Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Nisbiy zichligi. Normada peshob nisbiy zichligi 1008 - 1025. Peshob nisbiy 
zichligi (solishtirma og‘irligi) buyraklar konsentratsion funksiyasiga baxo berish uchun 
ishlatiladi.
Peshob rangi. Normal peshob somon-sariq rangda bo‘ladi. Peshobga urobilin, 
uroxromlar, gematoporfirin va b. rang beradi.
Xidi. YAngi peshobning xidi o‘ziga xos. Qandli diabetning og‘ir kechishida 
peshobdan atseton xidi keladi. 
Peshob reaksiyasi. Normada sog‘lom odamda peshob reaksiyasi neytral yoki 
kuchsiz kislotali bo‘ladi - rN 5,0-7,0.
Peshobda oqsil . Normada peshobda oqsil bo‘lmaydi.
Peshobda glyukoza. Normal peshobda glyukoza bo‘lmaydi. 
Peshobda keton. Ketonuriya peshobda keton tanachalarini (atseton, atsetosirka 
va β-oksimoy kislot) bo‘lmaydi. 
Peshobda bilirubin normada aniqlanmaydi.
Peshobda urobilinogen. Normal peshobda urobilinogen kam miqdorda bo‘ladi 
va u oddiy usullarda aniqlanmaydi. 
O‘t kislotalari. O‘t kislotalari peshobda aniqlanmaydi.
Peshob cho‘kmasi elementlari 


12 
CHo‘kma elementi 
Normasi
YAssi epiteliy
Kam miqdorda 
O‘tuvchi epiteliy 
Kam miqdorda 
Buyrak epiteliysi
Aniqlanmaydi
Leykotsit 
5-6/1 
Eritrotsit 
0-2/1 
Silindr 
Aniqlanmaydi 
SHilliq
Kam miqdorda 
Bakteriya 
Aniqlanmaydi 
Neorganik qoldiq 
Siydik kislota tuzlari, oksalatlar, 
amorf fosfatlar, tripelfosfatlar
1.3. Peshobni fizik tekshirish. 
Peshob sutkalik miqdori. 
Sog‘lom odam bir sutkada o‘rtacha 1200-1800 ml peshob ajratadi. Lekin bu 
miqdor sutkada ichilayotgan suyuqlik miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. Peshobning
ertalabki porsiyasi 150-200 ml ni tashkil qiladi. Sutkalik peshobning kamayishi yoki 
ko‘payishi muxum klinik ko‘rsatkich. Peshob miqdori Zimnitskiy sinamasida 
aniqlanadi. Turli xil yoshda peshob miqdori normasi turlicha buladi. 
Poliuriya – sutkalik peshob miqdorining 2000ml dan oshishi. Fiziologik 
poliuriya: 
- xomiladorlikning uchinchi trimestri 
- ko‘p suv iste’mol qilish. 
Patologik poliuriya: 
- buyrak kasalliklari 
- epilepsiya, isteriyada 


13 
- diuretiklar qabul qilganda 
- qandli va qandsiz diabetda (sutkada 4-6 l gacha). 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling