Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Limfotsitlar (lymphocytus)


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Limfotsitlar (lymphocytus)
Norma: 19-37 % (1,200-3,000 x l0 9/l)
Limfotsitlar - diametromi 7-12 mkm li, xujayraning katta qismini 
egallaydigan dumaloq yoki loviyasimon shaklli yadroga ega xujayralar. 
Sitoplazmasi, 
och-xavorangga 
bo‘yaladi, 
donalarga 
ega 
emas. 
Yadrosining atrofida yorug1 doirasi bor. Ba'zi limfotsitlar sitoplazmasida 
bir necha gurux, yirik olcha-qizil (azurofil) rangli donalari (lizosomalari) 
bor.
Sog‘lom odamlarda limfotsitlarni to ‘rt guruxga bo‘lish mumkin:
• yirik limfotsitlar (10-12 % ga yaqin);
• kichik yorug1 limfotsitlar (73-77 %);
• kichik to‘q rangli limfotsitlar ( 12-13 % ga yaqin);
• limfoplazmotsitlar (1-2 %).
Qonda aylanuvchi limfotsitlar.turli vazifalami bajaradi. Ulaming 
asosiy qismi T-limfotsitlarga mansub - 50-70 %, kichikroq qismini V- 
limfotsitlar - 15-25 % tashkil etadi. Morfologik jixatdan odamda T- va 
V-limfotsitlami ajratib bo‘lmaydi.
Timusga qaram 
limfotsitlar (T-limfotsitbi), timusda suyak 
ko‘migining o ‘zak xujayralaridan xosil bo‘ladi, xujayra immuniteti 
reaksiyalari 
va 
gumoral 
immunitetni 
boshqaradi. 
Immunologik 
reaksiyalardagi ishtirokiga qarab, T-limfotsitlar ikki asosiy guruxga 
bo‘linadi.
Birinchi guruxni tashkil etadi: immunologik xotira xujayralari, 
ya'ni yot antigenni tanib olib, immunologik reaksiyani boshlanishiga 
signal beradi (antigen reaktiv xujayralar);
29


• T-killerlar (organizmning transplantat va mutant xujayralarini 
(masalan o ‘sma) yo ‘qotuvchi sitotoksik xujayralar.
Ikkinchi guruxga V-limfotsitlami boshqarib turuvchi T-limfotsitlar 
kiradi. Ulardan T-xelperlar va T-supressorlar:
• T-xelperlar (yordamchi) antigenni spetsifik tanib olish va 
antitelalami xosil bo‘lishini kuchaytirish xususiyatiga ega;
• T-supressorlar (siquvchi) V-limfotsitlaming antitelalar xosil 
bo‘lishida qatnashish xususiyatini pasaytiradi.
T-limfotsitlaming 
V-xujayralarga ta'siri, 
ulaming antigenga 
ta'siridan xosil bo‘ladigan eruvchan moddalar - limfokinlarga bog‘liq.
V-limfotsitlar suyak ko‘migining o ‘zak xujayralaridan, embrional 
jigarda xosil bo‘ladi, kattalarda esa - suyak ko‘migida. Ulaming asosiy 
vazifasi - gumoral immunitetni ta'minlash. V-limfotsitlardan xosil 
bo‘ladigan effektor xujayralar - plazmotsitlar - ximoya oqsillari -
immunoglobulinlar (antitela) ishlab chiqaradi.
Limfotsitlar tez xarakatlanadi va boshqa to‘qimalarga xam o ‘tish 
xususiyatiga ega, u yerda ular uzoq vaqt saqlanishi mumkin. V 
limfotsitlarda DNK tarkibi RNK dan ko‘proq, bu xujayraning spetsifik 
xususiyatlariga, hamda antigen xaqida ma'lumot saqlashiga bog‘liq. Bu 
ma'lumotning namoyon 
bo‘lishi 
limfotsitlaming morfologik 
va 
submikroskopik organizatsiyasini o ‘zgartiradi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling