiyalarida, xamda gistamin va geparin almashinuvida ishtirok etadi. Bazofillar va semiz xujayralaming vazoaktiv aminlari, qon tomirlar devorida immun komplekslar to ‘planishiga va immun komplekslar patologisi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bazofillaming asosiy vazifasi - sekin kechar va tez kechar tipli immunologik reaksiyalarda qatnashish. Bazofillaming fagotsitar aktivligi sust. Bazofillar to ‘qima almashinuvida kerakli mediatorlaming tashuvchisi xisoblanadi. Bazofiliya kuzatiladi: • yuqori sezgirlik bilan kechuvchi o ‘tkir reaksiyalarda (masalan, eshakemi tipidagi allergik reaksiyalar); • begona zardoblar bilan vaksinatsiyada; • gemofiliya; • virusli kasalliklarda (suvchchechak, gripp); • surunkali infeksiyalarda (tuberkulez); • yallig‘lanish jarayonlarida (revmatoid artrit, yarali kolit); 28 • surunkali mieloleykoz(eozinofiliya bilan birga), limfogranulematozda; • estrogenlar, antitireoid preparatlar ta'sirida. Bazofillar sonining kamayishi (bazopeniyaj kuzatiladi: • o ‘tkir infeksiyalarda; • gipertireozda; • ovulyasiya, xomidladorlikda; • streslarda; • Kushing sindromida va kortikosteroidlar ta'siri natijasida. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling