Mavzu: Moddalarning fizik texnik xossalari Reja


Download 216.84 Kb.
bet1/6
Sana11.03.2023
Hajmi216.84 Kb.
#1260589
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 ilova Mavzu Moddalarning fizik texnik xossalari Reja


Mavzu: Moddalarning fizik texnik xossalari
Reja:

  1. Moddalarning fizik texnik xossalari.

  2. Asosiy konstruksion materiallar.

  3. Jihozlarga qo’yiladigan talablar.

Mahsulotlarining ko’plab turlarini shartli ravishda bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan aralashmalar deb tavsiflash mumkin.
Bir jinsli (gomogen) sistemalar guruhiga asosan eritmalar (sharbatlar, sut, qiyomlar, suv-spirt aralashmasi va b.) kiritiladi. Bunday aralashmalar o’z tarkibidagi erigan modda konstentrastiyasi bilan tavsiflanadi.
Qattiq modda zarrachalarini suyuqliklar bilan aralashmasi (suspenziya) va bir-birida erimaydigan suyuqliklar aralashmalari (emulsiyalar) bir jinsli bo’lmagan (geterogen) sistemalar guruhiga kiritiladi. Bunday sistemalar aralashmadagi zarrachalarning massaviy yoki hajmiy ulushlari bilan tavsiflanadi.
Barcha moddalarning xossalarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. Fizikaviy xossalar guruhi - zichlik, solishtirma og‘irlik, qovushqoqlik, sirt tarangligi va x.
2. Issiqlik tabiatli xossalar guruhi - solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o’tkazuvchanlik, harorat o’tkazuvchanlik va boshqalar.
Quyida moddalarning ayrim xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Zichlik. Bir jinsli moddani hajm birligidagi massasi uning zichligini belgilaydi
 = m/V, (3-1)
bu erda - zichlik, kg/m3; m- massa, kg; V- hajm, m3.
Zichlikka teskari bo’lgan kattalik (m3/kg)
υ= 1/ = V/m (3-2)
solishtirma hajm deyiladi. Ushbu kattalik gazlarni tavsiflash uchun qo’llaniladi.
Bir modda zichligini ikkinchi
Issiqlik sig‘imi - bu kattalik moddaga berilgan issiqlik miqdorini uning haroratini o’zgarishiga nisbatidir. Massa birligidagi moddaning issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi S [J/(kg.K)] deyiladi
S = Q/(Dt m) = Q/[(t1-to)m], (3-21)
bu erda Q- moddani isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori, J; m- modda massasi, kg; to va t1- moddani dastlabki va isitilgandan so’nggi haroratlari, K; Dt- haroratlar ayirmasi.
Qovushqoqlik. Real suyuqliklar harakatlanganda ularda oqim harakatiga qarshilik ko’rsatuvchi ichki kuchlar paydo bo’ladi. Bu qarshilik kuchlari suyuqlikning bir-biriga nisbatan surilayotgan qo’shni qatlamlari orasida yuzaga keladi. Suyuqlik zarrachalarining nisbiy ko’chishiga (qatlamni surilishiga) sabab bo’luvchi tashqi kuchlarga qarshilik ko’rsatish xususiyati suyuqlikni qovushqoqligi deyiladi.
Sirt tarangligi. Oziq-ovqat texnologiyasining bir qator jarayonlarida (masalan, suyuqliklarni purkash, barbotaj, absorbstiya va x.) harakatdagi suyuqlik gaz (bug‘) bilan yoki unga nisbatan o’zaro aralashmaydigan boshqa bir suyuqlik bilan to’qnashuvi mumkin. Bu paytda to’qnashayotgan fazalar o’rtasidagi kontakt yuza suyuqlikning sirt taranglik kuchlari tasirida kichrayishga intiladi. Shu sababdan, gaz oqimidagi suyuqlik tomchisi yoki suyuqlikdagi gaz pufakchalari, tashqi kuchlar tasiri bo’lmagan holatlarda, sharsimon shaklga ega bo’ladi.

Download 216.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling