Книга узб испр! gjck!indd


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

QO’SHIMCHALAR 
МM
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq sifatida quyidagicha ish 
tutish mumkin. Auditoriya kichik guruhlarga birlashadi. Guruhlarning 
har biriga kichkina matn-xabar beriladi – asl bo’lganva uning asosida.


62
 Vazifalar:
- soxta xabarni aniqlash – bu tamoman o’ylab chiqilgan uydirmami yoki 
unda asl xabardan rost elementlar qo’llanilganmi;
- soxta xabarning o’zgartirilgan detallarini anilqash – asl xabarni 
o’zgartirib ko’rsatayotganlarini.
Topshiriqni bajarish uchun vaqt – 7 daqiqa. Vaqt yakunlangach, 
guruhning har biri o’z topilmalarini taqdim etadi. Trener bilan birgalikda 
ishtirokchilar bilimlarining tahlili, xatolarining korrektirovkasi, to’ldirilishi 
amalga oshiriladi.


63
Razminka
Treningga kirish
Bugungi kunda axborot bilan al-
mashish – odatiy holat. Axborot bi-
lan almashish shakli turlicha bo’lishi 
mumkin: yozishish, ijodiy material-
lar bilan almashish (masalan, kimdir 
she’r, hikoya yozib, uni o’rtog’iga 
o’qish uchun berdi 
3 MAVZU. AXBOROTNING MANIPULYATSIYASI: 
SEN BILAN QANDAY O’YNASHADI 
– u esa taqriz yozdi, maslahat berdi va hokazo), suhbat, bahs, muzokara. 
Bundan tashqari, passiv almashuv ham bo’lishi mumkin: biz shunchaki birovni 
tinglaymiz (masalan, internet, televideniye orqali), lekin javoban o’zimizning 
ma’lumotlarimiz bilan o’rtoqlashmaymiz, lekin misol uchun, olingan 
ma’lumotlarga nisbatan o’z munosabatimizni ifodalashimiz mumkin – jahl 
qilish, quvonish, qo’rqish, hayratlanish va hokazo.
Turli shaklda axborot bilan almashinish natijasida olingan axborot bizga turlicha 
ta’sir qilishi mumkin. Biz o’zimizni bilim va ko’nikmalar bilan boyitishimiz, o’z 
tuyg’ularimizni va hissiyotlarimizni ifodalashamiz, yoki narsalarga, voqealarga, 
insonlarga, hodisalarga nisbatan nuqtai nazarimizni o’zgartirishimiz mumkin.
Qanday qilib bitta ma’lumot bizga oddiygina bilim beradi - biz nimanidir 
o’rganamiz, boshqa ma’lumotlar esa bizni xavotirga soladi - quvonish yoki 
g’azablanish, eng muhimi - biron narsaga munosabatimizni o’zgartirish, 
ba’zi bir harakatlarni amalga oshirish? Ajablanarli tomoni shundaki, bu bizga 
ma’lum darajada yoqmasligi mumkin, biz hamma narsani o’zimiz xohlagancha 
qilmayapmiz deb his qilamiz yoki kerak deb hisoblaymiz, ammo baribir buni 
qilamiz. Kim va nima bizni shunday qilishga va munosabat bildirishga majbur 
qiladi?
МP 1 
Тrener auditoriyaga eksperiment-o’yin o’tkazish taklifi bilan murojaat 
qiladi.
Barcha ishtirokchilarga topshiriqlar bilan maxsus kartochkalar beriladi.


64
Ularni bajarish kerak bo’ladi. Biroq uni to’g’ri bajarish uchun, diqqatli 
bo’lish va trenerni yaxshilab tinglash kerak. Faqat ushbu shart bilan 
barchasini to’g’ri bajarish mumkin (trener bunga e’tiborini qaratadi).
Trener moderatorlik kartochkalarini tarqatib chiqadi. Bunda, 
ishtirokchilar topshiriqlarni oldindan ko’rmasliklari uchun, kartalarning 
old tarafi ni pastga qaratgan holda tarqatilishi muhim. Trener, vazfa 
bajarilgach, kartochkani fl ipchartga biriktirish kerak ekanligi haqida 
ogohlantiradi (fl ipchartda kartochkalarni yopishtirish uchun joylar 
oldindan tayyorlangan bo’ladi).
Trenerning buyrug’iga binoan ishtirokchilar moderatorlik kartochkalarini 
ag’daradilar. Bunda trener xabar beradi: «Topshiriqni o’qing va 
kartochkalaringizda uchta TO’RTBURCHAKNI chizing. 20 soniyangiz 
bor». Trener bu iborani to’htamasdan, bir necha marotaba takrorlaydi.
Eksperiment-o’yinning asosiy xususiyati – moderatorlik kartochkalarda 
topshiriq yozilgan: « Uchta UCHBURCHAKNI chizing ».
Р.S. Tajriba ko’rsatishicha, ishtirokchilarning 20-40% uchburchaklar 
o’rniga to’rtburchaklarni chizadi, ya’ni real topshiriqni emas, trenerning 
“talabini” bajaradilar.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling