Koagulyatsiyasi. Koagulyatsiya tezligi. Dlfo nazariyasi
Zolning koagulyatsiya chegarasi va uni aniqlash
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мavzu Kolloid sistemalarning koagulyatsiyasi Koagulyatsiya tezligi
11.5. Zolning koagulyatsiya chegarasi va uni aniqlash Kolloid eritmaga ma’lum miqdorda elektrolit qо‘shilgandagina koagulyatsiya yuzaga keladi. Elektrolitning bu miqdorini koagulyatsiya konsentratsiyasi yoki koagulyatsiya chegarasi (ostonasi) deyiladi. Masalan, Al 3+ > Mg 2+ > Na + qatorida kationlarning koagulyatsiyalash qobiliyati kamayib boradi. Bir xil anionlar (masalan, NO 3 – ) bilan birikkan bir valentli Li + , Na + , K + , Rb + , Cs + kationlarning manfiy zaryadli kolloid zarrachalarni koagulyatsiyalash qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi: Cs + > Rb + > NH 4 + > K + > Na + > Li + Cs + dan Li + ga tomon kationlarning gidratlanish qobiliyati ortib borganligi sababli kationlarning koagulyatsiyalash qobiliyati kamayib boradi. Bir xil kationlar bilan birikkan Cl – , Br – , NO 3 – , J – anionlarning musbat zaryadli kolloid zarrachalarni koagulyatsiyalash qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi, chunki ularning gidratlanish qobiliyati ortib boradi: J – > NO 3 – > Br – > Cl – > F – Bu kabi qatorlar kolloid kimyoda ionlarning liotrop qatorlari deyiladi. Ilgari kolloid eritmaga elektrolit qо‘shilganda kolloid zarrachalarning zaryadi nolga teng bо‘lib qoladi, deb faraz qilinar edi. Lekin Povis va Ellis tekshirishlarining kо‘rsatishicha, bu xulosa tajribada tasdiqlanmadi. Povis koagulyatsiya sodir bо‘lishi uchun kolloid zarrachaning zaryadi va dzeta- potensiali batamom nolga teng bо‘lishi shart emasligini As 2 S 3 zoli misolida kо‘rsatdi; dzeta-potensialning qiymatini ma’lum qiymatgacha kamayganda koagulyatsiya vujudga keladi. Zol sezilarli tezlik bilan koagulyatsiyalana boshlagan vaqtdagi dzeta-potensialning qiymatini kritik dzeta-potensial deyiladi. Kо‘pchilik zollar uchun kritik dzeta-potensialning qiymati 25-30 milli-voltga teng. Odatda, barqaror zollarning dzeta-potensialni qiymati koagulyatsiya vaqtida 70 mv dan 30-25 mv gacha pasayadi. Lekin dzeta- potensialning pasayishi koagulyatsiyaning asosiy sababi emas: ba’zan dzeta- potensial koagulyatsiya vaqtida kam о‘zgaradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling