Issiqlik sig‘imi - bu kattalik moddaga berilgan issiqlik miqdorini uning haroratini o’zgarishiga nisbatidir. Massa birligidagi moddaning issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi S [J/(kg.K)] deyiladi
S = Q/(Dt m) = Q/[(t1-to)m], (3-21)
bu erda Q- moddani isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori, J; m- modda massasi, kg; to va t1- moddani dastlabki va isitilgandan so’nggi haroratlari, K; Dt- haroratlar ayirmasi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik. Issiq va sovuq jismlar haroratlarining farqi Dt ta’sirida, ularning kontakt yuzasidagi mikrozarrachalarning tartibsiz harakati tufayli, issiqlikni tarqalishi issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi.
Qattiq materiallar, suyuqliklar va gazlarda issiqlik o’tkazuvchanlik jarayonining intensivligi issiqlik o’tkazuvchanlik koeffistienti l bilan tavsiflanadi.
Harorat o’tkazuvchanlik koeffistienti jismning fizik kattaligi hisoblanadi va uning issiqlik sig‘imini (inerstionlik xossasini) ko’rsatadi. Jism haroratini o’zgarish tezligi harorat o’tkazuvchanlik koeffistienti a orqali ifodalanadi.
a = l/(sr) = {[Vt/(m.K)][(kg.K)/J](m3/kg)} = m2/s.
Asosiy konstrukstion materiallar va ularni tanlash
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi texnologik jihozlarni tayyorlash uchun materiallar tanlash paytida ularning ishlatish sharoitlari, qayta ishlanadigan material yoki mahsulot turlarining fizik-kimyoviy xossalari, ishchi muhit parametrlari (agressivligi, harorati, bosimi va b.), konstrukstion materialning mexanik xususiyatlari (mustahkamlik chegarasi, strukturasi, qattiqligi, nisbiy cho’zilishi va b.), tannarxi va kamyob bo’lmasligiga e’tibor beriladi.
Tanlanayotgan material oson payvandlanishi va unga mexanik ishlov berish engil bo’lishi lozim. Tanlov paytida materialning issiqlik o’tkazuvchanligi, mahsulot tarkibidagi organik kislotalar tasiriga barqarorligi, mahsulotning organoleptik ko’rsatgich-larini o’zgartirmasligi kabi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Oziq-ovqat mashinasozligida texnologik jihozlar tayyorlash uchun turli navli po’latlar, cho’yanlar, rangli metalllar, qotishmalar va plastmassalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |