Книга узб испр! gjck!indd
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
- Bu sahifa navigatsiya:
- №2 variantning
№1 variantning hamda Timur gapirib bergan haqiqiy hikoyaning
farqi va o’xshashligi nimada: - asosiy g’oya o’xhash: Timur skeytbordingga qiziqib, skeyt sotib olishga qaror qildi; 58 - u ota-onasi bilan vaziyatda ayyorlik qildi: ko’proq pul so’rashni boshladi; - u qos’shimcha pul ishlab topishni boshladi, lekin boshqacha usul bilan; - ma’lum paytda qo’simcha daromad topish qiyinlashdi; - Тimur xamyonni topdi, lekinuni egasiga bermadi, pulning bir qismini o’ziga olib, xamyonni tashlab yubordi; - yigit skeyt sotib oldi. №2 variantning hamda Timur gapirib bergan haqiqiy hikoyaning farqi va o’xshashligi nimada: - Тimur skeyt sotib olishga qaror qildi; - yigit o’zida pul tejashni istamadi; - u bir jamoani to’plab, ular o’g’irlik qilishni va pul ishlab topishni boshladi; - jamoa metal buyumlarni yig’ish va sotish bilan shug’ullandi; - buyumlar insonlarga hali kerak bo’lishi mumkin edi; - Timur pullarning katta hajmini o’ziga qoldirdi; - kerakli mablag’ to’plandi, lekin yigit skeyt sotib olish fi kridan bosh tortdi va pullarni onlayn-o’yinlarga sarfl adi. ASOSIY QISM Trener o’qigan tarixning birinchi variantida axborot qisman Timurning asl hikoyasida aytib o’tilgan axborot bilan o’xshashligni ta’kidlash mumkin. Bu yerda ham skeytning xaridi haqidagi g’oya asosiy rolni egallaydi. Lekin u qanday usul bilan amalga oshirilishi natijasida, – hikoyalar farq qiladi. Bir qator detallarni trener shunchaki o’ylab topgan yoki asl ma’lumotlarni o’zgartirgan. Ya’ni, umuman olganda, trenerning birinchi hikoyasi haqiqatga to’g’ri kelmaydi, bir qator rost ma’lumotlar bo’lishiga qaramay. Trenerdan hikoyaning ikkinchi variant deyarli 100% ga – uydirma. Unda faqat Timurning o’zi bor. Lekin skeyt, pullar qanday ishlab topilgani va hammasi nima bilan tugagani Timurning asl hikoyasidan butunlay farq qiladi. Bir tarafdan, bu bir yigit skeyt sotib olmoqchi bo’lgani haqidagi hikoya. Boshqa tarafdan esa – umuman boshqa hikoya. Trener hikoyasining birinchi, hamda ikkinchi variant – bu feyk, soxta ma’lumot. Feyk – bu qisman yoki butunlay o’ylab topilgan axborot. Facebook kabi ijtimoiy tarmoqning analitiklari, hamda Oksford yuniversitetining bir 59 guruh mediaekspertlari o’tkazayotgan tadqiqotlar shundan xabar beradiki, 40% feyklar ishonchli dalillarga asoslanadi (lekin ularni boshqacha tarzda o’zgartirib taqdim etadilar), 60% – bu tamoman o’ylab chiqilgan, uydirma yangiliklar, xabarlar va hokazo. Axborotning har qanday turi feyk bo’lishi mumkin – ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, sahifalar, izohlar, yangiliklar, xabarlar, maqolalar, media vositalaridagi fotosuratlar, ijtimoiy tarmoqlardagi roliklar, tovush elementlari. Ko’pincha ilmiy axborot ham soxtalashtiriladi: soxta ilmiy maqolalar, tadqiqotlar nashr etilmoqda. Feyklarni “yashirish” uchun odatda, ishonish oson bo’lgan, rost axborotning elementlaridan foydalanishadi. Misol tariqasida trenerning Timur haqidagi ilk hikoyasini keltirish mumkin. U yerda, ma’lum bo’lganidek, rost ma’lumotlar kame mas, lekin ular uydirmalar bilan to’ldirilgan. Haqiqat elementlari bizni o’ylab chiqilgan axborotni ham ishonch bilan qabul qilishga majburlaydi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida har qanday axborotni soxtalashtirish mumkin. Misol uchun,axborotni soxtalashtirishning so’nggi “zamonaviy urfdagi” usuli – bu dipfeyk. Bu nimani anglatadi? Bu texnik ravishda bir shaxsning yuzini boshqa shaxsning yuziga joylashtirish. Bir tarafdan, bu juda maroqli va qiziqarli. Lekin boshqa tarafdan – buning natijasida ma’lum bir shaxsga, hamda butun bir jamiyatga katta zarar keltirish mumkin. Misol uchun, trenerning Timur haqidagi ikkita hikoyasini eslang. Asl hikoyada biz ijobiy ko’rinishda – halol pul ishlab topadigan, do’konda vijdoniga quloq solgan bolani ko’rgan bo’lsak, trenerning birinchi hikoyasida u bir oz ayor, uddaburon bo’lib ko’rinmoqda. Uchinchi hikoyada esa u umuman salbiy qahramonga aylandi. МP 2 Trener auditoriyaga murojaat qiladi: «Keling biz Timur va skeyt haqidagi hikoyani trener taqdim etgan variantlarda kimdir eshitganini faraz qilaylik. Timur uchun bu qanday oqibatlarga ega bo’lishi mumkin (javoblar flipchartda qayd etiladi)?» Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling