Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

ikkilamchi peshob deyiladi. 150—180 l birlamchi peshob reabsorbsiya natijasida 1,2 - 
1,8 l ikkilamchi peshobga aylanadi.
3. Sekretsiya. 
Buyrak kanalchalarining epiteliysi ba’zi moddalarni ishlab chikarish va peshob 
orqali ajratish xususiyati sekretsiya deyiladi. Sekretsiya faol, ATF sarfi bilan boradigan 
jarayondir. Kanalchalar sekretsiyasi natijasida ammiak, ayrim dori dori vositalari, N
+
ionlari, NSO
3-
ionlari va b. ajralishi mumkin. 
1.2. Umumiy peshob tahlili. 
Umumiy peshob analizi bugungi kunda barcha kasalliklar tashxisiga kiritilgan 
standart laboratoriya tekshiruvidir. Peshob analizi faqatgina buyrak faoliyati xaqida 
ma’lumot beribgina qolmay, balki boshqa a’zolar, jumladan jigar, yurak, me’da ichak 
tizimi haqida ham ma’lumot beradi. 
Peshob analizining natijasi ko‘pincha uning to‘g‘ri yig‘ilishiga bog‘liq. Analiz 
uchun ertalabgi peshob o‘rta porsiyasi olinadi va 1 soat ichida laboratoriyaga olib 
boriladi. Peshob gigienik qoidalarga rioya qilgan xolda, toza idishga olinadi.
Ko‘rsatkichlar 
Norma 
Miqdori
Sutkalik peshob 1200-1800 ml 
Bir martalik peshob 50-250 ml 
Nisbiy zichligi 
1008-1025 
Rangi
Somon - sariq 
Tiniqligi
Tiniq
Reaksiyasi 
Neytral, yoki kuchsiz kislotali 
Oqsil
Aniqlanmaydi yoki 0,033 g/l 
Qand
Aniqlanmaydi
Keten tanachalari 
Aniqlanmaydi


11 
Urobilin tanachalari 
Aniqlanmaydi
Bilirubin 
Aniqlanmaydi
Gemoglobin 
Aniqlanmaydi
Peshob analizi faqatgina buyrak funksiyasi xaqida ma’lumot beribgina qolmay
balki boshqa a’zolar, jumladan jigar, yurak, me’da ichak tizimi haqida ham ma’lumot 
beradi. 
Peshob sutkalik miqdori. Sog‘lom odam bir sutkada o‘rtacha 1200-1800 ml 
peshob ajratadi. Lekin bu miqdor sutkada ichilayotgan suyuqlik miqdoriga qarab 
o‘zgarib turadi. Peshobning ertalabki porsiyasi 150-200 ml ni tashkil qiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling