Klinik laboratoriya tashxisi
Polimeraz zanjirli reaksiya
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
Polimeraz zanjirli reaksiya yordamida HDV-RNA – gepatit Dvirusi RNK sini
aniqlaydi. Virusli gepatit Dsurunkali kechish ga o‘tsa qisqa vaqt ichida jigar sirroziga olib keladi. 7.5. Virusli gepatit S laborator diagnostikasi Virusli gepatit S – parenteral yuquvchi antroponoz virusli kasallik bo‘lib, odatda gepatitning engil, sariqliksiz va subklinik shakllari rivojlanishiga olib keladi. VGS 80-90% da surunkali gepatit va 20-30% da jigar sirroziga olib keladi, 10- 20% xolatda 1 yil ichida mustaqil sog‘ayish kuzatiladi. YUqish yo‘llari parenteral usulda bo‘lib, gepatit V bilan bir xil. Virusli gepatit S ga qarshi emlash yo‘q. Gepatit S virusi xona xaroratida 16 soatdan 4 kungacha saqlanadi.Virus 50 0 S ga chidamli, biroq xloroform va ultrabinafsha nurlari ta’sirida inaktivatsiyalanadi. Gepatit Sinfeksiya qo‘zg‘atuvchisi – Flaviviridae oilasidagi RNK-tutuvchi virusdir. Virusning 6 asosiy genotipi (1-6) va 50 ga yaqin turlari bor. Dunyoda 170 mln. dan ortiq HCV bilan kasallanganlar bor (JSST). Virusli gepatit S manbasi – bemorlar va 150 mln.dan ortiq tashuvchilardir. GepatitS virusiorganizmga kirgach, gepatotsitlarda replikatsiya bo‘ladi. Gepatit S virusi bevosita jigarga sitopatik ta’siri bilan birga u gepatotsitlarning autoimmun jaroxatlanishiga xam olib keladi. Bunga sabab, virus antigen tarkibi gepatotsitlar antigen 80 tarkibi bilan bir xil, shu bilan birga gepatotsitlar yuzasida virus RNK yordamida sintezlangan virus fragmentlarini ajratadi. Virusli gepatit S inkubatsion davri - 20-90 kun. Gepatit S gepatit A va V ga nisbatan engil va simptomsiz kechadi, biroq juda jiddiy asoratlarga olib keladi. SHuning uchun gepatit S «yumshoq qotil» deb ham ataladi. Kam xollarda xarorat oshishi, xolsizlik, ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, sariqlik va peshob rangi to‘qlashishi xos. Virusli gepatit S laborator diagnostikasi. Virusli gepatit S da umumiy qon, peshob, najas taxlili va qon bioximik taxlilida odatda o‘zgarishlar bo‘lmaydi.Kam xolatlarda virusli gepatit V kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling