6
KIRISH
Klinik laboratoriya tashxisi klinik laborator diagnostikaning uzviy ajralmas qismi
bo’lib, klinik laboratoriyalarda eng ko‘p bajariladigan tahlillar turiga kiradi. “Klinik
laboratoriya tashxisi” darsligining asosiy qismida peshob hosil bo‘lishi, umumiy peshob
tahlili,
peshobni fizik tekshirish, peshobning kimyoviy tekshiruvi,
mikroskopiyasi,
peshob sinamalari, najasni laborator
tekshirish, transudatlar va ekssudat tahlili, likvorni
tekshirish, balg‘am tahlili, jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar laborator
diagnostikasi,
virusli gepatitlar, odam immun tanqislik infeksiyasi laborator diagnostikasi, gemostaz
tizimini tekshirish, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari laborator diagnostikasi,
gematologik tekshirish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Darslikning ikkinchi
bobi taxliliy qism bo’lib,
unda nazorat savollari, vaziyatli masalalar va testlar
keltirilgan.
“Klinik laboratoriya tashxisi” darsligi
klinik laboratoriya xodimlari, tibbiyot oliy
o’quv yurtlari tibbiy biologiya ishi yo‘nalishi talabalari, “Klinik laborator diagnostika”
yo’nalishi magistratura va klinik ordinatura talabalari uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: