Klinik laboratoriya tashxisi


OIV-2. OIV-2 G‘arbiy Afrikada uchraydi. OIV-2 kam patogen va yuqish  extimolligi OIV-1 danancha past.  OIV-3


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

OIV-2. OIV-2 G‘arbiy Afrikada uchraydi. OIV-2 kam patogen va yuqish 
extimolligi OIV-1 danancha past. 
OIV-3. OIV-31988 yilda aniqlangan,kam uchraydi va xozirda OIV-1 ning O turi 
sifatida tanilgan.
OIV-4. OIV-4 1986 yilda aniqlangan, kam uchraydi.
OIV-3 va OIV-4 epidemiya tarqalishida ahamiyati yo‘q. 
OIV rezistentligi 
OIV tashqi muxitda chidamsiz. 56°S qizdirilganda 10 minutda inaktivatsiya 
bo‘ladi, 30 minutda o‘ladi. Qaynatilganda darhol o‘ladi. Quritilgan holatda 22°S da 7 
kungacha, 
predmet 
yuzalarida 
qon 
ko‘rinishida 
14 
kungacha 
saqlanadi.Dezinfeksiyalovchi eritmalar (3% vodorod peroksidi,70% etanol, 5% lizol, 
efir, atseton) virusni o‘ldiradi.Biroq OIV ultrabinafsha nurlanish va ionlanuvchi 
radiatsiyaga chidamli. 
 
 
Patogenezi 
OIV organizmga tushgach, OIV yuza retseptorlari (gp-120 va gp-41) nishon 
xujayralar bo‘lgan T-limfotsitlar, monotsitlar, makrofaglar, Langergans xujayralari, 
markaziy nerv tizimi neyroglial xujayralari, ichak limfoepitelial xujayralari, 
endoteliotsitlar CD4 retseptorlarigabog‘lanadi. Keyingi bosqichda virus o‘z qobigidan 


84 
ajraladi va xo‘jayin xujayrasiga kiradi. Teskari transkriptaza ta’sirida OIV RNK sidan 
DNK sintezlanadi va sintezlangan DNK xujayin xujayrasi genomiga joylashadi. 
Natijada xo‘jayin xujayrasida virus RNK si sintezlanadi va yangi viruslar hosil bo‘ladi. 
Ko‘p miqdorda viruslar xujayradan qonga ajralishi natijasida nishon xujayralar 
parchalanadi, ajralgan viruslar esa yangi xujayralarni zararlaydi. Buning natijasida 
immun xujayralar kamayadihamda o‘lim sababchisi bo‘lgan ikkilamchi kasalliklar 
rivojlanadi. 
Klinikasi 
Klinik kechishi quyidagi davrlardan iborat: 
1. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling