Книга узб испр! gjck!indd


Mumkin bo’lgan javob variantlari


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

Mumkin bo’lgan javob variantlari:
- axborot muhim bo’ladi;
- murakkab axborot;
- to’liq bo’lmagan axborot;
- qiziqarli axborot;
- ilmiy, iqtisodiy, falsafiy axborot;


28
- rost, yolg’on, aniq bo’lmagan axborot;
- tekshirilmagan va tekshirilgan;
- shaxsiy, umumiy, foydalanish mumkin bo’lgan axborot.
Axborotning alomatlari haqiqat ham ko’p. AMMO! Biz aytib o’tgan 
alomatlardan aksariyati biz tomondan axborotning tanlanishiga, unga 
bo’lgan munosabatimizga, qo’llash sohasiga ta’sir qiladigan asosiy va muhim 
alomatlarni detallashtiradi. Buni alohida ko’rib chiqish zarur bo’ladi.
ММ 3 
Guruhda ishlash. Trener ekranda ikkita xabarning misollarini namoyish 
etadi:
1. Shahar botanika bog’ida magnoliyalar gulladi.
2. Keyingi oydan boshlab sizning shahringizdagi barcha jamoat 
transportlarida yo’l haqi oshiriladi va aholining barcha toifalari, shu 
jumladan maktab o’quvchilari uchun arzonlashtirilgan tariflar bekor 
qilinadi.
Savol: ushbu ikkita xabarning qaysi biri siz uchun ko’proq foydali va 
muhim hisoblanadi? Shubhasiz, auditoriya ikkinchisi, deb javob beradi. 
Trener quyidagiga e’tiborni qaratadi: nima uchun ikkinchi xabar siz 
uchun muhimroq va foydaliroq?
Mumkin bo’lgan javob variantlari:
- birinchisi shunchaki qiziqish uyg’otadi;
- ikkinchi xabar bevosita hayotga tegishli;
- ikkinchi xabar ogohlantiradi;
- ikkinchisi foydali ma’lumot beradi;
- birinchisi faqat ba’zilarni qiziqtirishi mumkin, ikkinchisi esa- ko’plarni.
Izohlar to’g’ri, chunki naxrning oshirilishi va imtiyozlarning bekor 
qilinishi haqida oldindan bilgan holda, siz bu o’zgarishlarga oldindan 
tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.
Ushbu vazifa axborotning asosiy alomatlaridan birini qayd qilishga yordam 
berdi, aynan esa MUHIMLIGINI/FOYDALIGINI.


29
ММ 4 
Trener huddi shunday formatda axborotning boshqa alomatlarini/
xususiyatlarini o’rganib chiqishni taklif qiladi.
1. Shahar botanika bog’ida magnoliyalar gulladi. Shu munosabat bilan, 
bog’ning rahbariyati o’quvchilar va talabalar uchun o’quv ekskursiyalarini 
tashkillashtirdi. O’rtacha guruhlarga yo’lboshchi hamrohlik qilib, u 20-30 
daqiqa ichida bog’ning eng betakror burchaklarini ko’rsatib, os’imliklar 
haqida g’aroyib ma’lumotlarni gapirib beradi.
2. AQSh prezidenti Donald Tramp dala hovlidagi uyda o’zining yubileyini 
nisshonladi. U muhim sana munosabati bilan siyosatchilar uchun rasmiy 
banket uyushtirdi. Oddiy fuqarolar uchun Tramp bir haftalik bepul 
bayram tashkil etdi. Har kim kelib, shvedcha stol shaklidagi dasturxondan 
amerikalik taomlardan tatib ko’rishi mumkin. Taomlar har bir soatda 
yangilanadi. Portsiyalar soni cheklangan. Bayramga, shuningdek, chet 
el turistlari tashrif buyurishi mumkin bo’lib, ular uchun qimmatbaho 
yutuqlar bilan lotereya ham o’ynaladi.
Savollar: sizni xabarlardan qaysi biri ko’proq qiziqtirdi? Ushbu 
tadbirlarning qaysi biriga borishni istardingiz? Qaysi biriga bora 
olardingiz?

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling