Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytral yog‘ va yog‘ kislotalari
Biriktiruvchi to‘qima
46 Normada najasda biriktiruvchi to‘qimabo‘lmaydi. Biriktiruvchito‘qimapaydo bo‘lishi ovqatni vaqtidan ilgari evakuatsiyasi, me’da shirasi yoki me’da osti bezi funksiyasi etishmovchiligida,ovqat yaxshi chaynalmagandakuzatiladi. Najasda tog‘ay yoki suyak qoldiqlarining topilishi patologiya emas. Neytral yog‘ va yog‘ kislotalari Neytral yog‘ tomchilari va yog kislotalarinajasda normada bo‘lmaydi. YOgkislotalariko‘krak yoshidagi bolalarda normada bo‘ladi. Neytral yog‘ tomchilari va yog kislotalarini differensirovka qilish uchun metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Metilen ko‘kida fakat yog kislotalarining tomchilari bo‘yaladi. Najasda neytral yog‘tomchilarianiqlanishi quyidagi xolatlarda kuzatiladi: − etarli darajada o‘t ajralmasligi (mexanik va parenximatoz sariqlik); − me’da osti bezi shirasi etishmovchiligida (yallig‘lanish, o‘sma, sirroz); − chirish va bijg‘ish dispepsiyasi; − ichak peristaltikasi kuchayishi. Kraxmal Normada najasda kraxmal bo‘lmaydi. Najasda kraxmal aniqlanishi ingichka ichak kasalliklarida (enterit) va ichak evakuatsiyasi tez bo‘lganda kuzatiladi. Lyugol eritmasi tomizilganda kletchatka ko‘k yoki to‘q binafsha rangga bo‘yaladi. Najasda kletchatka ajralishi amiloreya deyiladi. Kletchatka Normada xazm bo‘lgan kletchatka kam miqdorda, xazm bo‘lmagan kletchatka esa xar xil miqdordauchraydi. Xazm bo‘lmagan kletchatka xar xil shaklda, rangda, xazm bo‘lgan kletchatka dumalok, nozik xujayralar kurinishida bo‘ladi. Xazm bo‘lgan kletchatkaning ko‘payishi oshqozonda anatsid xolat bo‘lganda, ichak orqali ovqat tez evakuatsiya bo‘lganda,ichak florasi buzilganda kuzatiladi. SHilliq Normada najasda shilliqbo‘lmaydi. Najasda shilliqning paydo bo‘lishi quyidagi xolatlarga xos: 47 − chirish va bijg‘ish dispepsiyasi; − surunkali kolit qabziyat bilan kechishi; − yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida shilliqda ko‘p miqdorda ichak epiteliysi aniqlanadi; − ichakda kataral yallig‘lanish yoki yaraya bo‘lsa shilliqda leykotsitlar aniqlanadi; − bakteriyal dizenteriyaning o‘tkir davrida shilliqda ko‘p miqdorda leykotsitlar, asosan neytrofillar aniqlanadi; − amyobali dizenteriyada eozinofillar aniqlanadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling