Knowledge necessary for modern human life


AUTISTIK SPEKTR BUZILISHLARIDA NUTQNING


Download 38.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/41
Sana02.06.2024
Hajmi38.03 Kb.
#1837427
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
For teachers Vol 3 sentyabr 2023 (1)

AUTISTIK SPEKTR BUZILISHLARIDA NUTQNING 
RIVOJLANISH HUSUSIYATLARI. 
 
Babayeva Azizabonu Hamidjon qizi 
QDPI Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi 
 


https://sciencepromotion.uz 
koʻzlariga tik qaray olmaslikdir. Ular koʻzlarining atrofdagi odamlar koʻziga 
tushib qolmasligiga harakat qilishadi. 
Nutq buzilishlari, gapira olmaslik, ijodiy yondashuvni talab qiluvchi 
oʻyinlarni oʻynay olmaslik ham autizm belgilari boʻlishi mumkin. 
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, autizmga chalingan bolalarning harakatlarida 
bir xillik, uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qoʻrquv ham 
kuzatiladi.Bolalardagi autizmga aynan nima sabab boʻlishi olimlar tomonidan 
bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganilmagan. Daun, Patau, Marfan va boshqa 
turdagi sindromlardan farqli ravishda autizmda bemor organizmda hech 
qanday irsiy anomaliyalar qayd etilmaydi. Ekspertlar autizmga chalingan 
bolalarning aksariyatida bu holatga tugʻruq jarayoni va homiladorlik vaqtidagi 
qiyinchiliklar sabab boʻlganini aytishadi.Miya faoliyatida buzilishlar kuzatila 
boshlagach, bemorda giperfaollik va intellektning pasayishi qayd etiladi. 
Shunga qaramasdan, mutaxassislar autizmga maʼlum belgilarga qarab tashxis 
qoʻyish qiyin ekanligini aytishadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun shifokor 
koʻmagi va bir qator tahlillar kerak boʻladi. 
Tashxis qanchalik erta qoʻyilsa, ota-ona va mutaxassislar davolash 
jarayonini shunchalik erta boshlashlari mumkin.Autizmga chalingan 
bolalarning bir qismi oʻrta maktabni tugatishadi, kasb oʻrganishadi, nufuzli 
joylarda ishlashadi. Shunga qaramasdan, autizmga chalingan insonlarning 
shaxsiy hayotni izga tushirishlari va oila qurishlari juda qiyin boʻladi.
Kattalardagi autizm belgilari kasallikning shakliga va uning kechishiga 
qarab farq qilishi mumkin. Bunga xos alomatlar quyidagilar hisoblanadi: 
-yuz ifodalarining kamligi va imo-ishoralarning yetarli emasligi; 
-jamiyatda qabul qilingan aloqa qoidalarini tushunmaslik; 
-atrofdagi odamlarning his - tuyg'ulari, motivlarini tushunmaslik; 


https://sciencepromotion.uz 
-o'z xatti-harakatlarini tushunmaslik; 
-atrofdagi odamlar bilan do'stona yoki boshqa yaqin munosabatlarni 
o'rnatish imkoniyatining yo'qligi; 
-biror kishiga murojaat qilish qiyinligi; 
-so'z boyligi yetarli emas, bir xil iboralarni muntazam takrorlash; 
-tanish muhitda xotirjamlikni saqlash qobiliyati va unda biroz 
o'zgarishlar bo'lsa bezovtalanish; 
-joylar va narsalarga bog'lanish va ularda o'zgarish sodir bo'lsa 
bezovtalanish;. Agar autizm yengil shaklda bo'lsa, unda 20-25 yoshga 
kelib, odam allaqachon qarindoshlari yoki vasiylaridan alohida yashashi va o'z 
muammolarini mustaqil ravishda hal qilishi mumkin. Agar bu shakl autistga 
bunday turmush tarzini olib borishga imkon bermasa, u odatda butun umri 
davomida qarindoshlarining qaramog'ida qoladi. 
Mutaxassislar autizmni davolash uchun bir nechta usullarni taklif 
etishadi. Ularning aytishlaricha, kichik yoshdagi bemorga har tomonlama 
yordam berish zarur. Yaʼni, davolash muolajasi oʻzida tibbiy aralashuvni ham, 
bolaning ijtimoiy moslashuvini ham, ruhiy koʻmakni ham jamlagan boʻlishi 
kerak. Ayrim hollarda nafaqat bolaga, balki uning ota-onasiga ham ruhshunos 
koʻmagi kerak boʻladi. 
Kasallikni davolash jarayonida bolaning ota-onasi va boshqa oila 
aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini yaxshilashga ham katta eʼtibor 
qaratiladi, unga qoʻrquvni yengish, agressiv xurujlarga qarshi kurashish 
oʻrgatiladi. 
Autizmga chalingan bolalarning ota-onalaridan katta masʼuliyat talab 
etiladi. Eng muhimi, autizmni – dahshatli hukm deya qabul qilmaslikdir. 


https://sciencepromotion.uz 
Bolalarda autizm uchun zarur bo'lgan davolanish quyidagilarni o'z ichiga 
oladi: 
• 
xulq-atvor terapiyasi dasturlari; 
• 
"rivojlanish modellari"dan foydalanish; 
• 
logoped terapiyasi; 
• 
ijtimoiy ko'nikmalarni o'rgatish; 
• 
mehnat terapiyasi; 
• 
antidepressantlar; 
• 
antipsixotiklar; 
• 
talvasaga qarshi preparatlar. 
Autizmdan to'liq davolanish deyarli mumkin emas. Remissiya faqat 5% 
hollarda sodir bo'ladi. 
Asperger sindromi – autizmning bir turi boʻlib, unda aqliy salohiyat 
saqlanib qoladi, bemor atrofdagilar bilan kam boʻlsa-da gaplashadi, kognitiv 
funksiyalar yaxshi ishlaydi, aqli zaiflik alomatlari koʻzga tashlanmaydi, ammo 
ularning atrofdagi odamlarga moslashib ketishlari qiyin kechadi. Asperger 
sindromiga chalingan bolalar odamlardan uzoqlashishga harakat qilishadi
ularning gap-soʻzlarini tushunmasliklari ham mumkin. Shu bilan bir vaqtda 
uning aqliy salohiyati tengdosh bolalarnikidan kam boʻlmaydi, intellektual 
yoʻnalishlarda ulardan oʻzib ketishi ham mumkin. 
Asperger sindromiga chalingan bolalar maʼlum bir yoʻnalishga 
qiziqishlari bilan ajralib turishadi. Misol uchun, ular televizordagi bitta 
koʻrsatuvni tinmay tomosha qilishlari, yuzlab oʻyinchoqlar orasidan faqat 
bittasini tinimsiz oʻynashlari mumkin. Buning oʻziga yarasha ijobiy tomoni 
ham bor, aslida. Asperger sindromiga chalingan bola oʻzi qiziqqan 
mashgʻulotga diqqat-eʼtibor bilan kirishadi, kichik jihatlarga ham qiziqish 


https://sciencepromotion.uz 
bildiradi. Ularning aksariyat qismi matematika, musiqa, rasm chizish 
yoʻnalishlarida ajoyib natijalarga erishadilar. Autizmni o'z vaqtida 
davolamaslik bemorning jamiyat bilan ijtimoiy va hissiy aloqalarining 
buzilishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, ushbu patologik holatning birlamchi 
profilaktikasi uchun maxsus usullar mavjud emas. Homiladorlik paytida 
ayollarga dori-darmonlarni qabul qilishni cheklash tavsiya etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. 
M.Yu,Ayupova “Logopediya” Toshkent 2007 y O’zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2007. – 206 b. 
2. 
M.Yu.Ayupova, L.R.Mo’minova “Logopediya” Toshkent 1992 y 
“O’qituvchi” nashriyoti 1993. – 78 b. 
3. 
L.R.Mo’minova “Bolalarni logopedik tekshirish va o’qitish” 
Toshkent 1992 y “O’qituvchi” 78-c. 
4. 
М.Ф.Фомичева 
«Воспитание 
детей 
првильного 
произношения» Москва «Просвещение» 2009г 301-c 
5. 
Л.И.Франкенберг, 
Е.М.Белова 
,Развитие 
речи 
в 
специализированном детском саду» Тошкент «Ўқитувчи» 1996 г 99-c 
6. 
M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova “Maktabgacha tarbiya maxsus 
metodikasi” Toshkent 2009 y “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 
nashriyoti 124-b 


https://sciencepromotion.uz 

Download 38.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling